Redmond RMC-PM180 User Manual page 76

Table of Contents

Advertisement

10. Tez pishirgich rejimida ishki kamerada bosim pasaygunicha 2–3 daqiqa
kuting, aks holda bug' chiqariush klapani ochilganda qaynoq suyuqlik
otilib chiqishi mumkin. Keyin bug' chiqarish klapanini oching va bug'
chiqishi to'xtagunicha kuting.
11. Kiritilgan dasturni bekor qilish, tayyorlash yoki isitish jarayonini to'xtatish
uchun "РАЗОГРЕВ/ОТМЕНА" tugmachasini bosing.
* Har bir qism-dastur uchun o'zining standart tayyorlash qiymati o'rnatilgan, u
jihoz displeyida namoyish qilinadi.
** "Выпечка" va "Жарка" dasturlarida teskari hisob dastur ishga tushishi bilan
darhol boshlanadi, bunda "Давление" indikatori yonmaydi.
III. TEZPISHIRGICH REJIMIDA TAYYOR-
LASH DASTURLARI
Jihoz himoya tizimi
REDMOND RMC-PM180 multipishirgich-tezpishirgichi ko'p bosqichli himoya
tizimi bilan jihozlangan. Agar kameradagi harorat yoki bosim ko'rsatkichlari
talab qilingan parametrlarga mos bo'lmasa, tizim tayyorlash jarayonini to'xtatadi.
Ko'rsatkichlar me'yoriga kelganidan keyin tayyorlash jarayoni qayta tiklanadi.
Agar ma'lum vaqt davomida bu sodir bo'lmasa, maxsus qurilma elektr ta'minot
zanjirini uzadi va multipishirgich-tezpishirgichi ishini butunlay to'xtatadi.
Tezpishirgich rejimida jihoz bilan ishlah qoidalari
Bu rejimda jihoz yuqori bosim ostida ishlaydi. Tayyorlash vaqtida bug' chiqarish
klapani yopiq bo'lishi kerak.
TA'QIQLANADI:
2 o'lchov stakani hajmidagi suv yoki boshqa suyuqliksiz tezpishirgich re-
jimida tayyorlash;
mahsulotlarni yog'da bosim ostida tayyorlash uchun tezpishitgich rejimi-
dan foydalanish (maydalangan sabzavotlarni oz miqdorda yog'da yoki
bulonda QOPQOG'I OCHILGAN HOLDA qizartirish mumkin);
jomni uning hajmining 2/3 qismidan ko'proq miqdorda mahsulotlar va suv
bilan to'ldirish, qaynatilganda shishuvchi yoki ko'pik ajratuvchi (ismaloq,
guruch, dukkaklilar, makaron mahsulotlari, manti va boshq.) uchun — hajm
yarmidan ko'p bo'lmagan miqdorda;
"Молочная каша" dasturi
Sutli bo'tqalarni tayyorlash uchun tavsiya qilinadi. Standart tayyorlash vaqti 10
daqiqani tashkil qiladi. Tayyorlash vaqtini 1 daqiqa qadam bilan 5 daqiqadan 3
soatgacha o'zgartirish mumkin.
Sutning qaynab ketishini oldini olish va kerakli natijaga erishish uchun tavsiya qilinadi:
butun donli (guruch, grechixa, oqlangan tariq va boshq.) barcha yormalar-
ni suv toza bo'lmagunicha yaxshilab yuvish;
tayyorlashdan avval multipishirgich jomini sariyog' bilan yog'lash;
reseptlar kitobida ko'rsatilgan nisbatlarga qat'iy amal qilish, masalliqlar
miqdorini mutanosib tarzda o'zgartirish;
qaymog'i olinmagan sutdan foydalanganda uni 1:1 nisbatda ichimlik suvi
