Beko WSRE6512PRS User Manual page 70

Table of Contents

Advertisement

Available languages

Available languages

Mashinadan foydalanish
Agar bolalarga qarshi bloklash rejimi yoqilgan bo'lsa, dasturni tanlash dastagini aylantirsangiz,
displeyda «Con» yozuvi paydo bo'ladi. Bolalarga qarshi bloklash funksiyasi yoqilgach, harorat va siqish
tezligini o'zgartirish, shuningdek, qo'shimcha funksiyalarni tanlash yoki bekor qilish mumkin emas.
Bolalarga qarshi bloklash funksiyasi yoqilgan paytda dasturni tanlash dastagini boshqa holatga
burasangiz, joriy dastur davom etadi.
Bolalarga qarshi bloklash rejimini yoqish:
2. Qo'shimcha funksiyalar tugmasini 3 soniya bosib ushlab turing. Siz ushbu tugmalarni 3
soniya davomida bosib ushlab turganingizda, displeyda navbati bilan C03, C02 va C01 belgilari
ko'rsatiladi. Shundan so'ng qo'shimcha funksiyalarning 2-tugmachasining yorug'lik diodli
indikatori yonib-o'chadi, displeyda «Con» belgisi paydo bo'lib, u bolalarga qarshi bloklash
yoqilganligini ko'rsatadi. Bolalarga qarshi bloklash faol paytida dasturni tanlash tugmachasini
aylantirsangiz yoki qandaydir tugmachani bossangiz, bu yozuv displeyda ko'rinadi.
Bolalarga qarshi bloklash rejimini bekor qilish uchun:
Dastur ishlab turganida qo'shimcha funksiyalarning 2-tugmasini bosing va 3 soniya bosib turing.
Siz ushbu tugmalarni 3 soniya davomida bosib ushlab turganingizda, displeyda navbati bilan C03,
C02 va C01 belgilari ko'rsatiladi. Shundan so'ng qo'shimcha funksiyalarning 2-tugmachasining
Agar dasturlardan hech biri bajarilmasa, bolalarga qarshi bloklash rejimini dasturni tanlash dastagini
« Yoqish/O'chirish» holatiga burash va boshqa dasturni tanlash orqali ham o'chirish mumkin.
Elektr energiyasi uzilib qolganida yoki mashina tarmoqdan ajratilganida bolalarga qarshi bloklash
rejimi faol holatda qoladi.
Kechiktirilgan ishga tushirish
«Kechiktirib ishga tushish» funksiyasi yordamida dasturning bajarilishini 19 soat muddatgacha
kechiktirish mumkin. Kechiktirib ishga tushirish muddatini 1 soatlik interval bilan o'rnatish mumkin.
Kechiktirib ishga tushirish rejimini o'rnatishda suyuq yuvish vositalaridan foydalanmang! Kiyimda dog'
paydo bo'lishi mumkin.
1. Yuklash eshigini oching, kiyimlarni soling va yuvish vositasini qo'shing va hokazo.
2. Yuvish dasturini, haroratni, siqish tezligini va kerak bo'lsa qo'shimcha funksiyalarni tanlang.
3. « Kechiktirib ishga tushirish» tugmasi yordamida kerakli vaqtni o'rnating.
4. «Ishga tushirish/Tanaffus» tugmasini bosing. Displeyda kiritilgan ishga tushish vaqti aks
etadi. Shundan so'ng, ishga tushguncha vaqtni hisoblash jarayoni boshlanadi. Shu bilan birga,
kechiktirilgan boshlash vaqtining yonida displeyda «_» belgisi yuqoriga va pastga harakat qiladi.
Kechiktirib ishga tushirish vaqti hisoblab turilganida mashinaga kiyim solish mumkin.
5. Kechiktirib ishga tushirish vaqti o'tgach displeyda tanlangan dasturning bajarilish davomiyligi aks
etadi. «_» belgisi yo'qoladi va dastur ishga tushadi.
Kechikib ishga tushish intervalini o'zgartirish
Vaqtni hisoblash paytida ishga tushish vaqtini o'zgartirish.
1. « Kechiktirib ishga tushirish» tugmasini bosing. Tugmani har bosganingizda interval 1 soatga
uzayadi.
2. Kechikish vaqtini qisqartirish uchun kechikib ishga tushish tugmasini displeyda dastur ishga
tushishining kerakli vaqti aks etguncha ketma-ket bosing.
Kechiktirib ishga tushirish funksiyasini bekor qilish
Kechiktirib ishga tushirish uchun vaqt hisoblanishini bekor qilish va dasturni darhol ishga tushirish
uchun quyidagi amallarni bajaring.
1. Kechiktirib ishga tushirishning nol intervalini o'rnating va dasturni tanlash dastagini istalgan holatga
buring. Shundan so'ng kechiktirib ishga tushirish funksiyasi bekor qilinadi va « T ugatish/
70 / UZ
Kir yuvish mashinasi / Foydalanish bo'yicha qo'llanma

Advertisement

Table of Contents
loading

This manual is also suitable for:

Wsre6512prw

Table of Contents