Beko WSRE6512PRS User Manual page 79

Table of Contents

Advertisement

Available languages

Available languages

Xizmat ko'rsatish va tozalash
Nosozliklarni bartaraf qilish
Yuvish vositalari taqsimlagichida yuvish vositasi qoldig'i qolgan. (**)
• Yuvish vositasi nam taqsimlagichga solingan. >>> Yuvish vositasini solishdan avval taqsimlagichni
quriting.
• Yuvish vositasi nam tortgan. >>> Kir yuvish vositalarini yopiq idishda quruq salqin joyda saqlang.
• Suv bosimi past. >>> Suv bosimini tekshiring.
• Asosiy yuvish bo'lmasidagi yuvish vositasi ivitish uchun suv yig'ish vaqtida namlangan. T aqsimlagich
bo'lmasidagi teshiklar yuvish vositasi bilan tiqilib qolgan. >>> Zaruratga ko'ra bu teshiklarni tozalang.
• Yuvish vositalari taqsimlagichi klapanida muammo bor. >>> Kompaniyaning xizmat ko'rsatish
markaziga murojaat qiling.
• Yuvish vositasi konditsioner bilan aralashtirilgan bo'lishi mumkin. >>> Konditsionerni kir yuvish
vositasi bilan aralashtirmang. Taqsimlagichni issiq suv bilan yuving va tozalang.
• Baraban uzoq vaqtdan buyon tozalanmagan. >>> Barabani muntazam tozalab turing. Tozalash
bo'yicha ko'rsatmalar uchun 6.2. bandga qarang.
Yuvishdan keyin yuvish vositasi qoldi. (**)
• Juda ko'p kir yuklangan. >>> Mashinani ortiqcha zo'riqtirmang.
• Dastur va harorat noto'g'ri tanlangan. Dastur va yuvish haroratini kir turiga qarab tanlang.
• To'g'ri kelmaydigan yuvish vositalari. >>> Kir turiga qarab yuvish vositasini tanlang.
Ko'p miqdorda ko'pik hosil bo'lmoqda. (**)
• Yuvish vositasi avtomatik kir yuvish mashinalarida foydalanish uchun mos emas. >>> Kir yuvish
mashinalari uchun mo'ljallangan yuvish vositalaridan foydalaning.
• Yuvish vositasi juda ko'p solingan. Yuvish vositasining kerakli miqdoridan foydalaning.
• Yuvish vositasi noto'g'ri sharoitlarda saqlangan. >>> Kir yuvish vositalarini yopiq idishda quruq salqin
joyda saqlang. Ularni Issiq joylarda saqlamang.
• Ba'zi uyasimon tuzilishga ega matolarni, masalan, tyulli pardalarni yuvishda, ko'p miqdorda ko'pik
hosil bo'ladi. >>> Bu turdagi kirlar uchun ozroq yuvish vositalaridan foydalaning.
• Yuvish vositasi noto'g'ri bo'lmaga solingan. >>> Yuvish vositasini taqsimlagichning tegishli
bo'lmasiga soling.
• Konditsionerlar vaqtidan oldin ishlatiladi. >>> Yuvish vositalari taqsimlagichi klapanida muammo
yuzaga kelgan bo'lishi mumkin. Kompaniyaning xizmat ko'rsatish markaziga murojaat qiling.
Yuvish vositalari taqsimlagichidan ko'pik chiqmoqda.
• Yuvish vositasi juda ko'p solingan. >>> 0,5 litr suvga 1 osh qoshiq konditsionerni aralashtiring va
yuvish vositalari taqsimlagichining asosiy yuvish bo'lmasiga quying.
• Kirni yuklash me'yorini hisobga olgan holda, yuvish dasturlariga mos keladigan yuvish vositalaridan
foydalaning («Dasturni tanlash va energiya sarfi jadvali» ga qarang. Dog' ketkazuvchi, oqartirgich va
shu kabi qo'shimcha vositalardan foydalanganda, yuvish vositasi miqdori kamaytirilishi kerak.
Dastur tugagandan so'ng, kirlar nam bo'lib qoladi. (*)
• Haddan tashqari ko'p miqdordagi yuvish vositasi tufayli ko'p miqdorda ko'pik hosil bo'lgan va
avtomatik ko'pikni boshqarish tizimi faollashgan bo'lishi mumkin. >>> Yuvish vositasining tavsiya
etilgan miqdoridan foydalaning.
* Agar baraban ichidagi kirlar notekis taqsimlangan bo'lsa, mashina mashinaning o'zi va uning
atrofidagi narsalarga shikast yetkazmaslik uchun siqishni amalga oshirmaydi. Kirlar qayta taqsimlanishi
va yana qaytadan siqish rejimi ishga tushirilishi kerak.
**Barabanni muntazam tozalash amalga oshmagan bo'lishi mumkin. >>> Barabanni muntazam
tozalab turing. 6.2 bandga qarang.
A
OGOHLANTIRISH. Agarda ushbu tavsiyalardan foydalanib, muammoni hal qilish imkoni
bo'lmasa, vakolatli xizmat ko'rsatish markaziga murojaat qiling. Nosoz mahsulotni o'zingiz
ta'mirlashga harakat qilmang.
79 / UZ
Kir yuvish mashinasi / Foydalanish bo'yicha qo'llanma

Advertisement

Table of Contents
loading

This manual is also suitable for:

Wsre6512prw

Table of Contents