LG GCB247SEDC Owner's Manual page 104

Table of Contents

Advertisement

Available languages

Available languages

Mahsulotlarni yaxshi saqlash
• Muzlatilgan yoki sovitilgan oziq-ovqat
mahsulotlarini zich yopiladigan idishlarda
saqlang.
• Jihozga oziq-ovqat mahsulotini qo'yishdan avval
uning iste'mol qilinishi mumkin bo'lgan mudati
va yorlig'ini (saqlash bo'yicha ko'rsatmalar)
tekshiring.
• Agar oziq-ovqat mahsuloti past haroratda tez
aynib qoladigan bo'lsa, u mahsulotni uzoq
muddat saqlamang (to'rt haftadan ortiq).
• Sovitilgan yoki muzlatilgan oziq-ovqat
mahsulotini darhol mos ravishda sovutkich yoki
muzlatkich bo'lmasiga qo'ying.
• To'liq muzdan tushirilgan oziq-ovqat mahsulotini
qayta muzlatmang. To'liq muzdan tushirilgan
oziq-ovqat mahsulotini qayta muzlatish uning
mazasi va ozuqaviylik darajasini pasaytiradi.
• Jihoz ichida sabzavotlarni gazetaga o'rab
saqlamang. Gazetaning bo'yog'i yoki boshqa
yot moddalar oziq-ovqat mahsulotining bo'yalib
ketishi va ifloslanishiga sabab bo'lishi mumkin.
• Jihozni xaddan tashqari ortiqcha to'ldirib
yubormang. Agar jihoz ortiqcha to'ldirib
yuborilsa, sovuq havo mos darajada
aylanmasligi mumkin.
• Agar oziq-ovqat mahsuloti uchun juda past
harorat o'rnatgan bo'lsangiz, u muzlab qolishi
mumkin. Jihozda oziq-ovqat mahsuloti to'g'ri
saqlanishi uchun talab qilingan haroratdan past
haroratni o'rnatmang.
• Agar jihozda salqinlatish bo'lmasi mavjud
bo'lsa, tarkibida suv miqdori ko'p bo'lgan meva-
sabzavotlarni bunday bo'lmalarda saqlamang,
chunki past harorat tufayli ular muzlashi
mumkin.
20
Max Freezing Capacity (eng
yuqori muzlatish quvvati)
• Tezkor muzlatish funksiyasi muzlatkichning eng
yuqori muzlatish quvvatidan foydalanadi.
• Bunga odatda 24 soatgacha ketadi, keyin
avtomatik ravishda o'chadi.
• Agar maksimal muzlatish quvvati ishlatiladigan
bo'lsa, muzxonaga yangi mahsulotlar
qo'yilishidan yetti soat oldin Tezkor muzlatish
yoqib qo'yilishi lozim.
eng ko'p mahsulot saqlash
• Havo aylanishi yaxshiroq bo'lishi uchun barcha
tortmalarni joyiga qo'ying.
• Agar katta miqdordagi oziq-ovqat mahsulotlari
saqlanishi zarurati tug'ilsa, jihozning eng
pastki tortmasidan tashqari barcha tortmalari
muzlatkichdan olib tashlanishi va u mahsulotlar
bevosita muzlatkichning tokchalariga va
muzlatkich bo'lmasiga solinishi zarur.
Izoh
• Tortmalarni olib tashlashdan avval ularning
ichidagi oziq-ovqat mahsulotini oling. So'ngra,
tortmalar dastasidan foydalangan holda
tortmalarni ehtiyotkorlik bilan torting. Bu tan
jarohatiga sabab bo'lishi mumkin.
• Har bir tortma shakli turlicha bo'lishi mumkin, uni
joyiga to'g'ri holatda qo'ying.
UZ

Advertisement

Table of Contents
loading

Table of Contents