Redmond RMC-M140 Manual page 97

Table of Contents

Advertisement

5. Zarur bo'lgan hollarda standart o'rnatilgan tayyorlash vaqtini o'zgartiring.
6. Ishga tushirishni kechiktirish vaqtini o'rnatish zarur bo'lgan hollardabosim
darajasi (tezpishirgich rejimida), tayyorlash haroratini («ВЫПЕЧКА»,
«МАКАРОНЫ», «ЙОГУРТ/ТЕСТО», «ЖАРКА/ФРИТЮР», «МУЛЬТИПОВАР»
dasturlari uchun) o'zgartiring.
7.
«Старт/Автоподогрев» tugmachasini bosing. Tayyorlash dasturini bajarish
boshlanadi.
Tezpishirgich rejimidagi barcha dasturlarda hamda multipishirgich rejimi-
dagi «МАКАРОНЫ» dasturida tayyorlash vaqtining teskari hisobi jomda ker-
akli harorat va bosim qiymatlariga erishilgandan keyin boshlanadi.
8. Dastur ishi tugashi bilan tovushli signal beriladi. Keyin tanlangan dastur
yoki joriy sozlanmalarga bog'liq ravishda jihoz avtomatik isitish rejimiga
o'tadi (displeyda «Isitish»indikatori yonadi) yoki o'chadi. Zarur bo'lgan
hollarda «Отмена/Подогрев» tugmachasini bosish orqali avtomatik isitish
funksiyasini o'chirib qo'yish mumkin.
Tezpishirigich rejimida tayyorlash yakunlanishi bilan ishchi kameradagi bo-
simni me'yoriga keltirish uchun «Сброс давления» tugmachasini bosing. Disp-
leyda «---P» yozuvi yonadi. Tovushli signal berilgandan keyin qopqoqni blokirov-
ka qilish richagini «Открыто» («Ochiq») holatiga keltiring va jihoz qopqog'ini
oching.
Qilingan barcha sozlanmalarni bekor qilish yoki tayyorlash jarayonini to'xtatib
qo'yish uchun «Отмена/Подогрев» tugmachasini bosing.
TA'QIQLANADI:
- jomni mahsulotlar va suv bilan jom ichki yuzasidagi shkalaning maksimal
belgisidan yuqori darajada to'ldirish;
- suv yoki boshqa suyuqliksiz tezpishirgich rejimida tayyorlash (kamida 2
o'lchov stakani hajmida);
- tezpishirgich rejimidan mahsulotlarni yog'da qovurish uchun foydalanish.
Yuqori bosimda tayyorlash (tezpishirgich rejimi)
«НА ПАРУ» dasturi
Go'shtli taomlar, baliq, tovuq go'shti va sabzavotlarni bug'da tayyorlash uchun
mo'ljallangan. Standart tayyorlash vaqti tanlangan mahsulot turiga bog'liq
bo'ladi («МЯСО» («GO'SHT») — 20 daqiqa, «РЫБА» («BALIQ») — 10 daqiqa,
«ПТИЦА» («TOVUQ GO'SHTI») — 15 daqiqa, «ОВОЩИ» («SABZAVOTLAR») — 12
daqiqa). Tayyorlash vaqtini 5 daqiqa qadam bilan 5 daqiqadan 2 soatgacha
bo'lgan diapazonda o'zgartirish mumkin.
Turli taomlarni bug'da tayyorlash uchun maxsus konteynerdan foydalaning
(majmualar to'plamiga kiradi):
1. Jomga 300-350 ml suv quying.
2. Masalliqlarni tayyorlang, bug'da tayyorlash uchun konteynerga bir tekis
joylashtiring. Jomga taglikka o'rnating, unga konteynerni qo'ying.
3. «Tayyorlash dasturlaridan foydangandagi harakatlarning umumiy tartibi»-
ning 2-8-bo'limlariga amal qiling.
