Samsung SM-R720 Safety Information Manual page 709

Hide thumbs Also See for SM-R720:
Table of Contents

Advertisement

"UCHINCHI TOMON TARKIB VA XIZMATLAR TA'MINOTI
KAFOLATLANMAGAN. SAMSUNG TARKIB YOKI XIZMATLARNI
ISTALGAN MAQSADDA ANIQ YOKI NAZARDA TUTILGAN HOLATDA
ISHLATILISHI TA'MINLANISHINI KAFOLATLAMAYDI. SAMSUNG
NAZARDA TUTILUVCHI SHARTLARNI QAT'IYAN RAD ETADI, MA'LUM
MAQSADNI KO'ZLOVCHI TOVAR VA YAROQLILIK KAFOLATI BILAN
CHEKLAMAY, ULARNI O'Z ICHIGA OLGAN HOLDA. SAMSUNG
HECH QACHON USHBU QURILMA ORQALI OLINUVCHI TARKIB YOKI
XIZMATLARNING ANIQLIGI, ASOSLANGANLIGI, PUNKTUALLIGI,
QONUNIYLIGI VA TO'LIQLILIGINI KAFOLATLAMAYDI, JUMLADAN,
USHBU QURILMA ORQALI OLINUVCHI TARKIB YOKI XIZMATLARDAN
YOKI ULARDAGI MA'LUMOTLARDAN FOYDALANISH ORQALI
KELUVCHI, U SHARTNOMA YOKI IJTIMOIY TAMOYIL BO'LISHIDAN
QAT'IY NAZAR, BEVOSITA, BILVOSITA, TASODIFIY YOKI ATAYIN
YETKAZILGAN ZARARLAR, ADVOKATLAR UCHUN GONORARLAR
YOKI BOSHQA HARAJATLAR UNDIRIB BERILMAYDI. "
Uchinchi tomon xizmatlari istalgan vaqtda to'xtatilishi yoki uzib
qo'yilishi mumkin va Samsung har qanday tarkib yoki xizmatdan
ma'lum bir muddat davomida foydalanish mumkinligi haqida
hech qanday tasdiq yoki kafolat bermaydi. Uchinchi tomon
tarkib va xizmatlari Samsung tomonidan nazorat qilinmaydigan
uzatish tarmoqlari va vositalari orqali uzatiladi. Ushbu qo'shimcha
shartlarni chegaralamagan holda, Samsung ushbu qurilma orqali
foydalaniluvchi har qanday tarkib yoki xizmatning to'xtatilishi
yoki uzib qo'yilishi uchun hech qanday javobgarlikni o'z bo'yniga
olmaydi.
Samsung tarkib va xizmatlar bilan bog'liq foydalanuvchilarni
qo'llab-quvvatlash uchun javobgar emas. Tarkib yoki xizmat bilan
bog'liq har qanday so'rov yoki yordam uchun ushbu tarkib yoki
xizmat ta'minotchilariga murojaat qilinishi lozim.
O'zbek
708

Hide quick links:

Advertisement

Table of Contents
loading

Table of Contents