Redmond RMC-M140 Manual page 96

Table of Contents

Advertisement

9. Tovush signallarini yoqish/o'chirish indikatori.
10. Ishga tushirishni kechiktirish vaqtini o'rnatish rejimi indikatori.
11. Multipishirgich rejimida qizdirib olish/kerakli bosim darajasiga erishish
indikatori.
12. «МУЛЬТИПОВАР», «ВЫПЕЧКА», «МАКАРОНЫ», «ЙОГУРТ/ТЕСТО»,
«ЖАРКА/ФРИТЮР» dasturlarida haroratni o'rnatish rejimi indikatori.
13. «МУЛЬТИПОВАР», «ВЫПЕЧКА», «МАКАРОНЫ», «ЙОГУРТ/ТЕСТО»,
«ЖАРКА/ФРИТЮР» dasturlarida harorat qiymati indikatori.
14. Tayyorlash vaqti/ishga tushirishni kechiktirish vaqtiqiymati indikatori.
I. DASTLABKI YOQISHDAN AVVAL
Mahsulot va uning butlochi qismlarini qutidan ehtiyotlik bilan oling. Barcha
qadoqlash materiallarini olib tashlang.
Ogohlantiruvchi nakleykalar, ko'rsatkili nakleykalar va uning korpusidagi mah-
sulot seriya raqami ko'rsatilgan yorliqnialbatta o'z joyida saqlang! Mahsulotda
seriya raqamining bo'lmasligi sizni kafolatli xizmat ko'rsatishdan avtomatik
ravishda mahrum qiladi.
Jihoz korpusini nam latta bilan arting. Jomni iliq sovunli suv bilan yuving.
Yaxshilab quriting. Jihozdan ilk marta foydalanganda begona hid paydo bo'lishi
mumkin. bu jihoz nosozligining natijasi hisoblanmaydi. Bu holda jihozni toza-
lashni amalga oshiring.
Diqqat! Jihozdan istalgan turdagi nosozlik mavjud bo'lgan holda foydalanish
ta'qiqlanadi.
II. JIHOZDAN FOYDALANISH
Foydalanishni boshlashdan avval
Jihozni qattiq tekis yuzaga shunday o'rnatingki, bug' klapanidan chiqadigan
qaynoq bug' gulqog'ozlar, bezakli qoplamalar, elektron jihozlar va ortiqcha
namlik va haroratdan shikastlanishi mumkin bo'lgan boshqa buyumlar yoki
materiallarga tushmasin.
Tayyorlashdan avval jihozning tashqi va ko'zga ko'rinadigan ichki qismlarida
shikastlanishlar, siniq joylar va boshqa nuqsonlarning yo'qligiga ishonch hosil
qiling. Jom va qizdirish elementi orasida begona buyumlar bo'lmasligi kerak.
Qopqoqni ochish/yopish
Qopqoq yopilganda jihoz mahsulot korpusi bilan germetik ravishda birlashadi,
bu esa uning ishchi kamerasida yuqori bosimni hosil qilishga imkon beradi.
Jihoz ichidagi bosim atmosfera bosimidan baland bo'lganda qopqoq avtomatik
ravishda blokirovka qilinadi. Agar tayyorlash yakunlanishi bilan qopqoqni kuch
ishlatmasdan ochib bo'lmasa, bu ishki kameradagi bosimning hali juda baland
ekanligini bildiradi. «Сброс давления» tugmachasini bosing va jihozdagi bosimn-
ing me'yoriga kelishini kuting.
Qopqoqni yopish uchun:
1. Multipishirgich qopqog'ini tiqillagan tovush chiqargan holda tushiring.
2. Qopqoqni blokirovka qilish dastasini «Закрыто» («Yopiq») holatiga keltir-
ing.
DIQQAT! Ishlash vaqtida jihoz qiziydi! Tayyorlash jarayonida va u tugashi
bilan jihozning metall qismlariga tegmang. Qurilmani ko'tarish va tashish
uchun korpusdagi maxsus dastadan foydalaning.
Himoya tizimi
REDMOND RMC-M140 multipishirgich-tezpishirgichi ko'p bosqichli humiya
tizimi bilan jihozlangan. Agar kameradagi harorat va (yoki) bosim yo'l qo'yiladigan
ko'rsatkichlardan ortib ketsa, tizim tayyorlash jarayonini to'xtatadi. Ushbu
ko'rsatkichlar me'yoriga kelganidan keyin tayyorlash jarayoni qayta tiklanadi.
Agar ma'lum vaqt davomida bu sodir bo'lmasa, maxsus qurilma elektr ta'minot
zanjirini uzadi va multipishirgich-tezpishirgichi ishini butunlay to'xtatadi.
Agar siz tezpishirgich rejimida «Отмена/Подогрев» tugmachasini bosish bilan
tayyorlash jarayonini uzib qo'ygan bo'lsangiz (yoki jihoz dastur ishlayotgan
vaqtda elektr tarmog'idan uzilgan bo'lsa), jihoz qopqoq blokirovka qilinadi.
96
Displeyda qopqoqni blokirovka qilish indikatori «Закрыто», ishki kameradagi
bosim darajasi indikatori va tovushli signallarni yoqish/o'chirish (agar ular