«СУП» dasturi
Go'shtli bulonlar, tovuq go'shtidan shorvalar, baliq va sabzavotli sho'rvalar tayy-
orlash uchun mo'ljallangan. Standart tayyorlash vaqti tanlangan mahsulot
turiga bog'liq bo'ladi («МЯСО» — 40 daqiqa, «РЫБА» — 25 daqiqa, «ПТИЦА» — 30
daqiqa, «ОВОЩИ» — 20 daqiqa). Tayyorlash vaqtini 10 daqiqa qadam bilan 5
daqiqadan 8 soatgacha bo'lgan diapazonda o'zgartirish mumkin.
«ТУШЕНИЕ/ХОЛОДЕЦ» dasturi
Go'sht, baliq, tovush go'shti va sabzavotlarni dimlash uchun mo'ljallangan.
Standart tayyorlash vaqti tanlangan mahsulot turiga bog'liq bo'ladi («МЯСО»
— 40 daqiqa, «РЫБА» — 30 daqiqa, «ПТИЦА» — 35 daqiqa, «ОВОЩИ» — 25
daqiqa). Tayyorlash vaqtini 10 daqiqa qadam bilan 5 daqiqadan 12 soatgacha
bo'lgan diapazonda o'zgartirish mumkin.
«ВАРКА» dasturi
Go'sht, baliq, tovush go'shti va sabzavotlarni qaynatib pishirish uchun
mo'ljallangan. Standart tayyorlash vaqti tanlangan mahsulot turiga bog'liq
bo'ladi («МЯСО» — 40 daqiqa, «РЫБА» — 25 daqiqa, «ПТИЦА» — 30 daqiqa,
«ОВОЩИ» — 30 daqiqa). Tayyorlash vaqtini 5 daqiqa qadam bilan 5 daqiqadan
8 soatgacha bo'lgan diapazonda o'zgartirish mumkin.
«ТОМЛЕНИЕ» dasturi
Go'sht, baliq, tovush go'shtini dimlab pishirish uchun mo'ljallangan. Standart
tayyorlash vaqti tanlangan mahsulot turiga bog'liq bo'ladi («МЯСО» — 2 soat
30 daqiqa, «РЫБА» — 1 soat 30 daqiqa, «ПТИЦА» — 2 soat). Tayyorlash vaqtini
10 daqiqa qadam bilan 10 daqiqadan 8 soatgacha bo'lgan diapazonda o'zgartirish
mumkin.
«РИС/КРУПЫ» dasturi
Guruchni qaynatib pishirish, turli yormalar tayyorlash uchun mo'ljallangan.
Standart holatda ushbu dasturdagi tayyorlash vaqti 15 daqiqani tashkil qiladi.
Tayyorlash vaqtini 1 daqiqa qadam bilan 5 daqiqadan 4 soatgacha bo'lgan dia-
pazonda o'zgartirish mumkin.
«ДЕТСКОЕ ПИТАНИЕ» dasturi
Bolalar taomlarini tayyorlash uchun mo'ljallangan. Standart holatda ushbu
dasturdagi tayyorlash vaqti 30 daqiqani tashkil qiladi. Tayyorlash vaqtini 10
daqiqa qadam bilan 5 daqiqadan 12 soatgacha bo'lgan diapazonda o'zgartirish
mumkin.
«ПЛОВ» dasturi
Palov tayyorlash uchun mo'ljallangan. Standart holatda ushbu dasturdagi tayy-
orlash vaqti 40 daqiqani tashkil qiladi. Tayyorlash vaqtini 10 daqiqa qadam
bilan 5 daqiqadan 2 soatgacha bo'lgan diapazonda o'zgartirish mumkin.
«МОЛОЧНАЯ КАША» dasturi
Turli sutli bo'tqalar tayyorlash uchun mo'ljallangan. Standart holatda ushbu
dasturdagi tayyorlash vaqti 10 daqiqani tashkil qiladi. Tayyorlash vaqtini 1
daqiqa qadam bilan 5 daqiqadan 4 soatgacha bo'lgan diapazonda o'zgartirish
mumkin.
