Samsung SM-R380 Safety Information Manual page 646

Hide thumbs Also See for SM-R380:
Table of Contents

Advertisement

• Agar tibbiy uskunadan foydalansangiz, qurilmangizni ishlatishdan
avval radio chastotalar qurilmangizga zarar yetkazish yoki
yetkazmasligi haqidagi ma'lumotlarni olish uchun uskuna ishlab
chiqaruvchisi bilan bog'laning.
• Samolyotda elektron qurilmalardan foydalanish samolyotning
elektron navigatsiyalash asboblari faoliyatiga halaqit berishi mumkin.
Samolyot havoga ko'tarilayotgan va qo'nayotgan vaqtda qurilmangiz
o'chirilganligiga ishonch hosil qiling. Agar samolyot ekipaji ruxsat
bersa, havoga ko'tarilgandan so'ng qurilmangizdan foydalanishingiz
mumkin.
• Qurilmangiz chiqarayotgan radio to'lqinlar sababli avtomobilingizdagi
elektron qurilmalar to'g'ri ishlamasligi. Qo'shimcha ma'lumot olish
uchun ishlab chiqaruvchi bilan bog'laning.
Qurilmani qalin tutun mavjud bo'lgan joylarga yaqinlashtirmang
Bunday qilish qurilmaning tashqi korpusiga yoki uning ishlashiga zarar
yetkazishi mumkin.
Agar eshitishda muammolarga duch kelsangiz, radio aralashuv
haqidagi ma'lumotlarni olish uchun ishlab chiqaruvchi bilan
bog'laning
Qurilmangizdan chiqarilgan radio to'lqinlar eshitish bilan bog'liq ba'zi
muammolarga olib kelishi mumkin. Qurilmangizni ishlatishdan avval,
qurilma tomonidan chiqariladigan radio to'lqinlar eshitish bilan bog'liq
muammolarga sabab bo'lishi yoki bo'lmasligi haqidagi ma'lumotlarni
olish uchun ishlab chiqaruvchi bilan bog'laning.
Qurilmangizni ovoz tizimlari yoki radio antennalari kabi radio
chastotalar ta'sir qilishi mumkin bo'lgan qurilma yoki uskunalar
yaqinida ishlatmang
Radio chastotalari qurilmangizning ishlashiga salbiy ta'sir qilishi mumkin.
Portlash ehtimoli yuqori bo'lgan joylarda qurilmani o'chiring
• Portlash ehtimoli yuqori bo'lgan joylarda batareyani olib
tashlamasdan, qurilmangizni o'chiring.
• Portlash ehtimoli yuqori bo'lgan joylarda har doim o'zini tutish
qoidalari, normativ hujjatlar va belgilarga amal qiling.
O'zbek
645

Hide quick links:

Advertisement

Table of Contents
loading

Table of Contents