Beko WSRE6512PRS User Manual page 61

Table of Contents

Advertisement

Available languages

Available languages

Yuvishga tayyorlash
C
Dasturni bajarish vaqtida yuklash lyukining eshigi qulflanadi. Eshik faqat dastur tugaganidan so'ng biroz
vaqt o'tgach ochilishi mumkin.
A
OGOHLANTIRISH.
tebranish va shovqinning oshishiga olib kelishi mumkin.
4.7 Kir yuvish vositasi va konditsionerdan foydalanish
C
Kir yuvish vositasi, konditsioner, kraxmal, matolar uchun bo'yoq, oqartirgich yoki ohak dog'ini tozalash
vositalaridan foydalanganda, yuvish vositasini ishlab chiqaruvchining qo'llash va dozalash bo'yicha
ko'rsatmalariga albatta amal qiling. Agar bor bo'lsa, dozalash stakanidan foydalaning.
Kir yuvish vositalari taqsimlagichi
3
1
2
Kir yuvish uchun yuvish vositasi, konditsioner va boshqa vositalar
• Yuvish dasturini ishga tushirishdan oldin yuvish vositasi ("2" bo'lma) va konditsionerni (agar kerak
bo'lsa) soling.
• Yuvish dasturi davomida taqsimlagichni ochiq qoldirmang!
• Agar ivitishsiz dasturdan foydalanilsa, kir yuvish vositasini ivitish bo'lmasiga ("1" bo'lma) solmang.
• Ivitishli dasturdan foydalanilganda, ivitish bo'lmasiga ("1" bo'lma) suyuq yuvish vositalarini solmang.
• Maxsus qopdagi yuvish vositalari yoki taqsimlovchi sharikdan foydalansangiz, ivitishli dasturni
tanlamang. Maxsus qopdagi yuvish vositalari yoki taqsimlovchi sharikni mashina barabanida kirlar orasiga
joylashtiring.
• Suyuq yuvish vositasidan foydalanganda, uni dozalash idishida asosiy yuvish bo'lmasiga ("2" bo'lma)
joylashtiring.
Kir yuvish vositasini tanlash
Kir yuvish vositasini tanlash matoning turiga va rangiga bog'liq.
• Rangli va oq rangli kiyimlar uchun turli kir yuvish vositalaridan foydalaning.
• Ehtiyotkorlik bilan ishlashni talab qiladigan kiyimlar uchun faqat maxsus kir yuvish vositalaridan
foydalaning (suyuq vositalar, jun buyumlar uchun mo'ljallangan vositalar va hokazo).
• To'q rangli matolardan tikilgan buyumlarni va quroq ko'rpalarni yuvish uchun suyuq yuvish vositalarini
ishlatish tavsiya etiladi.
• Jun mahsulotlarini yuvish uchun jun uchun mo'ljallangan maxsus vositalardan foydalanish lozim.
A
OGOHLANTIRISH.
foydalaning..
A
OGOHLANTIRISH
Kir yuvish vositalarini dozalash
Kir yuvish vositalarining dozasi kir miqdori, ifloslanish darajasi va suvning qattiqligiga bog'liq.
• Haddan tashqari ko'piklanish, sifatsiz chayishning oldini olish uchun, shuningdek, vositani tejash
va nihoyat, atrof-muhitni muhofaza qilish maqsadida vosita o'ramida tavsiya etilgan dozani oshirib
yubormang.
• Kam ifloslangan oz miqdordagi kirlarni yuvish uchun kam miqdordagi yuvish vositasidan foydalaning.
Konditsionerlardan foydalanish
Konditsionerni yuvish vositalari taqsimlagichining tegishli bo'lmasiga solish lozim.
• Konditsionerni taqsimlagichda belgilangan maksimal darajadan (> max <) ortiqcha solmang.
• Agar konditsioner oquvchanligini yo'qotgan bo'lsa, taqsimlagichga solishdan oldin uni suv bilan
aralashtirib yuboring.
61 / UZ
Agar kir barabanda to'g'ri taqsimlanmagan bo'lsa, bu mashinaning ishlashi paytida
Kir yuvish vositalari taqsimlagichining uchta bo'lmasi mavjud:
– (1) ivitish uchun
– (2) asosiy yuvish uchun
– (3) konditsioner uchun
– (*) bundan tashqari, konditsioner bo'lmasida sifon mavjud.
Faqat kir yuvish mashinalari uchun maxsus mo'ljallangan yuvish vositalaridan
Sovun kukunidan foydalanmang.
Kir yuvish mashinasi / Foydalanish bo'yicha qo'llanma

Advertisement

Table of Contents
loading

This manual is also suitable for:

Wsre6512prw

Table of Contents