«МОЛОЧНАЯ КАША» dasturi kam yog'likka ega bo'lgan tozalangan sutdan
bo'tqa tayyorlash uchun mo'ljallangan. Sutning qaynab ketishini oldini olish va
kerakli natijaga erishish uchun tavsiya qilinadi:
butun donli (guruch, grechixa, oqlangan tariq va boshq.) barcha yorma-
larni suv toza bo'lmagunicha yaxshilab yuvish;
tayyorlashdan avval multipishirgich jomini sariyog' bilan yog'lash;
reseptlar kitobidagi ko'rsatmalarga ko'ra masalliqlarni o'lchagan holda
nisbatlarga qat'iy amal qilish (masalliqlar miqdorini qat'iy mutanosib
tarzda kamaytirish yoki orttirish);
qaymog'i olinmagan sutdan foydalanganda uni 1:1 nisbatda ichimlik suvi
bilan aralashtirish.
«БОБОВЫЕ» dasturi
Dukkaklilarni qaynatib pishirish, turli garnirar tayyorlash uchun mo'ljallangan.
Standart holatda ushbu dasturdagi tayyorlash vaqti 1 soat 30 daqiqani tashkil
qiladi. Tayyorlash vaqtini 10 daqiqa qadam bilan 5 daqiqadan 8 soatgacha
bo'lgan diapazonda o'zgartirish mumkin.
Oddiy bosimda tayyorlash (multipishirgich rejimi)
«ВЫПЕЧКА» dasturi
Dastur achitqili va qatlamli xamirdan biskvitlar, pishiriqlar, piroglar pishirish
uchun mo'ljallangan. Standart holatda ushbu dasturdagi tayyorlash vaqti 50
daqiqani tashkil qiladi. Tayyorlash vaqtini 15 daqiqa qadam bilan 5 daqiqadan
8 soatgacha bo'lgan diapazonda o'zgartirish mumkin.
«ХЛЕБ» dasturi
Turli navlardagi non pishirish uchun mo'ljallangan. Standart holatda ushbu
dasturdagi tayyorlash vaqti 3 soatni tashkil qiladi. Tayyorlash vaqtini 10 daqiqa
qadam bilan 5 daqiqadan 6 soatgacha bo'lgan diapazonda o'zgartirish mumkin.
Dastur ishining birinchi soatida xamirni tindirish boradi, keyin bevosita pishirish-
ga o'tiladi.
DIQQAT! Pishirish vaqtida jom va mahsulot qizdiriladi! Tayyor nonni jihozdan
olish vaqtida oshxona qo'lqoplaridan foydalaning.
«МАКАРОНЫ» dasturi
Makaronni qaynatib pishirish, turli reseptlar bo'yicha pasta tayyorlash uchun
mo'ljallangan. Standart holatda ushbu dasturdagi tayyorlash vaqti 8 daqiqani
tashkil qiladi. Tayyorlash vaqtini 1 daqiqa qadam bilan 2 daqiqadan 1 soatgacha
bo'lgan diapazonda o'zgartirish mumkin. Ushbu dasturida «Ishga tushishni
kechiktirish» funksiyasidan foydalanib bo'lmaydi.
«Tayyorlash dasturlaridan foydalangandagi harakatlarning umumiy tartibi»-ning
1-7-bo'limlariga amal qiling. Suv qaynagandan keyin tovushli signal beriladi.
Qopqoqni ehtiyotlik bilan oching va mahsulotlarni qaynayotgan suvga soling,
qopqoqni yoping. O'rnatilgan dasturni bajarish va tayyorlash vaqtining teskari
hisobi boshlanadi.
«ЙОГУРТ/ТЕСТО» dasturi
Yogurt tayyorlash va xamir tindirish uchun mo'ljallangan. Standart holatda
ushbu dasturdagi tayyorlash vaqti 8 soatni tashkil qiladi. Tayyorlash vaqtini 10
daqiqa qadam bilan 5 daqiqadan 12 soatgacha bo'lgan diapazonda o'zgartirish
mumkin. Bu dasturda «Ishga tushirishni kechiktirish» va «Avtomatik isitish»
funksiyalaridan foydalanib bo'lmaydi.
