Beko WSRE6512PRS User Manual page 51

Table of Contents

Advertisement

Available languages

Available languages

1
Xavfsizlik texnikasi va atrof-muhit muhofazasi bo'yicha muhim
Ushbu bo'limda xavfsizlik texnikasi qoidalari berilgan, ularga rioya qilinganda jarohatlanish yoki mol-mulkka
zarar
yetkazilishining oldini oladi. Ushbu qoidalarga rioya qilinmagan taqdirda barcha kafolat majburiyatlari bekor
qilinadi.
1.1. Umumiy xavfsizlik texnikasi qoidalari
• Ushbu mahsulotdan 8 yoshdan katta bolalar va jismoniy, hissiy va aqliy imkoniyatlari cheklangan
shaxslar yoki tajriba va bilimga ega bo'lmagan shaxslarga faqat ular qurilmadan xavfsiz foydalanish
va ular bilan bog'liq xavflarni boshqarish bo'yicha kuzatuv yoki rahbarlik ostida bo'lsalar foydalanishga
ruxsat etiladi. Bolalarning buyum bilan o'ynashlariga ruxsat bermang.
• Uch yoshdan kichik bolalarga kattalarning doimiy nazoratisiz yaqinlashishga ruxsat berilmasin.
• Mashinani gilam qoplama ustiga o'rnatmang. Mashina pastki qismining kam shamollatilishi mahsulotning
elektr qismlarining ortiqcha qizib ketishiga va buyumning ishlashida muammolarga olib kelishi mumkin.
• Ta'mirlash xizmatini ko'rsatish markaziga murojaat qilmasdan oldin nosoz buyumdan foydalanmang. Bu
elektr toki urishiga olib kelishi mumkin!
• Ushbu mahsulotda elektr energiyasi uzilib qolganidan keyin elektr ta'minoti qayta tiklanganda kir yuvish
o'sha joyidan yana davom etishi ko'zda tutilgan. Dasturni bekor qilish uchun "Dasturni bekor qilish"
bo'limidagi ko'rsatmalarni bajaring.
• Ushbu qurilmani 16 A saqlagichi bilan himoyalangan yerga ulanish simiga ega rozetkaga ulash lozim.
Yerga ulanish simini albatta o'rnating. Yerga ulash malakali elektrik tomonidan amalga oshirilishi lozim.
Mahalliy normativ hujjatlarga muvofiq amalga oshirilgan hech qanday yerga ulanish simi bo'lmasa,
ishlab chiqaruvchi kompaniya ziyonni qoplash uchun har qanday javobgarlikni rad etadi.
• Suv bilan ta'minlash shlangi va suvni to'kish shlangi xavfsiz tarzda ulangan bo'lishi va suv sizishining
oldini olish uchun shikastlardan xoli bo'lishi kerak.
• Agar barabanda suv bo'lsa, yuklash lyukining eshigini ochmang va filtrni olib tashlamang. Agar ushbu
shartga amal qilinmasa, suv toshishi va issiq suvdan kuyish xavfi yuzaga keladi.
• Yuklash lyukining eshigi qulflangan bo'lsa, uni ochishga urinmang. Yuklash lyukining eshigini yuvish
dasturi yakunlanganidan so'ng bir necha daqiqadan keyin ochish mumkin. Qulflangan eshikni ochishga
urinish eshikka va qulfga zarar yetkazishi mumkin.
• Foydalanilmayotgan paytda mashinani elektr tarmog'idan ajratib qo'ying. Suv uzatish kranini bekiting.
• Mashinani oqib turgan suv bilan yuvish taqiqlanadi. Bu elektr toki urishiga olib kelishi mumkin!
• Ta'minot shnuri vilkasini nam qo'llar bilan ushlamang. Vilkani rozetkadan chiqarishda simdan tortmang;
faqat vilkadan tuting.
• Faqat avtomat kir yuvish mashinalari uchun mo'ljallangan vosita va qo'shimchalardan foydalaning.
• Kiyim-kechak va buyumlarning yorliqlaridagi ko'rsatmalarga, shuningdek, yuvish vositalarining
o'ramidagi ko'rsatmalarni bajaring.
• Mashinani o'rnatish, texnik xizmat ko'rsatish, ta'mirlash yoki yuvishdan oldin uni albatta elektr
tarmog'idan ajrating.
• Mashinani o'rnatish va ta'mirlash ishlari faqat firma servis markazining mutaxassislari tomonidan amalga
oshirilishi kerak. Ishlab chiqaruvchi ushbu ishlarni bajarish uchun ruxsatnomaga ega bo'lmagan shaxslar
tomonidan yetkazilgan zarar uchun javobgar bo'lmaydi.
• Ta'minot shnuri shikastlangan hollarda yuzaga kelishi mumkin bo'lgan xavflarni bartaraf qilish uchun uni
ishlab chiqaruvchi, uning xizmat ko'rsatuvchi vakili, shu kabi malakaga ega bo'lgan (elektrik) yoki ishlab
chiqaruvchi tomonidan tasdiqlangan shaxs almashtirishi kerak.
1.2. Maqsadi bo'yicha foydalanish
• Ushbu mahsulot maishiy foydalanish uchun mo'ljallangan. Mahsulotdan tijorat maqsadida, shuningdek,
boshqa maqsadlarda foydalanish taqiqlanadi.
• Mahsulotdan faqat tegishli yorliqqa ega libos va kiyimlarni yuvish va chayish uchun foydalanish mumkin.
• Ishlab chiqaruvchi kompaniya noto'g'ri foydalanish yoki tashish oqibatida yetkazilgan zarar uchun
javobgar emas.
• Mahsulotning loyiha bo'yicha xizmat qilish muddati 10 yil. Ushbu davr mobaynida ishlab chiqaruvchi
kompaniya mahsulotning ishonchli ishlashini ta'minlash uchun original ehtiyot qismlarni taqdim etadi.
1.3. Bolalar xavfsizligi
• O'rash materiallari bolalar uchun xavflidir. O'rash materiallarini bolalar yeta olmaydigan, xavfsiz joyda
saqlang.
• Elektr asboblar bolalar uchun xavflidir. Bolalarni ishlab turgan mashinadan uzoqroq tuting. Ularning
mashinaga zarar bermasligiga ishonch hosil qiling. Bolalar mashina ishiga xalal bermasligi uchun
bolalarga qarshi bloklash funksiyasidan foydalaning.
51 / UZ
Kir yuvish mashinasi / Foydalanish bo'yicha qo'llanma

Advertisement

Table of Contents
loading

This manual is also suitable for:

Wsre6512prw

Table of Contents