Beko WSRE6512PRS User Manual page 50

Table of Contents

Advertisement

Available languages

Available languages

Foydalanishdan oldin ushbu qo'llanmani o'qib chiqing.
Hurmatli xaridor!
BEKO kompaniyasining mahsulotlarini tanlaganingiz uchun tashakkur. Umid qilamiz-ki, eng zamonaviy
texnologiyalardan foydalangan holda ishlab chiqarilgan yuqori sifatli mashinangiz foydalanish paytida
eng yaxshi natijalarni ko'rsatadi. Buning uchun ushbu qo'llanmani va u bilan birgalikda taqdim qilingan
barcha hujjatlarni diqqat bilan o'qib chiqing va kelgusida undan ma'lumotnoma sifatida foydalaning.
Mashinani boshqa shaxsga topshirishda ushbu qo'llanmani ham bering. Yo'riqnomadagi barcha
ogohlantirish va ma'lumotlarga rioya qiling.
Ushbu foydalanish bo'yicha qo'llanma bir nechta modellar uchun qo'llanilishi mumkin. Modellar
orasidagi farqlar yo'riqnomada berilgan.
Shartli belgilar
Ushbu qo'llanmada quyidagi shartli belgilardan foydalaniladi.
C
Foydalanish bo'yicha muhim ma'lumotlar yoki foydali tavsiyalar.
A
Jarohatlanish yoki mol-mulkka zarar yetkazilish xavfi to'g'risida
ogohlantirish.
B
Elektr toki urishi xavfi to'g'risida ogohlantirish.
Kir yuvish mashinasining o'rami atrof-muhitni muhofaza qilish bo'yicha
mahalliy me'yorlar va talablarga muvofiq qayta ishlov
berilishi lozim bo'lgan materiallardan tayyorlangan.
O'rash materiallarini maishiy yoki boshqa chiqindilar bilan utilizatsiya qilmang. Ularni mahalliy hokimiyat
organlari tomonidan belgilangan o'rash materiallarni to'plash joyiga topshiring.
Mahsulot sertifikatlangan Sertifikat to'g'risida quyidagi telefon orqali ma'lumot
olishingiz mumkin: 8,800-200-23-56 (Rossiya hududida qo'ng'iroqlar bepul). BEKO OAJ
tomonidan ishlab chiqarilgan, 601021, Rossiya, Vladimir viloyati, Kirjach tumani, munitsipial
shahar, Pershinskoy qishloq manzilgohi, Fyodorovskoe qishlog'i, Selskaya ko'chasi, 49 uy.
Ishlab chiqarish sanasi mahsulotning yorlig'i ustida ko'rsatilgan mahsulotning seriya raqami
ichida, jumladan: seriya raqamining dastlabki ikki raqami ishlab chiqarish yilini ko'rsatadi va
keyingi ikkitasi esa oyni ko'rsatadi.
Misol uchun, «18-100001-05» mahsulotning 2018 yil may oyida ishlab chiqarilganligini anglatadi.
Sotish bo'yicha maxsus shartlar qo'yilmagan.
Mahsulot «Past kuchlanishli uskunalar xavfsizligi to'g'risida» gi TR TS 004, « Texnik vositalarning
elektromagnit muvofiqligi» TR TS 020 ga muvofiq TU 2751.13‒001‒58880098‒2017 bo'yicha ishlab
chiqarilgan.
Sifat menejmenti, ekologiya va energetika tizimi ISO 9001, ISO 14001, ISO 50001 standartlari
talablariga javob beradi.

Advertisement

Table of Contents
loading

This manual is also suitable for:

Wsre6512prw

Table of Contents