Yogurt tayyorlash uchun siz REDMOND RAM-G1 maxsus bankalar to'plamidan
foydalanishingiz mumkin (alohida xarid qilinadi).
«ЖАРКА/ФРИТЮР» dasturi
Go'sht, baliq, tovush go'shti va sabzavotlarni qovurish uchun mo'ljallangan.
Standart tayyorlash vaqti tanlangan mahsulot turiga bog'liq bo'ladi («МЯСО»
— 18 daqiqa, «РЫБА» — 10 daqiqa, «ПТИЦА» — 15 daqiqa, «ОВОЩИ» — 12
daqiqa). Tayyorlash vaqtini 1 daqiqa qadam bilan 5 daqiqadan 2 soatgacha
bo'lgan diapazonda o'zgartirish mumkin. Ushbu dasturida ishga tushishni ke-
chiktirish funksiyasidan foydalanib bo'lmaydi.
1. «Tayyorlash dasturlaridan foydangandagi harakatlarning umumiy tartibi»-
ning 1-2-bo'limlariga amal qiling.
2. Qopqoqni mahkam yoping, qopqoqni blokirovka qilish richagini «Открыт»
holatida qoldiring. Jihozni elektr tarmog'iga ulang, keyin «Tayyorlash
dasturlaridan foydangandagi harakatlarning umumiy tartibi»-ning
4-7-bo'limlariga amal qiling.
3. «Старт/Автоподогрев» tugmachasini bosing. Tovushli signal beriladi,
qopqoqni blokirovka qilish indikatori (displeyda) miltillaydi. Shundan
keyin qopqoqni oching va qopqoqni blokirovka qilish richagini «Закрыт»
holatiga o'rnating. Tayyorlash jarayoni va dastur ishlash vaqtining teskari
hisobi boshlanadi.
Dastur bajarilayotgan vaqtda jihoz qopqog'ini yopmang!
4. Dastur ishi tugashi bilan tovushli signal beriladi. Keyin tanlangan dastur
yoki joriy sozlanmalarga bog'liq ravishda jihoz avtomatik isitish rejimiga
o'tadi (displeyda «Подогрев» indikatori yonadi) yoki o'chadi. Zarur bo'lgan
hollarda «Отмена/Подогрев» tugmachasini bosish orqali avtomatik isitish
funksiyasini o'chirib qo'yish mumkin.
Mahsulotlarni qovurishda jihoz maksimal haroratda ishlaydi. «ЖАРКА/
ФРИТЮР» dasturidan takror foydalanishdan avval jihozni to'liq sovutib olish
lozim.
Qovurish vaqtida mahsulotlarni aralashtirib turish (ag'darish) tavsiya qilinadi.
Frityurda qovurish uchun maxsus savatchadan foydalaning.
«МУЛЬТИПОВАР» dasturi
«МУЛЬТИПОВАР» dasturi harorat va tayyorlash vaqtining foydalanuvchi to-
monidan berilgan parametrlari bo'yicha deyarli istalgan taomni tayyorlash
uchun mo'ljallangan. Taomlar 75°С gacha bo'lgan haroratlarda tayyorlangan
hollarda avtomatik isitish funksiyasi boshlang'ich holatda o' c hirib qo'yiladi. Zarur
bo'lgan hollarda tayyorlash dasturi ishga tushirilgandan keyin «Старт/
Автоподогрев» tugmasini bosgan holda avtomatik isitishni yoqib qo'yish mum-
kin («Отмена/Подогрев» tugmachasi indikatori yonadi).
Standart holatda ushbu dasturdagi tayyorlash vaqti 30 daqiqani tashkil qiladi.
Tayyorlash vaqtini o'rnatish diapazoni — 1 daqiqali o'zgartirish qadami bilan
RMC-M140
UZB
97

Advertisement

Table of Contents
loading

Table of Contents