Download Print this page

Vitek VT-3952 B Manual Instruction page 39

Cd/mp3 player

Advertisement

Available languages
  • EN

Available languages

  • ENGLISH, page 1
Rozetkalar yoki uzun simli ulagichlarga
ortiqcha yuk tushishiga yo'l qo'ymang, chunki
bu yong'inga yoki elektr tokining zarbasi bilan
shikastlanishga olib kelishi mumkin.
Ushbu buyumni nosozlik yuz bergan holda
tarmoq simining vilkasini rozetkadan darhol olish
mumkin bo'lgan tarzda o'rnating.
Buyumni tekis yuzaga qo'yib joylashtiring.
Buyumni chaqmoq va momaqaldiroq paytida
qo'shimcha himoyalash uchun, shuningdek
undan uzoq vaqt mobaynida foydalanmaydigan
bo'lsangiz, uni elektr tarmog'ining rozetkasidan
olib o'chiring. Bu chaqmoq urishining oqibatida
yoki elektr tarmog'ida kuchlanish sakrashi tufayli
buyumning ishdan chiqishining oldini oladi.
Tarmoq simini rozetkadan olib o'chirish uchun
bevosita tarmoq vilkasidan ushlab o'chiring, hech
bir holda simdan ushlab tortmang.
Elektr tokining zarbasiga uchramaslik uchun
buyumning korpusinimustaqil holda o'zingiz
ochmang. Buyumni o'zingiz ta'mirlamang va
unga o'zgarishlar kiritmang. Servis xizmatlarni
ko'rsatishni faqat servis markazlarining malakali
mutaxassislari amalga oshirishi mumkin.
Buyumni yetarli shamollatish imkoniyati bo'lgan
joylarda o'rnating. Shamollatish tuynukchalarining
ustini yopmang.
Buyumni issiqlik manbalariga yaqin joyda,
masalan, radiatorlar, elektr isitkichlar,
duxovkalar yoki issiqlik manbalari bo'lgan
boshqa buyumlar va moslamalarning (jumladan
kuchaytirgichlarning) yonida, shuningdek
to'g'ridan-to'g'ri quyosh nurlari tushadigan,
chang o'ta ko'p bo'lgan yoki mexanik zarbalar
tushishi imkoniyati mavjud bo'lgan joylarda
joylashtirmang.
Agar yoqilgan buyum yonida bolalar yoki
imkoniyatlari cheklangan kishilar bo'lganda
alohida ehtiyotkor bo'lib, ularga diqqat qiling,
ularni qarovsiz qoldirmang.
Buyumning korpusidagi tuynukchalar orqali
biror-bir begona jismlarning ichiga tushishiga
yo'l qo'ymang, bu buyumning yonib ketishiga va
elektr tokining zarbasi bilan shikastlanishga olib
Downloaded From Disc-Player.com Vitek Manuals
kelishi mumkin. Agar bu hol yuz bergan bo'lsa,
buyumni tarmoqdan olib o'chiring va undan
keyingi foydalanish uchun servis markaziga
murojaat qiling.
Quloqliklar orqali katta ovoz balandligidagi
tovushlarni tinglamang. Shifokorlar quloqliklar
orqali uzoq to'xtovsiz tinglashni tavsiya etmaydi.
Ta'mirlashni talab etuvchi shikastlanishlar
Quyida tasvirlab berilgan vaziyatlarda buyumni
tarmoqdan olib o'chirib, buyumni ta'mirlash uchun
malakali xodimlarga murojaat qilish lozim:
a) Tarmoq simi yoki vilkasi shikastlangan.
b) Buyum ichiga begona jismlar tushib qolgan.
c) Buyum yomg'ir ostida qoldi yoki uning ustiga
suv to'kildi.
d) Buyum normal ravishda ishlamayapti.
e) Buyum tushib ketdi yoki boshqacha biror
holda shikastlangan edi.
f)
Buyumning ishlashida oshkora o'zgarishlar
sezilib turibdi.
Buyumni parvarish qilish
Tozalashdan avval buyumni rozetkadan olib
o'chiring. Buyumni tozalash uchun mayin nam
mato bo'lagidan foydalaning. Bu maqsadda
suyuq yoki aerozolli tozalash vositalaridan
foydalanish taqiqlanadi.
Disklarni parvarish qilish
Darz ketgan yoki shakli o'zgarib ketgan
disklardan foydalanmang, bu hol buyumning
buzilishiga olib kelishi mumkin.
Diskni faqat chetidan ushlab ishlating. Diskning
ish yuzalariga tegmang. Diskning ish yuzasidagi
chang, tirnalgan joylar yoki barmoq izlari uning
ishdan chiqishiga olib kelishi mumkin.
Disklarni to'g'ridan-to'g'ri quyosh nurlarining
ta'sirida, yuqori harorat va namlikning ta'sirida
qoldirmang.
Ishlatishdan keyin diskni saqlash uchun g'ilofining
ichiga solib qo'ying.
Diskning ish yuzasini vaqt-vaqti bilan markazidan
chetlariga qarab artib turing.
TA'RIFI
1. VOLUME ovoz balandligini sozlash dastasi
2. disklar uchun bo'linma
3. SK-displey
4. FM ST stereo rejimining indikatori
5, 6.SKIP/SEARCH avvalgi / keyingi trekka o'tish
39
ЎЗБЕК

Advertisement

loading

This manual is also suitable for:

Vt-3952 og