Beko WSRE6512PRS User Manual page 66

Table of Contents

Advertisement

Available languages

Available languages

Mashinadan foydalanish
5.5. Asosiy dasturlar
Mato turiga qarab, quyidagi asosiy yuvish dasturlaridan foydalaning.
• Paxta
Dastur paxtadan to'qilgan mustahkam buyumlarni (choyshablar, ko'rpa jildlar, yostiq jildlar, cho'milish xalatlari,
ichki kiyimlar va hk.) yuvish uchun mo'ljallangan. Tez yuvish funksiyasini faollashtiradigan tugma bosilsa, dastur
davomiyligi sezilarli darajada qisqaradi, biroq bunda barabanning intensiv harakati hisobiga samarali yuvish
ta'minlanadi. Agar tez yuvish funksiyasi tanlanmagan bo'lsa, qattiq ifloslangan kirni ajoyib tarzda yuvish va chayish
ta'minlanadi.
• Sintetik buyumlar
Ushbu dastur sintetik mahsulotlarni (masalan, ko'ylaklar, bluzalar, sintetika/paxta aralashtirilgan matodan tikilgan
buyumlar va h.k.z.) yuvish uchun foydalaniladi. Dasturning davomiyligi sezilarli darajada qisqaradi va mashina
yuqori samaradorlik bilan ishlaydi. Agar tez yuvish funksiyasi tanlanmagan bo'lsa, qattiq ifloslangan kirni ajoyib
tarzda yuvish va chayish ta'minlanadi.
• Jun/Qo'lda yuvish
Jun yoki nozik buyumlarni yuvish uchun foydalaning. Buyumni yuvish harorati kiyimning yorlig'ida ko'rsatilgan
ma'lumotlarga muvofiq tanlanishi kerak. Kiyimni ushbu dastur yordamida yuvish unga zarar yetkazmaslik
maqsadida juda ehtiyotkorlik bilan amalga oshiriladi.
5.6.
Qo'shimcha dasturlar
Kir yuvish mashinasida maxsus turda kir yuvish uchun qo'shimcha dasturlar mavjud.
Qo'shimcha dasturlar kir yuvish mashinasining modeliga qarab farqlanishi mumkin.
• Paxta Eko (ekonom rejim)
Ushbu dastur yordamida paxta va zig'irdan to'qilgan o'rtacha ifloslangan chidamli matolarni yuvish mumkin. Yuvish
boshqa dasturlarni ishlatishdan ko'ra ko'proq vaqt talab etadi, biroq elektr va suvning sezilarli darajada tejalishi
ta'minlanadi. Haqiqiy suv harorati ko'rsatilganidan farqlanishi mumkin. Mashinaga kam miqdorda kir (masalan,
barabanning yarmi yoki undan kamroq) yuklashda, dastur bosqichlarining bajarilish vaqti avtomatik ravishda
qisqarishi mumkin. Shunday qilib, elektr energiyasi va suv sarfi kamayadi va yuvish yanada tejamkor bo'ladi.
• Anti-allergiya (bug' yordamida)
Dasturning boshida bug' bilan ishlov berishni amalga oshirish iflosliklarni yumshatish imkonini beradi.
Ushbu dastur yordamida yuqori haroratli va uzoq muddatli intensiv sikllarda anti-allergiya va gigiyenik yuvishni
talab qiladigan kiyimlarni (bolalar kiyimlari, ko'rpa jildlar, choyshab va ichki kiyimlar) yuving. Dasturni amalga
oshirishdan oldin bug'dan foydalanish, uzoq vaqt isitish va qo'shimcha chayish bosqichi orqali yuqori gigiyena
darajasiga erishiladi.
Dastur Britaniya allergiyaga qarshi kurash Fondi tomonidan
(Allergiya UK) 60°C haroratda tekshiruvdan o'tkazilgan va allergenlar, bakteriyalar va mog'orga qarshi kurashda
samarali deb sertifikatlangan.
• Ehtiyotkorlik bilan yuvish
Dastur nozik kiyimlarni, masalan, paxta/sintetik yoki trikotajdan to'qilgan mahsulotlarni yuvish uchun mo'ljallangan.
Ushbu dastur nozik yuvish rejimini ta'minlaydi. Rangi chiqishi mumkin bo'lgan buyumlarni 20 daraja haroratda yoki
sovuq yuvish funksiyasini tanlagan holda yuving.
• Ekspress
Ushbu dasturdan kam miqdorda ifloslangan va dog'siz paxtadan to'qilgan buyumlarni yuvish uchun foydalaning.
Tez yuvish funksiyasi tanlangan bo'lsa, ushbu dasturning davomiyligini 14 daqiqaga kamaytirish mumkin. Tez
yuvish funksiyasini tanlasangiz, maksimal 2 (ikki) kg kirni yuvishingiz mumkin.
66 / UZ
Kir yuvish mashinasi / Foydalanish bo'yicha qo'llanma

Advertisement

Table of Contents
loading

This manual is also suitable for:

Wsre6512prw

Table of Contents