Beko WSRE6512PRS User Manual page 69

Table of Contents

Advertisement

Available languages

Available languages

Mashinadan foydalanish
Mashinani ishga tushirishdan avval tanlangan funksiyaga mos kelmaydigan funksiyani
tanlasangiz, oxirgi tanlangan funksiya yoqiladi va oldingi funksiya bekor qilinadi.
Agar qo'shimcha funksiya dastur bilan mos bo'lmasa, uni tanlab bo'lmaydi. («Dasturni
tanlash va energiya sarfi jadvali» ga qarang.)
Qo'shimcha funksiyalarni tanlash tugmasi kir yuvish mashinasining modeliga qarab
farqlanishi mumkin.
Qo'shimcha vazifalar
• Ivitib qo'yish
Faqat qattiq ifloslangan kirlar uchun kerak. Energiyani, suvni, yuvish vositasi va vaqtni tejash uchun
ivitib qo'yish dasturini zaruratsiz ishlatmang. Agar bu funksiya tanlansa, kam suv bilan intensiv kir
yuvish amalga oshiriladi va bu bosqichning oxirida yuvish sikli suv to'ldirilganidan so'ng davom
etadi. Shu yo'l bilan dog'larni tezroq ketkazish ta'minlanadi.
Pardalar va tyul pardalar uchun kir yuvish vositasi solmagan holda dastlabki yuvish dasturidan
foydalanish tavsiya etiladi.
• Tez yuvish
Ushbu funksiya tanlansa, tegishli dasturning davomiyligi 50% ga kamayadi. Optimallashtirilgan yuvish
bosqichlari, yuqori mexanik faollik va optimal suv sarfi tufayli, qisqa vaqt ichida samarali yuvish ta'minlanadi.
Ushbu qo'shimcha funksiyani tanlashda, dastur jadvalida ko'rsatilgan maksimal miqdordagi
kirning yarmini mashinaga yuklash lozim.
• Qo'shimcha chayish
Ushbu funksiya, asosiy yuvish tugagandan keyin ko'zda tutilgan chayishga qo'shimcha ravishda
chayish imkonini beradi. Shunday qilib, ta'sirchan terilarning yuvish vositasi qoldiqlaridan
shikastlanish xavfi kamayadi, bu bolalar, allergiklar va boshqalar uchun muhimdir.
Ushbu qo'shimcha funksiyani tanlashda, dastur jadvalida ko'rsatilgan maksimal miqdordagi kirning
yarmini mashinaga yuklash lozim.
5.10.2 Tugmalarni 3 soniya davomida bosib turish orqali tanlanadigan
funksiyalar/dasturlar
Barabanni tozalash
Dasturni tanlash uchun qo'shimcha funksiyalarning 1-tugmasini bosing va 3 soniya bosib turing.
Barabani tozalash va dezinfeksiya qilish uchun mo'ljallangan. Ushbu dastur har 1-2 oyda qo'llanishi
kerak. Dastur mashina butunlay bo'sh paytida ishga tushirilishi kerak. Yaxshiroq natijaga erishish
uchun qasmoqni ketkazuvchi vositani № «2» sonli kir yuvish vositasi bo'lmachasiga soling. Dastur
tugaganidan so'ng, mashinaning ichi qurishi uchun kir solinadigan lyuk eshigini ochiq qoldiring.
Ushbu dastur kiyimlarni yuvish uchun mo'ljallanmagan. Bu faqat kir yuvish mashinasini parvarishlash
uchun ishlatilishi kerak.
Agar mashina ichida qandaydir buyum bo'lsa, ushbu dasturni ishga tushirmang. Bunday holatda,
mashina barabanga kir solinganligini aniqlaydi va dasturni to'xtatadi.
Eshikni bloklash
Bolalar mashina ishiga xalal bermasligi uchun bolalarga qarshi bloklash funksiyasidan foydalaning.
Shu tariqa siz bajarilayotgan dastur o'zgartirilishining oldini olishingiz mumkin.
69 / UZ
Kir yuvish mashinasi / Foydalanish bo'yicha qo'llanma

Advertisement

Table of Contents
loading

This manual is also suitable for:

Wsre6512prw

Table of Contents