LG GCB247SEDC Owner's Manual page 92

Table of Contents

Advertisement

Available languages

Available languages

Yong'in va yonuvchan materiallar xavfi
Bu belgi e'tiborsiz qoldirilgan hollarda uchqunlashi va
yong'inga sabab bo'lishi mumkin bo'lgan yonuvchan
materiallar haqida ogohlantiradi.
• Bu jihoz tarkinida oz miqdordagi izobutan sovutish vositasi (R600a)
mavjud, biroq u yonuvchan hamdir. Jihozni tashishda yoki o'rnatishda
uning sovitish sxemasiga shikast yetkazmaslik uchun ehtiyotkorlikka
rioya qilish talab etiladi.
• Agar shunday oqish holati yuzaga kelgan bo'lsa, jihoz atrofida ochiq
alanga yoki ehtimoliy isitish manbalari bo'lishiga yo'l qo'ymang
va jihoz turgan xonani bir necha daqiqa davomida shamollating.
Agar sovituvchi modda oqishi kuzatilsa, yonuvchan gazlarning
havodagi aralashmasi yuzaga kelishining oldini olish uchun, jihoz
foydalanilayotgan xona o'lchamlari undagi sovituvchi modda
miqdoriga mos bo'lishi zarur. Jihoz ichidagi R600a sovituvchi
moddasining har 8 grammiga xonada 1 m² joy bo'lishi zarur.
• Jihozni joylashtirganda elektr shnurining tiqilib qolmaganligi yoki
shikastlanmaganligiga ishonch hosil qiling.
• Jihozning orqa korpusiga ko'chma ko'p tirqishli rozetkalar yoki
ko'chma elektr ta'minot jihozlarini joylashtirmang.
DIQQAT
Kichik shaxsiy jarohatlarning xavfini kamaytirish, mahsulotning noto'g'ri
ishlashi yoki mulkka shikast еtishining xavfini kamaytirish uchun asosiy
dastlabki ehtiyot choralari ko'rilishi kеrak, jumladan, quyidagilar:
O'rnatish
• Jihozi tashish chog'ida uni tortib yoki itarib engashtirmang.
• Jihozni siljitayotganda qo'l yoki oyoq kabi tana a'zolarining qisilib
qolmasligiga ishonch hosil qiling.
Ishlatish
• Muzlatkich bo'lmasidagi muzlagan oziq-ovqat mahsulotlari yoki
uning metal qismlariga nam yoki xo'l qo'l bilan teginmang. Bu sovuq
urishiga sabab bo'lishi mumkin.
8
UZ

Advertisement

Table of Contents
loading

Table of Contents