Beko WSRE6512PRS User Manual page 71

Table of Contents

Advertisement

Available languages

Available languages

Mashinadan foydalanish
Bekor qilish» indikatori uzluksiz yonib-o'cha boshlaydi.
2. Shundan so'ng kerakli dastur qaytadan tanlanishi lozim.
3. Dasturni ishga tushirish uchun «Ishga tushirish/Tanaffus» tugmasini bosing.
4. Bajarish jarayoni indikatori yonadi, u dastur ishga tushganini ko'rsatadi.
Agar dasturni tanlash paytida bir daqiqa davomida bironta ham dastur yuklanmasa yoki bironta
ham tugma bosilmasa, kir yuvish mashinasi « To'xtash» rejimiga o'tadi. Bunda harorat, siqish tezligi
va eshiklarni bloklash indikatorlarining yorqinligi pasayadi. Boshqa indikator va belgilar o'chadi. Agar
dasturni tanlash dastagi aylantirilsa yoki qandaydir tugma bosilsa, indikator va belgilar qaytadan yonadi.
5.13
Dasturning bajarilish jarayoni
Dasturning bajarilish jarayonini dasturning bajarilish indikatori yordamida kuzatib borish mumkin. Har
bir dastur sikli boshlanishidan oldin tegishli indikator yonadi, bunda bajarib bo'lingan sikl indikatori
o'chadi.
Dasturning bajarilish jarayonida qo'shimcha funksiyalar, siqish tezligi va harorat tanlovini
bajarilayotgan dasturni to'xtatmagan holda o'zgartirish mumkin. Barcha o'zgarishlarni ushbu
o'zgarish tegishli bo'lgan bosqich boshlanishidan oldin o'zgartirish mumkin. Agar o'zgarish
bajarilayotgan dasturga mos kelmasa, tegishli indikator uch marta yonib o'chadi.
Agar mashina siqish rejimiga o'tmasa, suv bilan to'xtash funksiyasi yoqilgan bo'ladi yoki baraban
ichida kirlarning noto'g'ri taqsimlanganligi tufayli balanslashning avtomatik nazorat tizimi ishga tushgan
bo'ladi.
5.14
Yuklash lyukining eshigini bloklash
Kir yuvish mashinasining yuklash eshikchasi blokirovka bilan jihozlangan bo'lib, u suvning yuqori
darajasida eshik ochilishining oldini oladi.
Mashina to'xtash rejimiga o'tkazilgan bo'lsa, yuklash lyuki eshigining indikatori yonib-o'cha boshlaydi,
va mashina barabandagi suv sathini aniqlaydi. Agar suv sathi me'yorida bo'lsa, lyuk eshigi indikatori
bir xil rangda yonib turadi, va 1-2 daqiqa ichida uni ochish mumkin bo'ladi.
Agar suv sathi me'yorida bo'lmasa, yuklash lyuki eshigining indikatori o'chadi, va eshikni ochishning
imkoni bo'lmaydi. Agar eshik indikatori yonmasdan turgan paytda yuklash lyuki eshigini ochish talab
qilinsa, bajarilayotgan dasturni bekor qilish lozim. «Dasturni bekor qilish» ga qarang.
5.15
Dastur ishga tushganidan so'ng sozlashlarni o'zgartirish
Mashinani to'xtash rejimiga o'tkazish
Dastur bajarilayotgan paytda kir yuvish mashinasini to'xtash rejimiga o'tkazish uchun «Ishga
tushirish/Tanaffus» tugmasini bosing. To'xtash paytida ishlab turgan yuvish bosqichining indikatori
mashinaning to'xtash rejimiga o'tganligi to'g'risida ogohlantirib, yonib-o'cha boshlaydi.
Agar bunda yuklash lyuki eshigini ochish mumkin bo'lsa, yuvish bosqichi indikatoridan tashqari eshik
indikatori ham miltillamasdan yonib turadi.
Qo'shimcha funksiyalar, siqish tezligi va harorat tanlovini o'zgartirish
Dasturning bosqichiga qarab siz qo'shimcha funksiyalarni tanlashingiz yoki bekor qilishingiz mumkin.
«Qo'shimcha funksiyalarni tanlash» bo'limiga qarang.
Bundan tashqari, siqish tezligi va yuvish harorati sozlashlarini o'zgartirishingiz mumkin. «Siqish
tezligini tanlash» va «Haroratni tanlash» bo'limlariga qarang.
Agar sozlashlarni o'zgartirish mumkin bo'lmasa, tegishli indikator uch marta yonib-o'chadi.
Kir qo'shish yoki olib tashlash
1. Mashinani to'xtash rejimiga o'tkazish uchun «Ishga tushirish/Tanaffus» tugmasini bosing. To'xtash
paytida bajarilayotgan yuvish bosqichi indikatori yonib-o'cha boshlaydi.
2. Yuklash lyuki eshigini ochish mumkin bo'lishini kuting.
3. Eshikni oching va kiyim qo'shing yoki oling.
71 / UZ
Kir yuvish mashinasi / Foydalanish bo'yicha qo'llanma
4

Advertisement

Table of Contents
loading

This manual is also suitable for:

Wsre6512prw

Table of Contents