Download Print this page

Suv Idishini Qasmoqdan Tozalash - Philips AVENT SCF870 Manual

Hide thumbs Also See for AVENT SCF870:

Advertisement

Available languages
  • EN

Available languages

  • ENGLISH, page 1
9
Suv idishiga ovqat zarralari kirmaganligini tekshiring. Buni to'ldirish teshigiga
qarab, unda ovqat qoldiqlari bor-yo'qligini yoki suvning noodatiy rangga egaligini
tekshirish hamda suv idishdan yoqimsiz yoki kuygan hid paydo bo'lishini hidlash
orqali bajarishingiz mumkin.
Agar shunday bo'lsa, suv idishni tozalang (ushbu bobdagi "Suv idishni tozalash
bo'limiga qarang").
10
Bakteriyalar ko'payishining oldini olish uchun to'ldirish teshigi qopqog'ini ochiq
qoldiring.

Suv idishini qasmoqdan tozalash

Agar ovqat qoldiqlari suv idishga kirsa, keyingi bug'lash jarayonlarida ular suv idishdagi
isitish elementiga yopishib qolishi mumkin. Bu zarralarni suv idishini shunchaki chayish
orqali tozalab bo'lmaydi.
Bundan tashqasi, jihoz 100% samarali ishlashda davom etishi uchun har to'rt haftada uni
qasmoqlardan tozalashingiz kerak. Qasmoq to'planishini kamaytirish uchun jihozda
avvaldan qaynatilgan yoki filtrlangan suvdan foydalanish yordam beradi.
Suv idish ichidagi ovqat qoldiqlarini olib tashlash hamda qasmoqdan tozalash uchun
quyidagi qasmoqdan tozalash ko'rsatmalariga amal qiling.
1
Jihoz o'chirilganiga ishonch hosil qiling.
2
150 ml suvga 50 ml oq sirka (8% sirka kislotasi) soling.
Eslatma: Siz shuningdek, limon kislotasi asosidagi qasmoqdan tozalash vositalaridan
ham foydalanishingiz mumkin. Boshqa turdagi qasmoqlarni tozalovchi vositalardan
foydalanmang.
3
Suv idishni sirka va suv eritmasi bilan to'ldiring.
4
To'ldirish tirqishining qopqog'ini yoping.
5
Pichoq bloklari va motor blokidagi qopqoq bilan to'liq yig'ilgan bo'sh bankani
(ichida hech qanday ovqatlarsiz) bug'lash holatiga joylang (yaʼni qopqoq nuqtalari
pastga qaragan holda).
6
Boshqaruv dastagini bug'lash holatiga burang.
» Bug'lash chirog'i jihoz bug'layotganini ko'rsatish uchun olovrang bo'lib yonadi.
7
Bug'lashdan keyin 5-6 daqiqa o'tgach jihozni o'chiring va uni tarmoqdan uzing.
8
Ishlatilgan sirkani (8% sirka kislotasi) va suvni idishdan to'kib yuboring.
9
Suv idishni va bankani toza suv bilan bir necha marotaba yuving.
10
Idishni 200 ml suv bilan to'ldiring va jihozni ovqat bilan ishlatishdan avval, jihoz
bo'sh banka bilan bug'lash jarayonini 20 daqiqada yakunlashiga qo'yib bering.
11
Bakteriyalar ko'payishining oldini olish uchun to'ldirish teshigi qopqog'ini ochiq
qoldiring.
- O'zbek 258 -

Hide quick links:

Advertisement

loading

This manual is also suitable for:

Avent scf870/20