Beko WRE 5411 BWW Instruction Manual page 74

Table of Contents

Advertisement

6
Xizmat ko'rsatish va tozalash
4
ishga tushirish yoki tanlash imkoni yo'q.
• Kir yuvish mashinasi suv yoki elektr energiyasini yetkazib berishdagi (masalan, tarmoqdagi kuchlanishning
pasayishi, suv bosimi va boshqalar) buzilishlar oqibatida o'z-o'zini himoya qilish rejimiga o'tadi. >>> Dasturni
bekor qilish uchun dasturni tanlash dastagini boshqa tegishli dasturga buring. Oldingi tanlangan dastur bekor
qilinadi. («Dasturni bekor qilish» bo'limiga qarang).
Mashina ichida suv bor.
• Kir yuvish m Dasturni ashinasida zavodda sifatni nazorat qilish jarayonida ishlatilgan suv qoldig'i qolgan bo'lishi
mumkin. >>> Bu nosozlik emas va mashina uchun xavf tug'dirmaydi.
Mashina tagidan suv oqyapti.
• Nasos shlangi va filtrini tekshiring: >>> Suv keluvchi shlanglardagi zichlikni tekshiring. Shlangni vodoprovod
kraniga mahkam bekiting.
• Nasos filtri to'liq yopilmagan bo'lishi mumkin. >>> Nasos filtrining to'liq yopilganligini tekshiring.
Mashina suv bilan to'lmayapti.
• Vodoprovod krani bekitilgan. >>> Kranlarni oching.
• Suv keladigan shlang bukilib qolgan. >>> Shlangni to'g'rilang
• Suv yetkazib berish qisqa quvuri tiqilib qolgan. >>> Filtrni tozalang.
• Yuklash lyuki eshigi ochiq qolgan. >>> Yuklash lyukining eshigini yoping.
Suv mashinadan to'kilmayapti.
• To'kish shlangi tiqilib yoki bukilib qolgan. >>> Shlangi tozalang yoki to'g'rilang.
• Nasos filtri tiqilib qolgan. >>> Nasos filtrini tozalang.
Mashina kuchli titramoqda yoki shovqin chiqarmoqda.
• Mashina barqaror joylashtirilmagan. >>> Mashinani tekislash uchun oyoqlarni sozlang.
• Nasos filtriga yot jism tushgan. >>> Nasos filtrini tozalang.
• Tashish xavfsizligi boltlari olib tashlanmagan. >>> Tashish xavfsizligi boltlarini olib tashlang.
• Juda kam kir yuklangan. >>> Mashina ichiga ko'proq kir yuklang.
• Juda ko'p kir yuklangan. >>> Mashinadan ayrim kirlarni chiqarib oling yoki uni bir tekis taqsimlang.
• Mashinaning oyog'i ostida yot jism bo'lgani uchun egilgan. >>> Mashinaning notekis turishiga sabab bo'luvchi
yot jismlar yo'qligiga ishonch hosil qiling.
Mashina dastur ishga tushirilganidan so'ng to'xtab qoldi.
• Kir yuvish mashinasi elektr tarmog'ida kuchlanish pasayganligi sababli vaqtincha to'xtab turishi mumkin. >>>
Odatiy kuchlanish tiklanganidan keyin ishni davom ettiradi.
Mashinaga tushayotgan suv darhol chiqib ketmoqda .
• Suv to'kish shlangi juda past o'rnatilgan. >>> Suv to'kish shlangini foydalanish bo'yicha qo'llanmada
ko'rsatilgan tarzda ulang.
Yuvish paytida mashinadagi suv ko'rinmayapti.
• Kir yuvish mashinasidagi suv sathi tashqaridan ko'rinmaydi. Bu nosozlik emas.
Yuklash lyuki eshigi ochilmayapti.
• Mashinada suv borligi tufayli eshik qulflangan. >>> Suvni to'kish uchun «Suvni to'kish « dasturini yoki «Siqish»
dasturini ishga tushiring.
• Mashina suvni isityapti yoki aylanish sikli amalga oshirilmoqda. >>> Dasturning yakunlanishini kuting.
• Bolalarga qarshi bloklash yoqilgan. Dastur tugagandan bir necha daqiqa o'tib eshik qulfi ochiladi. >>> Eshik
qulfi ochilguncha bir necha daqiqa kuting.
74 / UZ
Kir yuvish mashinasi / Foydalanish bo'yicha qo'llanma

Advertisement

Table of Contents
loading

Table of Contents