Philips GC7930/30 User Manual page 127

Table of Contents

Advertisement

Available languages
  • EN

Available languages

  • ENGLISH, page 5
O'zbek
128
Avtomatik o'chirish
-
Agar jihoz 5 daqiqa davomida ishlatilmasa, u kutish rejimiga o'tib qoladi. Yoqish/o'chirish tugmasi
chirog'i yonishni boshlaydi.
-
Jihozni qayta faollashtirish uchun yoqish/o'chirish tugmasi yoki bug' triggerini bosing. Jihoz qayta
qizishni boshlaydi.
-
Jihoz kutish rejimiga kirganidan keyin 10 daqiqa davomida ishlatilmasa, jihoz avtomatik o'chib qoladi.
Yoqish/o'chirish tugmasidagi chiroq o'chib qoladi.
Ogohlantirish: Jihoz tarmoqqa ulangan bo'lsa, uni hech qachon qarovsiz qoldirmang. Doim
ishlatilganidan keyin quvvatdan uzib qo'ying.
Tozalash va texnik xizmat ko'rsatish
Cho'kmalardan aqlli tozalash tizimi
Jihozingiz muntazam ravishda toza bo'lishi va cho'kmalardan tozalanishi uchun u Cho'kmalardan aqlli
tozalash tizimi bilan jihozlangan. Bu bug'ning kuchli ishlashini taʼminlashga yordam beradi va vaqt o'tishi
bilan asos plitasidan kir va dog'lar chiqishining oldini oladi. Tozalash jarayoni amalga oshirilishi uchun jihoz
muntazam eslatmalar berib turadi.
Cho'kmadan tozalash haqida ovozli va chiroq eslatmasi
1 oydan 3 oygacha ishlatgandan keyin, cho'kmalardan tozalash chirog'i miltillashni va jihoz cho'kmalardan
tozalash jarayonini bajarishingiz kerakligini bidirish uchun ovoz chiqarishni boshlaydi (14-rasm).
Bundan tashqari, jihozda cho'kmalar yig'ilishidan himoya qilish uchun ikkinchi himoya bosqichi: agar
cho'kmadan tozalash amalga oshirilmasa, bug' funksiyasi faolsizlantiriladi (15-rasm). Cho'kmadan tozalash
bajarilgach, bug' funksiyasi qayta tiklanadi. Bu ishlatiladigan suv turidan qatʼiy nazar amalga oshadi.
Eslatma: Cho'kmadan tozalash amaliyotini istalgan vaqtda, hatto ovozli va chiroq eslatmasi faollashmagan
bo'lsa ham amalga oshirish mumkin.
Cho'kmadan tozalash jarayonini cho'kmadan tozalash konteyneri bilan amalga
oshirish
Ogohlantirish: Cho'kmalarni tozalash vaqtida jihozni nazoratsiz qoldirmang.
Diqqat: Har doim cho'kmadan tozalash jarayonini cho'kmadan tozalash konteyneri bilan amalga
oshiring. Dazmolni cho'kmadan tozalash konteyneridan yuqoriga ko'tarish bilan jarayonni
to'xtatmang, chunki asos plitasidan issiq suv va bug' chiqishi mumkin.
1 Suv bakini yarmigacha to'ldiring.
Eslatma: Cho'kmadan tozalash jarayonida jihoz elektr tarmog'iga ulanganiga va YOQILGANLIGIGA
ishonch hosil qiling.
2 Cho'kmadan tozalash konteynerini dazmollash taxtasiga yoki boshqa har qanday tekis, barqaror yuzaga
joylashtiring.
3 Jihozni cho'kmadan tozalash konteyneriga barqaror joylashtiring (16-rasm).
4 Qisqa signallarni eshitmaguningizcha, CALC–CLEAN tugmasini 2 soniya bosib turing (17-rasm).
Eslatma: Cho'kmadan tozalash konteyneri cho'kmadan tozalash jarayonida cho'kma zarralari va issiq
suvni to'plash uchun mo'ljallangan. Butun jarayon davomida dazmolni bu konternerga qo'yish mutlaqo
xavfsiz hisoblanadi.
5 Cho'kmadan tozalash jarayonida siz qisqa signallar va nasos ovozini eshitasiz (18-rasm).
6 Jihoz jarayonni yakunlashi uchun taxminan 2 daqiqa kuting (19-rasm). Cho'kmadan tozalash jarayoni
yakunlanganda, dazmol signal berishni to'xtatadi va CALC-CLEAN chirog'i yonishdan to'xtaydi.
7 Dazmolni bir parcha mato bilan arting va uni asos platformasiga qo'ying (20-rasm).
Diqqat: Dazmol issiq.

Advertisement

Table of Contents
loading

This manual is also suitable for:

Gc7900 series

Table of Contents