Beko WRE 5411 BWW Instruction Manual page 77

Table of Contents

Advertisement

Xizmat ko'rsatish va tozalash
Nosozliklarni bartaraf qilish
Yuvish vositalari taqsimlagichida yuvish vositasi qoldig'i qolgan. (**)
• Yuvish vositasi nam taqsimlagichga solingan. >>> Yuvish vositasini solishdan avval taqsimlagichni quriting.
• Yuvish vositasi nam tortgan. >>> Kir yuvish vositalarini yopiq idishda quruq salqin joyda saqlang.
• Suv bosimi past. >>> Suv bosimini tekshiring.
• Asosiy yuvish bo'lmasidagi yuvish vositasi ivitish uchun suv yig'ish vaqtida namlangan. Taqsimlagich
bo'lmasidagi teshiklar yuvish vositasi bilan tiqilib qolgan. >>> Zaruratga ko'ra bu teshiklarni tozalang.
• Yuvish vositalari taqsimlagichi klapanida muammo bor. >>> Kompaniyaning xizmat ko'rsatish markaziga
murojaat qiling.
• Yuvish vositasi konditsioner bilan aralashtirilgan bo'lishi mumkin. >>> Konditsionerni kir yuvish vositasi bilan
aralashtirmang. Taqsimlagichni issiq suv bilan yuving va tozalang.
• Baraban uzoq vaqtdan buyon tozalanmagan. >>> Barabani muntazam tozalab turing. Tozalash bo'yicha
ko'rsatmalar uchun 6.2. bandga qarang.
Yuvishdan keyin yuvish vositasi qoldi. (**)
• Juda ko'p kir yuklangan. >>> Mashinani ortiqcha zo'riqtirmang.
• Dastur va harorat noto'g'ri tanlangan. Dastur va yuvish haroratini kir turiga qarab tanlang.
• To'g'ri kelmaydigan yuvish vositalari. >>> Kir turiga qarab yuvish vositasini tanlang.
Ko'p miqdorda ko'pik hosil bo'lmoqda. (**)
• Yuvish vositasi avtomatik kir yuvish mashinalarida foydalanish uchun mos emas. >>> Kir yuvish mashinalari
uchun mo'ljallangan yuvish vositalaridan foydalaning.
• Yuvish vositasi juda ko'p solingan. Yuvish vositasining kerakli miqdoridan foydalaning.
• Yuvish vositasi noto'g'ri sharoitlarda saqlangan. >>> Kir yuvish vositalarini yopiq idishda quruq salqin joyda
saqlang. Ularni Issiq joylarda saqlamang.
• Ba'zi uyasimon tuzilishga ega matolarni, masalan, tyulli pardalarni yuvishda, ko'p miqdorda ko'pik hosil
bo'ladi. >>> Bu turdagi kirlar uchun ozroq yuvish vositalaridan foydalaning.
• Yuvish vositasi noto'g'ri bo'lmaga solingan. >>> Yuvish vositasini taqsimlagichning tegishli bo'lmasiga soling.
• Konditsionerlar vaqtidan oldin ishlatiladi. >>> Yuvish vositalari taqsimlagichi klapanida muammo yuzaga
kelgan bo'lishi mumkin. Kompaniyaning xizmat ko'rsatish markaziga murojaat qiling.
Yuvish vositalari taqsimlagichidan ko'pik chiqmoqda.
• Yuvish vositasi juda ko'p solingan. >>> 0,5 litr suvga 1 osh qoshiq konditsionerni aralashtiring va yuvish
vositalari taqsimlagichining asosiy yuvish bo'lmasiga quying.
• Kirni yuklash me'yorini hisobga olgan holda, yuvish dasturlariga mos keladigan yuvish vositalaridan
foydalaning («Dasturni tanlash va energiya sarfi jadvali» ga qarang. Dog' ketkazuvchi, oqartirgich va shu kabi
qo'shimcha vositalardan foydalanganda, yuvish vositasi miqdori kamaytirilishi kerak.
Dastur tugagandan so'ng, kirlar nam bo'lib qoladi. (*)
• Haddan tashqari ko'p miqdordagi yuvish vositasi tufayli ko'p miqdorda ko'pik hosil bo'lgan va avtomatik
ko'pikni boshqarish tizimi faollashgan bo'lishi mumkin. >>> Yuvish vositasining tavsiya etilgan miqdoridan
foydalaning.
* Agar baraban ichidagi kirlar notekis taqsimlangan bo'lsa, mashina mashinaning o'zi va uning atrofidagi
narsalarga shikast yetkazmaslik uchun siqishni amalga oshirmaydi. Kirlar qayta taqsimlanishi va yana qaytadan
siqish rejimi ishga tushirilishi kerak.
**Barabanni muntazam tozalash amalga oshmagan bo'lishi mumkin. >>> Barabanni muntazam tozalab turing.
6.2 bandga qarang.
A
OGOHLANTIRISH. Agarda ushbu tavsiyalardan foydalanib, muammoni hal qilish imkoni
bo'lmasa, vakolatli xizmat ko'rsatish markaziga murojaat qiling. Nosoz mahsulotni o'zingiz
ta'mirlashga harakat qilmang.
77 / UZ
Kir yuvish mashinasi / Foydalanish bo'yicha qo'llanma

Advertisement

Table of Contents
loading

Table of Contents