Beko WSRE6512PRS User Manual page 68

Table of Contents

Advertisement

Available languages

Available languages

Mashinadan foydalanish
•Siqish+suvni to'kish
Ushbu dastur suvni kiyimdan ketkazish yoki kir yuvish mashinasidagi suvni to'kish imkonini beradi.
Ushbu dasturni ishga tushirishdan oldin siqishning kerakli tezligi tanlanishi lozim, shundan so'ng
«Ishga tushirish/T anaffus» tugmachasini bosib dasturni ishga tushiring. Dastlab suv mashinadan
to'kib yuboriladi, shundan so'ng kiyim tanlangan tezlikda siqiladi va siqilgan suv to'kib yuboriladi.
Agar siqish talab qilinmasa, va suvni mashinadan to'kish kerak bo'lsa, « To'kish+Siqish» dasturini
tanlang, shundan so'ng siqish tezligini sozlash tugmasi yordamida «Siqmasdan» funksiyasini
tanlang. «Ishga tushirish/Tanaffus» tugmasini bosing.
Yupqa kiyimlar uchun pasaytirilgan siqish tezligini ishlating.
Haroratni tanlash
Yangi dastur tanlaganingizda harorat indikatorida ushbu dastur uchun tavsiya qilingan harorat
qiymati ko'rsatiladi.
Haroratni pasaytirish kerak bo'lsa, haroratni o'zgartirish tugmachasini bosing. Harorat asta-sekin
pasayadi. Sovuq suvda yuvish rejimi tanlangan bo'lsa, haroratning yorug'lik indikatorlari yonmaydi.
Agar dastur hali isitish siklini boshlamagan bo'lsa, mashinani « To'xtatish» rejimiga
o'tkazmasdan harorat pasaytirilishi mumkin.
Siqish tezligini tanlash
Dastur tanlangan paytda siqish tezligi indikatorida ushbu dastur uchun tavsiya etilgan siqish tezligi
aks etadi.
Siqish tezligini kamaytirish kerak bo'lsa, siqish tezligini boshqarish tugmasini bosing, siqish tezligi
bosqichma-bosqich pasayadi. Shundan so'ng, mashinaning modeliga qarab, Rinse Hold (Chayishni
kechiktirish) va No spin (Siqilmasin) funksiyalari aks etadi. «No Spin» (Siqilmasin) opsiyasi
tanlansa, siqish tezligining chiroqli indikatori yonmaydi.
Chayishni kechiktirish
Agar yuvish dasturi tugagandan so'ng kiyimlarni darhol chiqarib olish kerak bo'lmasa, chayishni
kechiktirish funksiyasidan foydalanishingiz mumkin va oxirgi chayishdan so'ng kiyimlarning g'ijim
bo'lishining oldini olish maqsadida suvda qoldiring. Agar bundan keyin kirni siqmasdan suvni to'kish
kerak bo'lsa, «Ishga tushirish/T anaffus» tugmasini bosing. Suv to'kib tashlanganidan so'ng dasturni
qayta ishga tushiring va yuvish jarayonini tugating.
Suvda qolgan kirni siqish uchun siqish tezligini tanlang va «Ishga tushirish/Tanaffus» tugmasini
bosing.
Agar dastur hali siqish siklini boshlamagan bo'lsa, mashinani « To'xtatish» rejimiga o'tkazmasdan
siqish tezligi o'zgartirilishi mumkin.
Qo'shimcha funksiyalarni tanlash
Kerakli qo'shimcha funksiyalar dastur ishga tushirilishidan oldin tanlanishi lozim. Bundan tashqari,
mashina ishlab turgan paytida bajarilayotgan dasturga mos keluvchi qo'shimcha funksiyalarni «Ishga
tushirish/T anaffus» tugmasini bosmasdan tanlashingiz yoki bekor qilishingiz mumkin. Buning uchun
mashina siz tanlagan yoki bekor qiladigan qo'shimcha funksiyalardan oldingi bosqichda bo'lishi
kerak.
Agar qo'shimcha funksiyani tanlash yoki bekor qilishning imkoni bo'lmasa, tegishli funksiya indikatori
3 marta yonib-o'chish shaklida ogohlantirish beradi.
68 / UZ
Kir yuvish mashinasi / Foydalanish bo'yicha qo'llanma

Advertisement

Table of Contents
loading

This manual is also suitable for:

Wsre6512prw

Table of Contents