Redmond RMC-M140 Manual page 98

Table of Contents

Advertisement

2 daqiqadan 15 soatgacha. Dasturda haroratni o'rnatish diapazoni 5°С o'zgartirish
qadami bilan 35-160°С ni tashkil qiladi.
DIQQAT! Xavfsizlikni ta'minlash maqsadida tayyorlash harorati 140°С balan-
droqqa o'rnatilgan hollarda tayyorlash vaqti 2 soatdan oshmasligi kerak.
III. JIHOZNI TOZALASH
Umumiy qoidalar va tavsiyalar
Jihozdan dastlabki foydalanishdan avval hamda tayyorlashdan keyin taom
hidlarni ketkazish uchun yarimta limonni «ОВОЩИ НА ПАРУ» dasturida
(tezpishirgich rejimida) 15 daqiqa davomida qaynatishni tavsiya qilamiz.
Tayyorlangan taom bilan yoki suv to'ldirilgan jomni 24 soatdan ortiq vaqt
yopiq multipishirgich-tezpishirgichda qoldirmang. Tayyor taomli jomni
muzlatgichda saqlashingiz va zarur bo'lgan hollarda isitish funksiyasidan
foydalanib multipishirgich-tezpishirgichda taomni isitishingiz mumkin.
Agar jihozdan uzoq vaqt foydalanmasangiz, uni elektr tarmog'idan uzib
qo'ying. Ishchi kamera, jumladan qizdirish diski, jom, ichki qopqoq va bug'
klapani, kondensat uchun konteyner toza va quruq bo'lishi kerak.
Jihozni tozalashga kirishishdan avval uning elektr tarmog'idan uzilganli-
giga va to'liq sovuganligiga ishonch hosil qiling. Tozalash uchun yumshoq
latta va abraziv bo'lmagan idish yuvish vositalaridan foydalaning.
Jihozni tozalashda dag'al salfetkalar yoki gubkalar (agar ushbu qo'llanmada
maxsus aytib o'tilmagan bo'lsa), abraziv pastalardan foydalanish TA'QIQLANADI.
Yana kimyoviy jihatdan faol bo'lgan yoki taomga tegib turuvchi buyumlar
bilan qo'llash uchun tavsiya qilinmaydigan istalgan moddalardan foydalan-
ishga ham yo'l qo'yilmaydi.
Jihoz korpusini suvga botirish yoki uni suv oqimi ostiga joylashtirish
TA'QIQLANADI!
Multipishirgich-tezpishirgichning rezinali qismlarini tozalashda juda ehti-
yot bo'ling: ularning shikastlanishi yoki deformatsiyalanishi jihozning
noto'g'ri ishlashiga olib kelishi mumkin.
Jihoz korpusini ifloslanganlik darajasiga ko'ra tozalash mumkin. Jom, ichki alyu-
min qopqoq va olinuvchi bug' klapanini jihozdan har safar foydalangandan
keyin tozalash lozim. Multipishirgich-tezpishirgichda tayyorlash jarayonida
hosil bo'luvchi kondensatni jihozdan har safar foydalangandan keyin chiqarib
tashlang. Ishki kameraning ichki yuzalarini zaruratga ko'ra tozalang.
Korpusni tozalash
Mahsulot korpusini yumshoq nam oshxona salfetkasi yoki gubka bilan tozalang.
Nozik tozalash vositasidan foydalanish mumkin. Suv dog'lari va korpusdagi
ko'chishlarning hosil bo'lishini oldini olish uchun biz uning sirtini quruq qilib
artishni tavsiya qilamiz.
Jomni tozalash
Jomni yumshoq gubka va idish yuvish vositasidan foydalangan holda qo'lda
hamda idish yuvish mashinasida (uning ishlab chiqaruvchisining tavsiyalariga
mos holda) tozalash mumkin.
Kuchli ifloslangan hollarda jomga iliq suv quying va erishi uchun ma'lum vaqt
qoldiring, keyin tozalashni bajaring.
Uni multipishirgich-tezpishirgich korpusiga o'rnatishdan avval jom tashqi sir-
tini albatta quruq qilib arting.
Jomdan muntazam ravishda foydalanganda uning ichki kuyishga qarshi qo-
plamasi to'liq yoki qisman rangini o'zgartirishi mumkin. Buning o'zi jomning
