Philips GC7930/30 User Manual page 125

Table of Contents

Advertisement

Available languages
  • EN

Available languages

  • ENGLISH, page 5
O'zbek
126
Kirish
Xaridingiz muborak bo'lsin va Philips'ga xush kelibsiz! Philips taklif qiladigan qo'llab-quvvatlash xizmatidan
foydalanish uchun jihozingizni www.philips.com/welcome saytida ro'yxatdan o'tkazing.
Qurilmani ishlatishdan oldin ushbu qo'llanmani, muhim maʼlumot risolasini va tez ishga tushirish bo'yicha
ko'rsatmalarni diqqat bilan o'qib chiqing. Ularni kelgusida maʼlumot uchun saqlab qo'ying.
Mahsulotning umumiy ko'rinishi (1-rasm)
1 Asos plita
2 "Dazmol tayyor" chirog'i
3 Bug' triggeri/Bug'ni kuchaytirish
4 Suv taʼminoti shlangi
5 Dazmol platformasi
6 Ko'tarishga qarshi qulfni ochish tugmasi
7 Suv bakini bo'shatish dastagi
8 To'ldirish teshigi
9 Ajraladigan suv baki
10 Suv taʼminoti shlangini saqlash bo'lmasi
11 Vilka bilan tarmoq shnuri
12 Cho'kmalardan aqlli tozalash konteyneri
13 Chiroqli CALC-CLEAN tugmasi
14 Quvvat va o'chirish chirog'iga ega yoqish/o'chirish tugmasi
Ishlatishga tayyorlash
Ishlatiladigan suv turi
Jihozingiz vodoprovod suvida ishlashga mo'ljallangan. Biroq agar qattiq suvli hududda yashasangiz,
cho'kma tezroq to'planishi mumkin. Shu sababli jihozning xizmat muddatini uzaytirish uchun distillangan
yoki demineralizatsiyalangan suvni (50% demineralizatsiyalangan/distillangan suv oddiy suv bilan
aralashtiriladi) ishlatish tavsiya etiladi.
Ogohlantirish: Xushbo'y suv, quritish mashinasining suvi, sirka, kraxmal, cho'kmalarni tozalash
vositalari, dazmol qilish vositalari, kimyoviy cho'kmalardan tozalangan suv yoki boshqa kimyoviy
moddalarni quymang, chunki ular sizib chiqishi, jigarrang dog'lar hosil qilishi yoki jihozingizga
shikast yetishiga sabab bo'lishi mumkin.
Suv bakini to'ldirish
Suv bakini har safar foydalanishdan oldin yoki suv bakidagi suv sathi minimal darajadan pastga tushganda
to'ldiring. Suv bakini istalgan foydalanish vaqtida qayta to'ldirishingiz mumkin.
1 Suv baki tutqichidagi dastakni bosing va suv bakini asosdan ajratib oling (2-rasm).
2 Suv bakini MAX belgisigacha to'ldiring (3-rasm).
3 Suv baki joyiga quflangunicha ("tiq" etguncha) jihozga qayta joylashtiring.
Jihozdan foydalanish
Dazmollanadigan matolar
Dazmollanmaydigan matolarni dazmollamang.
-
Bu belgilardagi matolar (4-rasm) dazmollanadigan matolar, masalan zig'ir, paxta, poliester, ipak, jun,
viskoza va rayonni dazmollash mumkin.
-
Bu belgili matolarni (5-rasm) dazmollab bo'lmaydi. Bunday matolar spandeks yoki elastan, spandeks
aralashgan matolar va poliolefin (masalan, polipropilen) kabi matolarni o'z ichiga oladi. Kiyimlardagi
bosilgan tasvirlarni ham dazmollab bo'lmaydi.

Advertisement

Table of Contents
loading

This manual is also suitable for:

Gc7900 series

Table of Contents