Beko WRE 5411 BWW Instruction Manual page 53

Table of Contents

Advertisement

1
Xavfsizlik texnikasi va atrof-muhit muhofazasi bo'yicha muhim
• Mashina o'rnatilgan xonani tark etishdan oldin mashinaning yuklash lyuki eshigini bekiting.
• Yuvish vositalari va qo'shimchalarni idishining qopqog'ini yopib qo'ygan holda yoki mahsulot o'ramini
bekitgan
holda bolalarning qo'li yetmaydigan xavfsiz joyda saqlang.
1.4. O'ram haqida ma'lumotlar
• Kir yuvish mashinasining o'rami atrof-muhitni muhofaza qilish bo'yicha mahalliy me'yor va talablarga
muvofiq qayta ishlanadigan materiallardan tayyorlangan. O'rash materiallarini maishiy yoki boshqa
chiqindilar bilan utilizatsiya qilmang. Ularni mahalliy hokimiyat organlari tomonidan belgilangan o'rash
materiallarni to'plash joyiga topshiring.
1.5. Eskirgan mahsulotni utilizatsiya qilish
• Ushbu mahsulot qayta ishlatilishi va qayta ishlov berilishi mumkin bo'lgan yuqori sifatli qism va
materiallardan ishlab chiqarilgan. Shuning uchun mahsulotning foydalanish muddati tugaganidan
keyin oddiy maishiy chiqindilar bilan tashlab yubormang. Uni elektr va elektron asboblarni utilizatsiya
qilishga mo'ljallangan maxsus shoxobchaga topshiring. Eng yaqin chiqindilarni to'plash shoxobchasi
joylashgan joylar haqida mahalliy hokimiyat organlaridan bilib olishingiz mumkin. Qayta ishlov
beriladigan materiallardan ishlab chiqarilgan mahsulotlardan foydalanib, atrof-muhitni muhofaza qilishga
ko'maklashing. Mahsulotni utilizatsiya qilishdan oldin bolalar uchun ehtimol xavfning oldini olish uchun
ta'minot shnurini uzib qo'ying va yuklash lyuki eshigining qulfini buzib qo'yish zarur.
1.6 WEEE direktivasiga muvofiqligi
Ushbu mahsulotga elektr va elektron qurilmalar chiqindilarini turlarga ajratish (WEEE) belgisi
qo'yilgan. Bu shuni anglatadi-ki, 2002/96/EC Yevropa Direktivasiga muvofiq, ushbu
mahsulotdan uning atrof- muhitga salbiy ta'sirini kamaytirish maqsadida qayta ishlash yoki
qismlarga ajratish uchun foydalanish lozim. Qo'shimcha ma'lumot olish uchun mahalliy yoki
mintaqaviy hokimiyat organlariga murojaat qiling. Chiqindilarni saralash jarayoniga kiritilmagan
elektron uskunalar, tarkibida zararli moddalar mavjudligi tufayli atrof-muhit va inson salomatligi
uchun katta xavf tug'diradi.
2
Kir yuvish mashinasining tavsifi
2.1. Umumiy ko'rinishi
1- Ta'minot shnuri
2- Ustki panel
3- Boshqaruv paneli
4- Suv to'kish shlangi
5- Yuklash lyuki eshigi
6- Filtr qopqog'i
7- Sozlanadigan oyoqlar
8- Kir yuvish vositalarini taqsimlagich
53 / UZ
8
Kir yuvish mashinasi / Foydalanish bo'yicha qo'llanma
1
2
3
4
5
6
7

Advertisement

Table of Contents
loading

Table of Contents