nuqsonli ekanligining belgisi hisoblanmaydi.
Olinuvchi ichki qopqoq, bug' chiqarish klapani, qopqoqni ochish
blokiratorini tozalash
Olinuvchi ichki qopqoq, bug' chiqarish klapani, qopqoqni ochish blokiratorini
jihozdan har safar foydalanilgandan keyin tozalash tavsiya qilinadi:
98
1. Jihoz qopqog'ini oching. Teskari tomondagi markaziy qotirish gaykasini
(soat strelkasi yo'nalishiga qarama-qarshi yo'nalishda) ehtiyotlik bilan
burang va ichki qopqoqni oling.
2. Bug' chiqarish klapani qolinuvchi qopqoqda joylashgan va ikki qismdan
tashkil topadi. Klapanni tozalash uchun uning plastik kojuxini (olinuvchi
qopqoqning ichki tomonida) soat strelkasi yo'nalishiga qarama-qarshi
yo'nalishda burang va ichkaridagi berkituvchi sharikni ushlab turgan
holda uni oling.
3. Olinuvchi qopqoq, zichlovchi halqa, bug' chiqarish klapanining plastik
kojuxi va uning berkituvchi sharigi hamda qopqoqni ochish blokiratorini
nozik yuvish vositasidan foydalangan holda har ikki tomondan yuving.
4. Kuchli kirlangan hollarda uning metall kojuxini (olinuvchi qopqoqning
tashqi tomonida) bo'shatib olish orqali bug' klapanini to'liq qismlarga
ajratish va tozalashni amalga oshiring. Klapanning o'tkazish tirqishidagi
tiqinlarni ingichka igna yoki sim bilan ketkazish mumkin.
5. Qopqoqni ochish blokiratorining silindrchasi bemalol yurishi kerak. Aks
holda blokiratorni tozalang (olinmaydi!).
6. Tozalash yakunlanishi bilan qopqoq va qolgan elementlarni quruq qilib
arting, keyin teskari tartibda yig'ishni bajaring.
Bug' chiqarish klapanining himoya kojuxini tozalash
Xavfsizlik maqsadlarida bug' chiqarish klapanining ishchi tirqishi bug' yoki
suyuqlik oqimining keskin chiqarilishining oldini oluvchi maxsus plastik kojux-
qopqoq bilan yopilgan. Uni kirlanishiga qarab tozalab turing:
1. Kojux-qopqoqni oling, ehtiyotlik bilan ikki qismga ajrating.
2. Har ikkala qismini yuving, quriting.
3. Kojux-qopqoqni teskari ketma-ketlikda yig'ing va joyiga o'rnating.
Kondensatni chiqarib yuborish
Jihoz ko'rpusida joylashgan kondensat uchun konteynerni har safar foydalan-
gandan keyin tozalab turish lozim:
1. Uning bo'rtiqli qismidan tortgan holda konteynerni ehtiyotlik bilan chiqa-
rib oling.
2. Kondensatni to'king, konteynerni yuving.
3. Konteynerni joyiga o'rnating.
Kondensatning ortiqcha qismi jihoz korpusidagi jom atrofidagi maxsus chuqur-
chada to'planishi mumkin. Kondensatni sochiq yoki oshxona sochig'i yordamida
osongina ketkazish mumkin.
Ishchi kamerani tozalash
Ushbu qo'llanmadagi ko'rsatmalarga qat'iy amal qilingan hollarad ishchi kam-
eraga suyuqlik, taom zarrachalari yoki chiqindilarning tushish ehtimoli juda
kam.
Agar baribir jiddiy ifloslanish yuz bergan bo'lsa, jihozning noto'g'ri ishlashi yoki
jihozning ishdan chiqishining oldini olish uchun ishchi kamera yuzasini tozalash
lozim.
Multipishirgich-tezpishirgich ishchi kamerasini tozalashga kirishishdan avval
uning elektr tarmog'idan uzilganligiga va to'liq sovuganligiga ishonch hosil
qiling.
Ishchi kameraning yon devorlari, qizdirish diskini yuzasi va markaziy termodat-
chik (tub qismining o'rtasida joylashgan) kojuxini nam (xo'l emas!) gubka yoki
salfetka bilan tozalash mumkin. Agar siz yuvish vositasidan foydalanayotgan
