Qayta Ishlash; Kafolat Va Qoʻllab-Quvvatlash; Nosozliklarni Bartaraf Etish - Philips AVENT Plus SCF391 User Manual

Single/double electric breast pump
Table of Contents

Advertisement

Available languages
  • EN

Available languages

  • ENGLISH, page 1
O'zbek
68

Qayta ishlash

-
Bu maxsus belgi bu mahsulot odatiy xoʻjalik chiqindisi sifatida chiqitga chiqarilmasligini anglatadi
(2012/19/EU).
-
Mamlakatingizning elektr va elektrotexnika mahsulotlarini alohida utilizatsiya qilish qoidalariga amal
qiling. Chiqindiga toʻgʻri chiqarish, atrof-muhitga va odam salomatligiga yetkaziladigan salbiy
oqibatlarning oldini olishga yordam beradi.
Kafolat va qoʻllab-quvvatlash
Agar sizga maʼlumot yoki qoʻllab-quvvatlash kerak boʻlsa, www.philips.com/support veb-saytiga tashrif
buyuring yoki xalqaro kafolat varaqasiga qarang.

Nosozliklarni bartaraf etish

Bu bobda siz duch kelishingiz mumkin boʻlgan sut sogʻish moslamasi bilan bogʻliq eng koʻp uchraydigan
muammolar jamlangan. Agar quyida keltirilgan axborot yordamida muammoni bartaraf qila olmasangiz,
koʻp soʻraladigan savollar roʻyxatini koʻrish uchun www.philips.com/support manziliga kiring yoki
mamlakatingizdagi Mijozlarga xizmat markaziga murojaat qiling.
Muammo
Sut sogʻish moslamasidan
foydalanganda ogʻriq his
qilaman.
Sut sogʻish moslamasi
yoqilmaydi (indikator
chiroqlari yonmaydi).
Motor blokidagi barcha
indikator chiroqlari
miltillaydi va qurilma
avtomatik ravishda
oʻchadi.
Yechim
-
Siz uchun qulay boʻlgan soʻrish darajasini tanlang.
-
Silikon diafragma shikastlanmaganini (kichik yoriqlar, teshiklar va
boshqalar yoʻqligini) tekshiring.
-
Soʻrgʻichingiz massajli uchlik markaziga joylashganini tekshiring.
-
Agar ogʻriq davom etsa, sut sogʻish moslamasidan foydalanishni toʻxtating
va shifokor bilan maslahatlashing.
-
Qurilma bilan birga taqdim etilgan adapterdan foydalanayotganingizni
hamda adapter motor blokiga va tarmoqqa toʻgʻri ulanganligini
tekshiring.
-
Adapterni boshqa elektr tarmogʻiga ulang. Keyin sut sogʻish moslamasini
yoqish mumkinligini tekshirish uchun yoqish/oʻchirish tugmasini bosib
turing.
-
Agar muammo davom etsa, www.philips.com/support orqali Mijozlarga
yordam xizmati markaziga murojaat qiling.
-
Motor blokini qayta yoqishga urining.
-
Qurilma bilan birga taqdim etilgan adapterdan foydalanayotganingizni
tekshiring.
-
Agar muammo davom etsa, www.philips.com/support orqali Mijozlarga
yordam xizmati markaziga murojaat qiling.

Advertisement

Table of Contents
loading

This manual is also suitable for:

Avent plus scf393

Table of Contents