o'chirilgan bo'lsa) indikatori yonadi, «Старт/Автоподогрев» tugmachasi indika-
tori esa miltillaydi. Shu bilan birga xavfsizlik maqsadlarida bosimni qo'lda bekor
qilish uchun bosish kerak bo'lgan «Сброс давления» tugmachasidan boshqa
boshqaruv panelidagi barcha tugmachaslar ham blokirovka qilinadi (bosimni
avtomatik bekor qilish 10 daqiqadan keyin yuz beradi). Ishki kameradagi bosim
me'yoriga kelgandan so'ng jihoz qopqog'i blokirovkadan chiqariladi.
Dasturni tanlash va tayyorlash vaqtini o'rnatish
REDMOND RMC-М140 mutipishirgichi-tezpishirgichida har bir dastur uchun
standart o'rnatilgan tayyorlash vaqtini o'zgartirish mumkin:
1. «Меню» tugmachasini bosgan holda tayyorlash dasturini tanlang. Disp-
leyda tanlangan dastur uchun standart o'rnatilgan tayyorlash vaqti yonadi.
2. «Час/–» tugmachasini bosish bilan soat qiymatini, «Мин/+» tugmachini
bosish bilan esa — daqiqa qiymatini o'rnating. Qiymatni tez o'zgartirish
uchun kerakli tugmachani bosing va ushlab turing. Maksimal qiymatga
yetganda vaqtni o'rnatish diapazonning boshidan boshlanadi.
3. Qilingan o'rnatmalarni bekor qilish uchun «Отмена/Подогрев» tugmasi-
ni bosish, keyin esa tayyorlash dasturini qaytadan tanlash lozim.
Tayyorlash vaqtini qo'lda o'rnatishda tayyorlash dasturlarining umumiy jad-
valiga ko'ra siz tanlagan tayyorlash dasturida ko'zda tutilgan mumkin bo'lgan
vaqt diapazoni va o'rnatish qadamini hisobga oling.
Tezpishirgich rejimidagi barcha dasturlarda hamda «МАКАРОНЫ» dasturida
(multipishirgich rejimida) tayyrlash vaqtining teskari hisobi jomda kerakli
harorat va bosim qiymatlariga erishilgandan keyin boshlanadi. Boshqa das-
turlarda o'rnatilgan tayyorlash vaqtining hisobi «Старт/Автоподогрев»
tugmachasi bosilgandan keyinoq darhol boshlanadi.
Tayyolash haroratini o'zgartirish
«МУЛЬТИПОВАР», «ВЫПЕЧКА», «МАКАРОНЫ», «ЙОГУРТ/ТЕСТО» va «ЖАРКА/
ФРИТЮР» dasturlarida tayyorlash haroratini (jumladanavtomatik dasturlar
ishlayotgan vaqtda) o'zgartirish imkoniyati ko'zda tutilgan:
1. Tayyorlash dasturini tanlagandan keyin yoki u ishlayotgan vaqtda
«Температура °С» tugmachasini bosing.
2. «Час/–» tugmachasini bosish bilan harorat qiymatini kamaytiring,«Мин/+»
— tugmachasini bosish bilan esa orttiring.
3. «Температура °С» tugmachasini qayta bosish bilan o'rnatilgan qiymatni
saqlang (dastur ishlayotgan vaqtda tayyorlash harorati o'zgartirilgan hol-
larda).
Bosim darajasini o'zgartirish
REDMOND RMC-М140 multipishirgichi-tezpishirgichida tayyorlash dasturi
tanlangandan keyin bosim darajasini ham 5 kPa qadam bilan 30 kPa dan 60
kPa gacha o'zgartirish mumkin.
Bosim darajasi «Изменение давления» tugmachasini bosish bilan o'rnatiladi
va displeyning tegishli indikatorida shartli ko'rinishda aks ettiriladi (1 dan 7
gacha). Maksimal qiymatga yetganda bosim darajasini o'rnatish diapazonning
boshidan boshlanadi.
«Ishga tushirishni kechiktirish» funksiyasi
Ushbu funksiya tanlangan tayyorlash dasturi ishlay boshlashi uchun o'tishi
kerak bo'lgan vaqtini 10 daqiqa qadam bilan 10 daqiqadan 24 soatgacha bo'lgan
diapazonda o'rnatishga imkon beradi.
1. Tayyorlash dasturini tanlagandan keyin «Отложенный старт» tugmacha-
sini bosing. Ishga tushirishni kechiktirish vaqtini o'rnatish rejimi indika-
tori yonadi, «Отложенный старт» tugmachasi indikatori miltillay bosh-
laydi. «Час/–» tugmachasini bosish bilan soat qiymatini, «Мин/+»
tugmachini bosish bilan esa — daqiqa qiymatini o'rnating. Qiymatni tez
o'zgartirish uchun kerakli tugmachani bosing va ushlab turing. Maksimal
qiymatga yetganda vaqtni o'rnatish diapazonning boshidan boshlanadi.
2. «Старт/Автоподогрев» tugmachasini bosing. Dastur ishi boshlangunigacha
