Philips PerfectCare Performer GC8755/80 User Manual page 165

Table of Contents

Advertisement

Available languages
  • EN

Available languages

  • ENGLISH, page 3
Xavfsiz qo'yish
Kiyimlaringizni taxlayotganda dazmolni xavfsiz qo'yish
Kiyimlaringizni taxlayotganingizda uni dazmol platformasiga yoki dazmollash taxtasiga gorizontal holatda
qo'yishingiz mumkin (2-rasm). OptimalTEMP texnologiyasi asos plitasining dazmollash taxtasi qoplamasiga
zarar yetkazmasligini taʼminlaydi.
Energiya tejash
Eco rejimi
ECO rejimidan (oz miqdordagi bug') foydalansangiz, dazmollash natijasiga taʼsir ko'rsatmay, energiyani
tejashingiz mumkin.
1 Eco rejimini faollashtirish uchun ECO tugmasini bosing (15-rasm). Yashil ECO chirog'i yonadi.
2 ECO rejimini o'chirish uchun ECO tugmasini yana bosing. Yashil ECO chirog'i o'chadi.
Avtomatik o'chirish (faqat muayyan turlar)
-
Quvvatni tejash uchun 5 daqiqa davomida jihoz ishlatilmasa, u avtomatik ravishda o'chadi. Yoqish/
o'chirish tugmasidagi avtomatik o'chadigan chiroq yonishni boshlaydi.
-
Jihozni qayta faollashtirish uchun yoqish/o'chirish tugmasini bosing. Keyin jihoz qayta qizishni boshlaydi.
Ogohlantirish: Jihoz tarmoqqa ulangan bo'lsa, uni hech qachon qarovsiz qoldirmang. Doim
ishlatilganidan keyin quvvatdan uzib qo'ying.
Tozalash va texnik xizmat ko'rsatish
Cho'kmalardan aqlli tozalash tizimi
Jihozingiz muntazam ravishda toza bo'lishi va cho'kmalardan tozalanishi uchun u Cho'kmalardan aqlli
tozalash tizimi bilan jihozlangan. Bu bug'ning kuchli ishlashini taʼminlashga yordam beradi va vaqt o'tishi
bilan asos plitasidan kir va dog'lar chiqishining oldini oladi. Tozalash jarayoni amalga oshirilishi uchun bug'
generatori muntazam ravishda eslatmalar berib turadi.
Cho'kmadan tozalash haqida ovozli va chiroq eslatmasi
1 oydan 3 oygacha ishlatgandan keyin, cho'kmalardan tozalash chirog'i miltillashni va jihoz cho'kmalardan
tozalash jarayonini bajarishingiz kerakligini bidirish uchun ovoz chiqarishni boshlaydi (16-rasm).
Bundan tashqari, bug' generatorida cho'kmalar yig'ilishidan himoya qilish uchun ikkinchi himoya bosqichi:
agar cho'kmadan tozalash amalga oshirilmasa, bug' funksiyasi faolsizlantiriladi (17-rasm). Cho'kmadan
tozalash bajarilgach, bug' funksiyasi qayta tiklanadi. Bu ishlatiladigan suv turidan qatʼiy nazar amalga
oshadi.
Eslatma: Cho'kmadan tozalash amaliyotini istalgan vaqtda, hatto ovozli va chiroq eslatmasi faollashmagan
bo'lsa ham amalga oshirish mumkin.
Cho'kmadan tozalash jarayonini cho'kmadan tozalash konteyneri bilan amalga
oshirish
Ogohlantirish: Cho'kmalarni tozalash vaqtida jihozni nazoratsiz qoldirmang.
Diqqat: Har doim cho'kmadan tozalash jarayonini cho'kmadan tozalash konteyneri bilan amalga
oshiring. Dazmolni cho'kmadan tozalash konteyneridan yuqoriga ko'tarish bilan jarayonni
to'xtatmang, chunki asos plitasidan issiq suv va bug' chiqishi mumkin.
1 Suv bakini yarmigacha to'ldiring (18-rasm).
O'zbek
167

Advertisement

Table of Contents
loading

Table of Contents