O'zbek
58
Mundarija
Kirish ___________________________________________________________________________________
Umumiy tavsif ____________________________________________________________________________
Ishlatishdan keyin ________________________________________________________________________
Muvofiqlik _______________________________________________________________________________
Qayta ishlash _____________________________________________________________________________
Texnik axborot____________________________________________________________________________
Belgilar tavsifi ____________________________________________________________________________
Kirish
Xaridingiz bilan qutlaymiz va Philips Avent klubiga xush kelibsiz! Philips Avent taqdim etadigan
imtiyozlardan toʻliq foydalanish uchun sut sogʻish moslamasini www.philips.com/mybreastpump
manzilida registratsiya qiling.
Philips Avent bittalik/juft elektr sut sogʻish moslamasi bolajonlar va ularning soʻrish harakatidan
ilhomlanadi. Yumshoq silikon yostiq nafis massaj harakatlari bilan soʻrgʻichlarni ragʻbatlantiradi, bu sutni
qulay va samarali sogʻishga yordam beradi. Soʻrish va soʻrgʻichlarni ragʻbatlantirish kombinatsiyasi sut tez
keltiradi. Oldinga egilishni talab qilmaydigan dizayn sizga sogʻish paytida xotirjam, toʻgʻri holatda oʻtirish
imkonini beradi.
Tibbiyot xodimlari va Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti bolalarni hayotining ilk olti oyida faqat koʻkrak suti
bilan oziqlantirishni va qoʻshimcha ovqatlar bilan birga ikki yil davomida koʻkrak sutini berishda davom
etishni tavsiya qiladi. Buning sababi, koʻkrak sutingiz chaqaloqning ehtiyojlariga maxsus moslashtirilgan
hamda bolangizni infeksiya va allergiyadan himoya qilishga yordam beradi. Uzoqroq emizish uchun siz sutni
sogʻib, saqlashingiz mumkin, shunda farzandingiz garchi uni oʻzingiz emiza olmasangiz ham, sutning
afzalliklaridan bahramand boʻlishda davom etishi mumkin. Sogʻish moslamasi foydalanishda ixcham,
shovqinsiz va koʻzga tashlanmasligi sababli uni istalgan joyga olib yurishingiz mumkin. Bu sizga sutni qulay
vaqtda sogʻish va sut taʼminotini saqlash imkonini beradi.
Agar emizish jarayoni yaxshi ketayotgan boʻlsa, sogʻishni boshlashdan oldin sut berish vaqti va sut kelishini
kutish tavsiya etiladi (agar shifokor boshqacha tavsiya etmagan boʻlsa).
58
59
59
59
62
62
65
71
71
72
75
75
75
75
76
77
78
79
79
79
82