Samsung SM-R720 Safety Information Manual page 699

Hide thumbs Also See for SM-R720:
Table of Contents

Advertisement

• Diqqatni chalg'ituvchi yoki stressga olib keluvchi suhbatlarga
e'tibor bermang. Telefonda gaplashayotgan shaxsga Siz
transport vositasini boshqarayotganingizni bildiring hamda
diqqatingizni chalg'ituvchi suhbatlarni darhol to'xtating.
Qurilmangizdan to'g'ri foydalanish
Qurilmangizni quruq holda saqlang
• Namlik yoki suyuqliklar qurilmangiz qismlariga zarar yetkazishi
yoki unda qisqa tutashuvlarni yuzaga keltirishi mumkin.
• Qurilmangiz nam bo'lganda, undan foydalanmang. Agar
qurilmangiz yoqilgan bo'lsa, uni o'chiring va batareyani darhol
chiqarib oling (agar qurilma o'chmasa yoki batareyani chiqara
olmasangiz, uni shunday holatda qoldiring). Undan so'ng,
qurilmani sochiq bilan quriting va xizmat ko'rsatish markaziga
olib boring.
• Ushbu qurilmaning ichki suyuqlik indikatorlari sozlangan.
Qurilmangizning suv bilan zararlanishi ishlab chiqaruvchi
kafolatlariga kirmasligi mumkin.
Qurilmangizni tekis yuzali joylarga qo'ying
Agar qurilmangiz tushib ketsa, unga zarar yetishi mumkin.
Qurilmadan harorati 0 °C dan 35 °C oralig'ida bo'lgan joylarda
foydalanish mumkin. Qurilmani -20 °C dan 50 °C oralig'idagi
haroratda saqlashingiz mumkin. Qurilmani tavsiya etilgan
diapazondan tashqaridagi haroratda ishlatish yoki saqlash
qurilmaga zarar yetkazishi yoki batareyaning xizmat
ko'rsatish muddatini qisqartirishi mumkin.
• Qurilmangizni yoz vaqtidagi avtomobilning ichi kabi issiq
joylarda qoldirmang. Bunday qilish ekranni buzishi, qurilmaga
zarar yetkazishi yoki batareyaning portlashiga olib kelishi
mumkin.
• Qurilmangizni quyosh nuri to'g'ridan-to'g'ri tushadigan joylarda
uzoq vaqtga qoldirmang (misol uchun avtomobil torpedasida).
O'zbek
698

Hide quick links:

Advertisement

Table of Contents
loading

Table of Contents