Beko WRE 5411 BWW Instruction Manual page 68

Table of Contents

Advertisement

4
Mashinadan foydalanish
C
Ushbu dastur kiyimlarni yuvish uchun mo'ljallanmagan. Bu faqat kir yuvish mashinasini
parvarishlash uchun ishlatilishi kerak.
C
Agar mashina ichida qandaydir buyum bo'lsa, ushbu dasturni ishga tushirmang. Bunday
holatda, mashina barabanga kir solinganligini aniqlaydi va dasturni to'xtatadi.
5.7 Maxsus dasturlar
Kir yuvish mashinasida maxsus funksiyalar uchun quyidagi dasturlar mavjud.
• Chayish
Kiyimni faqat chayish yoki kraxmallash uchun foydalanish mumkin bo'lgan alohida chayish sikli.
• Siqish+suvni to'kish
Ushbu dastur suvni kiyimdan ketkazish yoki kir yuvish mashinasidagi suvni to'kish imkonini beradi.
Ushbu dasturni ishga tushirishdan oldin siqishning kerakli tezligi tanlanishi lozim, shundan so'ng «Ishga tushirish/
T anaffus» tugmachasini bosib dasturni ishga tushiring. Dastlab suv mashinadan to'kib yuboriladi, shundan so'ng
kiyim tanlangan tezlikda siqiladi va siqilgan suv to'kib yuboriladi.
Agar siqish talab qilinmasa, va suvni mashinadan to'kish kerak bo'lsa, « To'kish+Siqish» dasturini tanlang, shundan
so'ng siqish tezligini sozlash tugmasi yordamida «Siqmasdan» funksiyasini tanlang. «Ishga tushirish/Tanaffus»
tugmasini bosing.
C
Nozik kiyimlar uchun pasaytirilgan siqish tezligini ishlating.
5.8 Siqish tezligini tanlash
Dastur tanlangan paytda siqish tezligi indikatorida ushbu dastur uchun tavsiya etilgan siqish tezligi aks etadi.
Siqish tezligini kamaytirish kerak bo'lsa, siqish tezligini boshqarish tugmasini bosing, siqish tezligi bosqichma-
bosqich pasayadi. Shundan so'ng, mashinaning modeliga qarab, Rinse Hold (Chayishni kechiktirish) va No spin
(Siqilmasin) funksiyalari aks etadi. «No Spin» (Siqilmasin) opsiyasi tanlansa, siqish tezligining chiroqli indikatori
yonmaydi.
Chayishni kechiktirish
Agar yuvish dasturi tugagandan so'ng kiyimlarni darhol chiqarib olish kerak bo'lmasa, chayishni kechiktirish
funksiyasidan foydalanishingiz mumkin va oxirgi chayishdan so'ng kiyimlarning g'ijim bo'lishining oldini olish
maqsadida suvda qoldiring. Agar bundan keyin kirni siqmasdan suvni to'kish kerak bo'lsa, «Ishga tushirish/
T anaffus» tugmasini bosing. Suv to'kib tashlanganidan so'ng dasturni qayta ishga tushiring va yuvish jarayonini
tugating.
Suvda qolgan kirni siqish uchun siqish tezligini tanlang va «Ishga tushirish/Tanaffus» tugmasini bosing.
Dasturni bajarish davom etadi. Suv to'kiladi va kiyimlar siqiladi, dastur yakunlanadi.
C
Agar dastur hali siqish siklini boshlamagan bo'lsa, mashinani „To'xtash" rejimiga o'tkazmasdan
siqish tezligi o'zgartirilishi mumkin.
68 / UZ
Kir yuvish mashinasi / Foydalanish bo'yicha qo'llanma

Advertisement

Table of Contents
loading

Table of Contents