Beko WRE 5411 BWW Instruction Manual page 61

Table of Contents

Advertisement

4
Yuvishga tayyorlash
• Shim va yupqa kiyimlarni ichkariga o'girib yuving.
• Yuvishdan oldin Angora yungidan to'qilgan mahsulotlarni muzlatgichda bir necha soatga qo'yib qo'ying.
Bu yungning paxmoq bo'lib qolishini kamaytiradi.
• Un, ohak, quruq sut va boshqalar bilan qattiq ifloslangan kiyimlarni mashinaga joylashtirishdan oldin
qoqib tashlash lozim. Vaqt o'tishi bilan ushbu turdagi ifloslanishlar mashinaning ichki qismlarida
to'planishi va uning shikastlanishiga sabab bo'lishi mumkin.
4.3. Elektr energiyasini tejash bo'yicha tavsiyalar
Ushbu tavsiyalar sizga atrof-muhitni ifloslantirmasdan tejamli yuvish imkonini beradi.
• Kir yuvish mashinasiga tanlangan dastur uchun maksimal miqdorda kirni joylashtiring, lekin haddan
ortiq yuklamang ("Dasturni tanlash va energiya sarfi jadvali"ga qarang).
• Yuvish vositasi o'ramidagi ko'rsatmalarga qat'iy rioya qiling.
• Kam ifloslangan kirlarni past haroratlarda yuving.
• Kam ifloslangan kam miqdordagi kirlarni yuvish uchun qisqa dasturlardan foydalaning.
• Ivitib qo'yish va yuqori haroratda yuvish dasturlardan faqat o'ta ifloslangan yoki dog' tushgan kirlarni
yuvish uchun foydalaning.
• Agar siz kiyimni quritish avtomatida quritishni rejalashtirgan bo'lsangiz, maksimal siqish tezligini
o'rnating.
• Yuvish vositasining miqdori bo'yicha o'ramda ko'rsatilgan tavsiyalarga amal qiling. Keragidan ko'p
kukundan foydalanmang.
4.4 Dastlabki yoqish
Mahsulotdan foydalanishni boshlashdan oldin, "O'rnatish" va "Xavfsizlik texnikasi va atrof-
muhit muhofazasi bo'yicha muhim ko'rsatmalar" bo'limlarida keltirilgan barcha tayyorgarlik
ishlarini amalga oshiring. Kir yuvish mashinasini kir yuvishga tayyorlash uchun "Barabanni
tozalash" dasturini ishga tushiring. Agar mashinada bunday dastur bo'lmasa, 6.2-bandda
ko'rsatilgan usulni qo'llang.
C
Faqat kir yuvish mashinalari uchun mo'ljallangan yuvish vositalaridan foydalaning.
C
Kir yuvish mashinasida zavodda sifatni nazorat qilish jarayonida ishlatilgan suv qoldig'i qolgan bo'lishi
mumkin. Bu mashina uchun xavfli emas.
4.5. To'g'ri yuklash hajmi
Yuklashning maksimal hajmi kiyim turiga, ifloslanish darajasiga va ishlatiladigan yuvish dasturiga bog'liq.
Mashina yuklangan kirning og'irligiga qarab suv miqdorini avtomatik ravishda belgilaydi.
A
OGOHLANTIRISH.
foydalaning. Yuklashning ruxsat etilgan hajmidan oshib ketish yuvish sifatining yomonlashishiga,
shuningdek, mashinaning ishlashi davomida tebranish va shovqinning oshishiga olib keladi.
Kir turi
Cho'milish xalati
Salfetka
Ko'rpa jild
Choyshab
Yostiq jild
Dasturxon
Sochiq
Qo'l sochiq
Oqshom libosi
Ichki kiyimlar
Erkaklar ishchi kombinezoni
Erkaklar ko'ylagi
Erkaklar pijamasi
Bluzalar
4.6 Kirni yuklash
1 Yuklash lyukining eshigini oching.
2 Kirlarni tekislang va g'ijimlamasdan mashinaga joylashtiring.
3 Eshikni yoping va qulf shiqillashi uchun bosing. Kir eshikda qisilib qolmaganligiga ishonch hosil qiling.
61 / UZ
"Dasturni tanlash va energiya sarfi" jadvalida keltirilgan ma'lumotlardan
Og'irligi (g)
1200
100
700
500
200
250
200
100
200
100
600
200
500
100
Kir yuvish mashinasi / Foydalanish bo'yicha qo'llanma

Advertisement

Table of Contents
loading

Table of Contents