Eshikni Olib Qo'yish; Eshikni Qayta Joylash - LG GCB247SEDC Owner's Manual

Table of Contents

Advertisement

Available languages

Available languages

Eshikni olib qo'yish

Jihozni tor joydan olib kirilayotganda uning eshigini
olib qo'yish tavsiya qilinadi.
OGOHLANTIRISH
• Jihozni o'rnatish yoki uni ta'mirlashdan avval
elektr kabelini, uydagi elektr saqlagichi yoki
avtomatik o'chirgichni tarmoqdan uzng. Ushbu
ko'rsatmalarga amal qilmaslik o'lim, yong'in yoki
tok urishiga sabab bo'lishi mumkin.
Agar kirish eshigingiz jihozni olib kirish uchun juda
tor bo'lsa, jihozning eshiklarini yechib oling va
jihozni yon tomonlama qilib u yerdan o'tkazing.
[Muzlatkich va sovutkichning har
ikkalasi uchun]
1
Jihoz yuqori qismidagi oshiq-moshiq qopqog'i
boltini soat strelkasi yo'nalishiga qarama-
qarshi tomonga burab yechib oling.
2
Elektr konnektorlar ulagichi ilmog'ini (1)
bosib turgan holda har ikki tomonga tortib, u
ulagichlarni chiqarib oling.
3
Uning uchini jihoz korpusi qirrasi tomon
bosgan holda oshiq-moshiq dastagini olib
tashlang.
12
DIQQAT
• Yuqoridagi oshiq-moshiqni olib tashlashda jihoz
eshigini ushlab turing, chunki u oldinga qulashi
mumkin. Eshikni olish yoki o'rnatishda ikki yoki
undan ortiq odam uni ushlab turishi tavsiya
etiladi.
4
Jihoz va uning eshigi orasidagi yuqorigi
oshiq-moshiqni tepaga ko'taring va eshikni
yechib oling.
Yuqorigi oshiq-moshiq
Eshik
5
Muzlatgich va sovitkich xonasining eshigini
yuqoriga ko'tarib olib tashlang. Ayni paytda
po'lat quvurni to'liq chiqarib olish uchun eshik
etarli darajada ko'tarilishi kerak.

Eshikni qayta joylash

Jihoz kirish eshigidan olib kirilganidan so'ng eshik
olinishidagi tartibni teskari tarzda amalga oshirib,
uning eshigini o'rnating.
UZ

Advertisement

Table of Contents
loading

Table of Contents