Samsung SM-R720 Safety Information Manual page 695

Hide thumbs Also See for SM-R720:
Table of Contents

Advertisement

Qurilmangizdan chang yoki havodagi mayda zarrachalar
ko'p to'planadigan joylarda foydalanmang yoki uni bunday
joylarda saqlamang
Chang yoki begona moddalar qurilmangizning noto'g'ri ishlashiga
sabab bo'lishi va yong'in chiqishi yoki elektr toki urishiga olib
kelishi mumkin.
Ko'p funksiyali uya va zaryadlash qurilmasi ingichka
uchining suyuqliklar, chang, kukunlar va qalam grafitlari kabi
o'tkazuvchan moddalar bilan aloqaga kirishiga yo'l qo'ymang
Tok o'tkazuvchi materiallar terminallarning zanglashiga olib kelishi
mumkin, bu o'z navbatida portlash yoki yong'in chiqishiga sabab
bo'lishi mumkin.
Qurilma yoki batareyani tishlamang yoki so'rmang
• Bunday qilish qurilmani buzishi, yong'in chiqishi yoki portlashga
olib kelishi mumkin.
• Bolalar yoki hayvonlar mayda bo'laklarni yutib yuborishi
mumkin.
• Agar bolalar qurilmadan foydalansa, uning to'g'ri
ishlatilayotganligiga ishonch hosil qiling.
Qurilmani yoki uning aksessuarlarini ko'zga, quloqqa yoki
og'izga kiritmang
Bunday qilish nafas yo'llarini to'sishi yoki jiddiy shikast yetkazishi
mumkin.
Oqayotgan yoki shikastlangan Litium Ion (Li-Ion) batareyani
ishlatmang
Li-Ion batareyasini xavfsiz utilizatsiya qilish uchun eng yaqin
tasdiqlangan xizmat markazi bilan bog'laning.
O'zbek
694

Hide quick links:

Advertisement

Table of Contents
loading

Table of Contents