qolgan vaqtning teskari hisobi boshlanadi.
3. O'rnatishni bekor qilish uchun «Отмена/Подогрев» tugmachasini bosing.
Shundan keyin dastur parametrlarini qaytadan kiriting.
«ЖАРКА/ФРИТЮР» va «МАКАРОНЫ» dasturlarida (multipishirgich rejimida)
«Ishga tushirishni kechiktirish» funksiyasidan foydalanib bo'lmaydi.
Ishga tushirishni kechiktirish vaqtini o'rnatishda shuni hisobga olish kerakki,
tezpishirgich rejimining barcha dasturlarida hamda «МАКАРОНЫ» (multi-
pishirgich rejimida) dasturida tayyorlash vaqtining teskari hisobi faqat jihoz
harorat va bosimning kerakli qiymatlariga erishganidan so'ng bo'shlanadi.
Tayyor taomlar haroratini ushlab turish funksiyasi (avtomatik
isitish)
Tayyor taom haroratini 60-80°С diapazonda 12 soat davomida ushlab turishga
imkon beradi. Tayyorlash dasturi nihoyasiga yetishi bilan avtomatik ravishda
yonadi (bu to'g'risida tovushli signal beriladi), bunda displeyda «Isitish» indika-
tori yonadi va ushbu rejimda ishlash vaqtining daqiqalardagi to'g'ri hisobi aks
ettiriladi.
Zarur bo'lgan hollarda tayyorlash dasturi ishga tushirilgandan so'ng «Старт/
Автоподогрев» tugmachasini bosish orqali avtomatik isitish funksiyasini old-
indan o'chirib qo'yish mumkin (tovushli signal beriladi, tugmacha indikatori
o'chadi). Avtomatik isitish funksiyasini yana yoqish uchun «Старт/Автоподогрев»
tugmachasini qayta bosing.
«ЙОГУРТ/ТЕСТО» dasturida avtomatik isitish funksiyasidan foydalanib
bo'lmaydi. «МУЛЬТИПОВАР» dasturida tayyorlash harorati 75°С dan bal-
andga o'rnatilgan hollarda avtomatik isitish funksiyasi avvaldan o'chirib
qo'yiladi, biroq zarur bo'lgan hollarda siz tayyorlash dasturi ishga tushirilgan
keyin «Старт/Автоподогрев» tugmachasinibosish orqali uni yoqib
qo'yishingiz mumkin.
Taomlarni isitish funksiyasi
Ushbu funksiya sovuq taomlarni 60-80°С gacha isitishga imkon beradi:
1. Mahsulotni jomga joylashtiring. Jomni jihoz korpusiga joylashtiring, uning
qizdirish elementiga zich yorishib turganligiga ishonch hosil qiling.
2. Qopqoqni mahkam yoping, multipishirgichni elektr tarmog'iga ulang.
3. «Отмена/Подогрев» tugmachasini bosing. Tugmacha indikatori yonadi
hamda displeyda «Isitish» indikatori paydo bo'ladi. Isitish vaqtining daq-
iqalardagi to'g'ri hisobi boshlanadi. Jihoz taomni isitadi va uning harora-
tini 12 soat davomida ushlab turadi, keyin isitish avtomatik ravishda
o'chiriladi.
4. Isitishni to'xtatish uchun «Отмена/Подогрев» tugmachasini qayta bosing.
Tugmacha indikatori va (displeydagi) «Подогрев» indikatori o'chadi, jihoz
kutish rejimiga o'tadi.
Tovush signallarini o'chirish
Kutish rejimi yoki dastur ishlayotgan vaqtda tovushli signallarni o'chirib qo'yish
uchun «Вид продукта» tugmachasini bosing. Tovushni yoqish uchun yana shu
tugmachani bosing.
Tayyorlash dasturlaridan foydalangandagi harakatlarning umu-
miy tartibi
1. Kerakli masalliqlarni tayyorlang (o'lchang), jomga soling. Barcha masal-
liqlar, jumladan suyuqlikning jom ichki yuzasidagi maksimal belgidanortib
ketmasligini kuzatib boring.
2. Jomni jihoz korpusiga joylashtiring, uning qizdirish elementiga zich yorishib
turganligiga ishonch hosil qiling.
3. Qopqoqni mahkam yoping, qopqoqni blokirovka qilish richagini «Закрыт»
holatiga keltiring («ЖАРКА/ФРИТЮР» dasturi bundan mustasno). Jihozni
elektr tarmog'iga ulang.
4. «Меню» tugmachasini bosgan holdatayyorlash dasturini tanlang (disp-
leyda tegishli indikator yonishi kerak). «НА ПАРУ», «СУП», «ТУШЕНИЕ/
ХОЛОДЕЦ», «ВАРКА», «ТОМЛЕНИЕ», yoki «ЖАРКА/ФРИТЮР» dasturlari
tanlanganda «Вид продукта» tugmachasini bosgan holdakerakli qism-
dasturni tanlang (displeyda tegishli indikator miltillaydi).

Advertisement

Table of Contents
loading

Table of Contents