Texnik Xizmat Ko'rsatish; Notes For Cleaning (Tozalash Uchun Eslatmalar); Konteyner Qopqog'ini Tozalash - LG GCB247SEDC Owner's Manual

Table of Contents

Advertisement

Available languages

Available languages

TEXNIK XIZMAT KO'RSATISH

Notes for Cleaning
(tozalash uchun
eslatmalar)
• Tan jarohati yoki jihoz buzilishining oldini olish
uchun tokcha yoki tortmani olib tashlashdan
avval u tokcha yoki tortmadan barcha oziq-ovqat
mahsulotlarini olib tashlang.
− Aks holda saqlanayotgan oziq-ovqat
mahsulotlarining og'irligi sabab tan jarohati
yetkazilishi mumkin.
• Jihozning tashqi shamollatish teshiklarini
changyutkich bilan tozalashda, elektron
uskunalarning buzilishiga yoki tok
urishiga sabab bo'luvchi har qanday statik
elektrsizlanishga yo'l qo'ymaslik maqsadida,
elektr kabel sanchqisi rozetkadan uzilgan
bo'lishi zarur.
• Tokcha va tortmalarni oling va ularni suv bilan
tozalang, shundan so'ng ularni o'z joyiga
qo'yishdan oldin yaxshilab quriting.
• Eshik qistirmalarini yumshoq nam latta bilan
muntazam tarzda artib turing.
• Eshik savatchasiga oqqan narsalar va dog'lar
tozalanishi zarur, chunki ular savatchaning
saqlash xususiyatiga zarar yetkazishi va hatto,
buzishi ham mumkin.
• Tozalagandan so'ng elektr kabeli
shikastlanmagani, qizimagani yoki notog'ri
ulanmaganini tekshirib ko'ring.
• Jihoz tashqi tarafidagi shamollatish teshiklarini
toza saqlang.
− Shamollatish teshiklarining yopilib qolishi
yong'in yoki jihozning buzilishiga sabab
bo'lishi mumkin.
• Bo'yalgan tashqi metal yuzalarni mumlash
zangdan himoyalashda yordam beradi.
Plastmassa qismlarni mumlamang. Jihoz
mumidan (yoki avtomobil mum pastasi)
foydalangan holda bo'yalgan metal yuzalarni
yiliga kamida ikki marta mumlang. Mumni toza,
yumshoq latta bilan suring.
• Jihoz ichki tarafi va tashqarisini tozalayotganda
uni dag'al cho'tka, tish pastasi yoki yonuvchan
materiallar bilan artmang. Tarkibida yonuvchan
moddalar bo'lgan vositalardan foydalanmang.
− Bu jihoz rangining o'chishi yoki
shikastlanishiga sabab bo'lishi mumkin.
− Yonuvchan moddalar: spirt (etanol, metanol,
izopropil spirti, izobutil spirti va hk.), eritgich,
oqartirgich, benzin, yonuvchan suyuqlik,
abraziv va h.k.
30
• Jihozning tashqi tarafi uchun toza mochalka yoki
yumshoq latta va mayin yuvish vositasi solingan
issiq suvdan foydalaning. Abraziv yoki dag'al
tozalash vositasini ishlatmang. Yumshoq latta
bilan yaxshilab quriting.
• Idish yuvish uskunasida jihoz tokchalari va
idishlarini aslo yuvmang.
− Issiqlik sababli u ehtiyot qismlarning shakli
buzilishi mumkin.
• Agar jihozga LED-chiroq o'rnatilgan bo'lsa,
uning qopqog'i yoki LED-chiroqning o'zini
tuzatish yoki ta'mirlash maqsadida aslo chiqarib
olmang. Marhamat qilib, LG Electronics mijozlar
uchun axborot markaziga murojaat qiling
Konteyner qopqog'ini
tozalash
Kondensator qoplamasi va ventilyatorlarni
tozalash uchun chyotkali changyutgichdan
foydalaning. Kondensator g'altagi sohasi panel
qoplamasini chiqarib olmang.
UZ

Advertisement

Table of Contents
loading

Table of Contents