Beko WRE 5411 BWW Instruction Manual page 79

Table of Contents

Advertisement

Kafolat quyidagilar oqibatida kelib chiqqan kamchiliklari bo'lgan
mahsulotlarga tatbiq etilmaydi:
1. Ishlab chiqaruvchining Kafolat hujjatida ko'rsatilgan talablariga rioya qilmaslik;
2. Buyurtmachi tomonidan foydalanish ko'rsatmasida ko'rsatilgan mahsulotni o'rnatish, ulash,
foydalanish, saqlash yoki tashish qoidalariga rioya qilmaslik;
3. Ruxsat etilmagan shaxslarning ta'mirlashi, agar bunday ta'mirlash mahsulotning ishlamay
qolishiga sabab bo'lsa;
4. Mahsulotni qismlarga ajratish va foydalanish bo'yicha qo'llanmada ko'rsatilmagan boshqa
tadbirlar;
5. Ekstremal sharoitlar va favqulodda vaziyatlar (olov, tabiiy ofatlar va h.k.) oqibatida kelib
chiqqan nosozlik va shikastlanishlar;
6. Hayvonlar yoki hasharotlar sababli texnikaning buzilishi yoki uning normal faoliyatining ishdan
chiqishi;
7. Elektr, gaz yoki suv ta'minoti tarmoqlari parametrlarining nominal qiymatdan haddan tashqari
o'ynashi oqibatida texnikaning shikastlanishi yoki normal faoliyatining buzilishi;
8. Mahsulotdan tadbirkorlik faoliyati uchun va/yoki mo'ljallanmagan maqsadlarda foydalanish;
9. Isitish elementlarida ortiqcha qasmoq qatlami hosil bo'lishi (suv qattiqligi yuqori bo'lsa mos
tarkibli moddalar bilan ishlov berilishi zarur);
10. Mahsulotning ichki ishchi qismlariga yot jismlar, kiyim-kechaklarning mayda qismlari va oziq-
ovqat qoldiqlari tushishi;
11. Iste'molchi tomonidan mahsulotga mexanik zarar yetkazilishi (chizish, tirnash, sindirish va
boshqalar);
12. Mahsulotga kimyoviy moddalar ta'sir etishi oqibatida tovar ko'rinishining yo'qotilishi;
13. Foydalanish jarayonida yuzaga kelgan issiqlik va boshqa shunga o'xshash shikastlanishlar.
Ishlab chiqaruvchi quyidagi hollarda shikoyatlarni qabul
qilmaydi:
1. O'rnatish talablariga rioya qilmaslik;
2. Asl kafolat talonining mavjud emasligi;
3. Kafolat hujjatida quyidagi ma'lumotlar bo'lmasa: sotilgan sanasi, savdo tashkilotining
shtampi, sotuvchi imzosi, mahsulotning modeli va seriya raqami;
4. Kafolat hujjati matniga biron-bir tuzatish (o'zgartirish) kiritish.

Advertisement

Table of Contents
loading

Table of Contents