Ishlatish Bo'yicha Izohlar - LG GCB247SEDC Owner's Manual

Table of Contents

Advertisement

Available languages

Available languages

Ishlatish bo'yicha izohlar

• Agar eshiklari yaxshi yopilmagan bo'lsa,
yoz paytida namlik yuqori bo'lsa yoki
muzlatkich eshigi tez-tez ochiladigan bo'lsa,
jihoz eshiklarida muz hosil bo'lib qolishini
foydalanuvchilar yodda tutishlari zarur.
• Jihoz tokchasi yoki eshik savatchasida
saqlanayotgan oziq-ovqat mahsuloti bilan eshik
orasida eshik bemalol yopilishi uchun yetarli joy
bor ekanligiga ishonch hosil qiling.
• Jihoz eshigi ochilishi bilan uning ichiga issiq
havo kirishi va bu uning ichki harorati oshib
ketishiga olib kelishi mumkin.
• Agar jihozni uzoq vaqt o'chirilgan holda
qoldirmoqchi bo'lsangiz, ichidan oziq-ovqat
mahsulotlarini chiqarib tashlang va elektr
manbaidan uzing. Ichini tozalab, eshigini qiya
ochiq qoldiring, shunda jihoz ichini mog'or
bosmaydi.
Enеrgiyani tеjash bo'yicha
maslahatlar
• Saqlanayotgan oziq-ovqat mahsulotlari orasida
yetarli bo'sh joy bo'lishiga ishonch hosil qiling.
Bu sovuq havoning barobar taqsimlanishi va
elektr toki uchun xarajatlarning kamroq bo'lishini
ta'minlaydi.
• Terlash yoki muzlashning oldini olish maqsadida
issiq oziq-ovqatni jihozga sovitilgandan keyin
qo'ying.
• Oziq-ovqat mahsulotini muzlatkich bo'lmasida
saqlaganda haroratni oziq-ovqat mahsulotida
ko'rsatilgandan ko'ra pastroq qilib o'rnating.
• Sovutkich bo'lmasidagi harorat o'lchagich
yaqiniga oziq-ovqat mahsulotlarini qo'ymang.
O'lchagichdan kamida 3 sm masofa saqlang.
• Muzdan tushirishdan so'ng harorat ko'tarilishi
borasida jihozning texnik tavsiflarida ma'lum
chegaralar belgilanganiga e'tibor qarating.
Harorat ko'tarilishi tufayli oziq-ovqat mahsulotini
saqlashga bo'ladigan ta'sirni kamaytirmoqchi
bo'lsangiz, saqlanayotgan oziq-ovqat
mahsulotlarini zichlab yoping yoki bir necha
qavat qilib o'rab qo'ying.
• Jihozdagi avtomatik muzdan tushirish tizimi
tufayli normal ishlash sharoitida bo'lma ichida
muz hosil bo'lmaydi.
UZ
19

Advertisement

Table of Contents
loading

Table of Contents