Beko WRE 5411 BWW Instruction Manual page 67

Table of Contents

Advertisement

4
Mashinadan foydalanish
5.5. Asosiy dasturlar
Mato turiga qarab, quyidagi asosiy yuvish dasturlaridan foydalaning.
• Paxta
Dastur paxtadan to'qilgan mustahkam buyumlarni (choyshablar, ko'rpa jildlar, yostiq jildlar, cho'milish xalatlari,
ichki kiyimlar va hk.) yuvish uchun mo'ljallangan. Tez yuvish funksiyasini faollashtiradigan tugma bosilsa, dastur
davomiyligi sezilarli darajada qisqaradi, biroq bunda barabanning intensiv harakati hisobiga samarali yuvish
ta'minlanadi. Agar tez yuvish funksiyasi tanlanmagan bo'lsa, qattiq ifloslangan kirni ajoyib tarzda yuvish va chayish
ta'minlanadi.
• Sintetik buyumlar
Ushbu dastur sintetik mahsulotlarni (masalan, ko'ylaklar, bluzalar, sintetika/paxta aralashtirilgan matodan tikilgan
buyumlar va h.k.z.) yuvish uchun foydalaniladi. Dasturning davomiyligi sezilarli darajada qisqaradi va mashina
yuqori samaradorlik bilan ishlaydi. Agar tez yuvish funksiyasi tanlanmagan bo'lsa, qattiq ifloslangan kirni ajoyib
tarzda yuvish va chayish ta'minlanadi.
• Jun/Qo'lda yuvish
Jun yoki nozik buyumlarni yuvish uchun foydalaning. Buyumni yuvish harorati kiyimning yorlig'ida ko'rsatilgan
ma'lumotlarga muvofiq tanlanishi kerak. Kiyimni ushbu dastur yordamida yuvish unga zarar yetkazmaslik
maqsadida juda ehtiyotkorlik bilan amalga oshiriladi.
5.6.
Qo'shimcha dasturlar
Kir yuvish mashinasida maxsus turda kir yuvish uchun qo'shimcha dasturlar mavjud.
Qo'shimcha dasturlar kir yuvish mashinasining modeliga qarab farqlanishi mumkin.
C
Qo'shimcha dasturlar kir yuvish mashinasining modeliga qarab farqlanishi mumkin.
• Paxta Eko
Ushbu dasturdan faqat qattiq ifloslangan paxta buyumlarini yuvish uchun foydalaning. Yuvish vositasini dastlabki
yuvish bo'lmachasiga soling.
C
„Paxta Ekonom" dasturidan foydalanilganda, paxtadan to'qilgan buyumlarni yuvish uchun
mo'ljallangan boshqa dasturlar bilan solishtirganda energiya iste'moli ancha pastdir.
• Mini
Kam miqdorda ifloslangan paxtadan to'qilgan buyumlarni yuvish uchun qisqartirilgan siklli dastur.
• Ko'ylaklar
Ushbu dastur bir vaqtning o'zida paxta va sintetik matolardan tikilgan ko'ylaklarni yuvish uchun mo'ljallangan. U
qatlamlar sonini kamaytiradi. Dastlabki ishlov berish algoritmi amalga oshiriladi.
• Dastlabki ishlov berish uchun mo'ljallangan kimyoviy moddani bevosita kiyimga qo'shing yoki uni mashina
yuvish vositasi idishidan suv olishni boshlaganida, bevosita yuvish vositasiga qo'shing. Shunday qilib, kir yuvish
mashinasi ularni qisqa vaqt ichida yuvadi va sizning ko'ylaklaringizning xizmat qilish muddati oshadi.
• Momiq
Ushbu dastur yordamida siz ichida momiq bo'lgan va yorlig'ida «mashinada yuvish» yozuvi ko'rsatilgan kurtkalar,
nimchalar, pidjaklarni yuvishingiz mumkin. Barabanning maxsus aylanish rejimlari suvning patlar orasidagi havo
bo'shliqlariga kirishiga imkon beradi.
• Barabanni tozalash
Barabani tozalash va dezinfeksiya qilish uchun mo'ljallangan. Ushbu dastur har 1-2 oyda qo'llanilishi kerak. Dastur
mashina butunlay bo'sh paytida ishga tushirilishi kerak. Yaxshiroq natijaga erishish uchun qasmoqni ketkazuvchi
vositani № «2» sonli kir yuvish vositasi bo'lmachasiga soling. Dastur tugaganidan so'ng, mashinaning ichi qurishi
uchun kir solinadigan lyuk eshigini ochiq qoldiring.
67 / UZ
Kir yuvish mashinasi / Foydalanish bo'yicha qo'llanma

Advertisement

Table of Contents
loading

Table of Contents