bo'lsangiz, keyingi taom tayyorlash vaqtida noxush hid paydo bo'lmasligi uchun
uning qoldiqlarini yaxshilab ketkazish lozim.
Markaziy termodatchik atrofidagi chuqurchaga begona jismlar tushib qolgan
hollarda ularni pinsep yordamida datchik kojuxiga bosmagan holda olib tashlang.
Qizdirish diskining yuzasi ifloslangan hollarda o'rtacha qattiqlikdagi namlangan
gubka yoki sintetik chyotkadan foydalanish mumkin.
Jihozdan muntazam ravishda foydalanilganda vaqt o'tishi bilan qizdirish
diskining rangi to'liq yoki qisman o'zgarishi mumkin. Buning o'zi qurilmaning
nosoz ekanligini bildirmaydi va uning to'g'ri ishlashiga ta'sir ko'rsatmaydi.
IV. XIZMAT KO'RSATISH MARKAZIGA
MUROJAAT QILISHDAN AVVAL
Displeydagi
xatolik
Mumkin bo'lgan nosozliklar
Xatoliklarni bartaraf qilish
to'g'risidagi
xabar
Jihozni elektr tarmog'idan uzing, uning
Tizim xatoliklari (boshqaruv
sovushini 10-15 daqiqa kuting. Qopqoqni
platasi, harorat datchiklari yoki
C1, C2, C3, C4
zich qilib yoping. Agar muammoni bar-
bosim datchigi ishdan chiqqan
taraf qilib bo'lmasa, vakolatli xizmat
bo'lishi mumkin).
ko'rsatish markaziga murojaat qiling
V. KAFOLAT MAJBURIYATLARI
Ushbu mahsulotga u xarid qilingan sanadan boshlab 25 oy muddatga kafolat
taqdim etiladi. Kafolat muddati davomida ishlab chiqaruvchi ta'mirlash, detal-
larni almashtirish yoki butun mahsulotni almashtirib berish yo'li bilan materi-
allarning yoki yig'ishning yetarli darajada sifatli emasligi natijasida vujudga
kelgan har qanday nuqsonlarni bartaraf qilish majburiyatini o'z zimmasiga
oladi. Kafolat faqat xarid qilish sanasi asl kafolat talonida do'kon muhri va
sotuvchi imzosi bilan tasdiqlangan hollardagina kuchga kiradi. Ushbu kafolat
faqat mahsulotdan foydalanish bo'yicha qo'llanmaga muvofiq foydalanilgan,
ta'mirlanmagan, qismlarga ajratilmagan va u bilan noto'g'ri muomala qilish
natijasida shikastlanmagan hamda mahsulotning to'liq majmuasi saqlangan
hollardagina tan olinadi. Ushbu kafolat mahsulot va harajat materiallarining
(filtrlar, lampochkalar, sopol, teflon va boshqa kuyishga qarshi qoplamalar,
zichlovchilar va boshq.) tabiiy eskirishiga nisbatan qo'llanilmaydi.
Mahsulotning xizmat qilish muddati va unga nisbatan kafolat majburiyatlarin-
ing amal qilish muddati mahsulotni sotish yoki ishlab chiqarish sanasidan
(sotish sanasini aniqlash mumkin bo'lmagan hollarda) boshlab hisoblanadi.
Jihozni ishlab chiqarish sanasini mahsulot korpusidagi identifikatsion nak-
leykada joylashgan seriya raqamidan topish mumkin. Seriya raqami 13 ta bel-
gidan tashkil topadi. 6 va 7-belgilari qurilma ishlab chiqarilgan oyini, 8-belgi
esa yilini bildiradi.
Jihozning ishlab chiqaruvchi tomonidan o'rnatilgan xizmat qilish muddati mah-
sulotdan foydalanish ushbu yo'riqnoma va tegishli texnik standartlarga muvo-
fiq holda amalga oshirilishi sharti bilan u xarid qilingan sanadan boshlab 5
yilni tashkil qiladi.
Qadoq, foydalanuvchi qo'llanmasi hamda jihozning o'zini chiqindilarni qayta
ishlash bo'yicha mahalliy dasturga muvofiq chiqitga chiqarish lozim. bunday
mahsulotlarni oddiy maishiy chiqindilar bilan birgalikda tashlab yubormang.

Advertisement

Table of Contents
loading

Table of Contents