Beko WSRE6512PRS User Manual page 72

Table of Contents

Advertisement

Available languages

Available languages

Mashinadan foydalanish
4. Yuklash lyukining eshigini yoping.
5. Zaruratga ko'ra, qo'shimcha funksiyalar, harorat va siqish tezligi sozlashlarini o'zgartiring.
6. Dasturni ishga tushirish uchun "Ishga tushirish/Tanaffus" tugmasini bosing.
5.16
Dasturni bekor qilish
Dasturni bekor qilish uchun dasturni tanlash dastagini boshqa tegishli dasturga buring. Oldingi
tanlangan dastur bekor qilinadi. Dastur bekor qilinganidan so'ng "Tugatish/bekor qilish" indikatori
uzluksiz yonib-o'cha boshlaydi.
Dasturni tanlash dastagi aylantirilganda, joriy dastur bekor qilinadi, lekin suv mashinadan to'kilmaydi.
Yangi dastur tanlangan va boshlanganidan so'ng uning bajarilishi oldingi dastur to'xtatilgan
bosqichdan boshlanadi. Misol uchun, mashina qo'shimcha suv qo'shishi yoki baraban ichidagi
suvdan foydalanib yuvishni davom ettirishi mumkin.
C
Oldingi dasturning qaysi bosqichda bekor qilinganiga qarab, yangi dastur tanlanganidan va
ishga tushirilganidan keyin yuvish vositasi va konditsioner qo'shish talab qilinishi mumkin.
5.17
Dasturni yakunlash
Dastur tugagandan so'ng, ekranda "End" yozuvi paydo bo'ladi,
1. Yuklash lyuki eshigi indikatori bir xil rangda yona boshlashini kuting.
2. Viklyuchatel yordamida mashinani o'chiring.
3. Mashina ichidan kirni chiqarib oling va yuklash lyuki eshigini yoping. Shundan so'ng mashina
keyingi kir yuvish uchun tayyor.
5.18
Mashinangiz "Kutish rejimi" ning o'ziga xos xususiyatlari
Mashina viklyuchatel tugmasi yordamida yoqilganidan so'ng hech qanday dastur yuklanmasa
yoki tanlash bosqichida boshqa amal bajarilmasa, yoki tanlangan dastur yakunlanganidan so'ng 2
daqiqa ichida hech qanday amal bajarilmasa, mashina avtomatik tarzda energiya tejash rejimiga
o'tadi. Bunda indikatorlar yorqinligi pasayadi. Bundan tashqari, dasturning davomiyligi mashinaning
displeyida aks ettirilsa, u o'chadi. dasturni tanlash dastagi aylantirilsa yoki istalgan tugma bosilsa,
indikatorlar va displey oldingi holatiga qaytadi. Energiyani tejash rejimidan chiqib ketish paytida
kiritgan sozlamalaringiz o'zgarishi mumkin. Dasturni yuklashdan oldin joriy sozlamalarning
to'g'riligiga ishonch hosil qiling. Zarurat tug'ilsa, ushbu sozlamalarni qayta o'rnating. Bu nosozlik
emas.
72 / UZ
Kir yuvish mashinasi / Foydalanish bo'yicha qo'llanma

Advertisement

Table of Contents
loading

This manual is also suitable for:

Wsre6512prw

Table of Contents