bilan aralashtirish.
"Суп" dasturi
Go'sht, baliq, qush go'shti, parranda go'shti va dengiz mahsulotlaridan sho'rva
va bulonlar tayyorlash uchun tavsiya qilinadi. Standart tayyorlash vaqti tanlan-
gan qism-dasturga bog'liq bo'ladi: "Мясо" ("Go'sht") — 40 daqiqa, "Рыба" ("Baliq")
— 30 daqiqa, "Овощи" ("Sabzavotlar") — 20 daqiqa, "Дичь" ("Qush go'shti") — 45
daqiqa, "Птица" ("Parranda go'shti") — 35 daqiqa, "Морепродукты" ("Dengiz
mahsulotlari") — 25 daqiqa.
Tayyorlash vaqtini 5 daqiqa qadam bilan 10 daqiqadan 8 soatgacha bo'lgan
diapazonda o'zgartirish mumkin.
74
"Бобовые" dasturi
Loviya, no'xat va boshqa dukkaklilarni qaynatib pishirish uchun tavsiya qilina-
di. Standart tayyorlash vaqti 2 soatni tashkil qiladi. Tayyorlash vaqtini 10 daqi-
qa qadam bilan 10 daqiqadan 4 soatgacha o'zgartirish mumkin.
"Тушение" dasturi
Go'sht, baliq, qush go'shti, parranda go'shti va dengiz mahsulotlarini dimlash
hamda xolodeslar va uzoq vaqt issiqlik bilan ishlov berishni talab qiluvchi
boshqa mahsulotlarni tayyorlash uchun tavsiya qilinadi Standart tayyorlash
vaqti tanlangan qism-dasturga bog'liq bo'ladi: "Мясо" ("Go'sht") — 40 daqiqa,
"Рыба" ("Baliq") — 18 daqiqa, "Овощи" ("Sabzavotlar") — 15 daqiqa, "Дичь" ("Qush
go'shti") — 45 daqiqa, "Птица" ("Parranda go'shti") — 30 daqiqa, "Морепродукты"
("Dengiz mahsulotlari") — 20 daqiqa.
Tayyorlash vaqtini 5 daqiqa qadam bilan 10 daqiqadan 12 soatgacha bo'lgan
diapazonda o'zgartirish mumkin.
"Рис/Крупы" dasturi
Guruchni qaynatib pishirish, turli yormalardan sochiluvchan bo'tqalar va gar-
nirlar tayyorlash uchun tavsiya qilinadi. Standart tayyorlash vaqti 15 daqiqani
tashkil qiladi. Tayyorlash vaqtini 5 daqiqa qadam bilan 5 daqiqadan 2 soatgac-
ha o'zgartirish mumkin.
"Пар/Варка" dasturi
Go'sht, baliq, sabzavotlar, qush go'shti, parranda go'shti, dengiz mahsulotlarini
qaynatib pishirish va suvda yoki bug'da tayyorlash, parhezbop va vegetarian
taomlari, bolalarga mo'ljallangan taomlarni tayyorlash uchun tavsiya qilinadi.
Standart tayyorlash vaqti tanlangan qism-dasturga bog'liq bo'ladi: "Мясо"
("Go'sht") — 20 daqiqa, "Рыба" ("Baliq") — 13 daqiqa, "Овощи" ("Sabzavotlar") — 10
daqiqa, "Дичь" ("Qush go'shti") — 35 daqiqa, "Птица" ("Parranda go'shti") — 15
daqiqa, "Морепродукты" ("Dengiz mahsulotlari") — 12 daqiqa.
Tayyorlash vaqtini 5 daqiqa qadam bilan 5 daqiqadan 5 soatgacha bo'lgan di-
apazonda o'zgartirish mumkin.
Bug'da tayyorlash uchun majmua to'plamiga kiruvchi maxsus konteyner va pan-
jaradan foydalaning. Jomga 500–600 ml suv quying. Tayyorlangan masalliqlarni
bug'da tayyorlash uchun konteynerga bir tekis joylashtiring. Jomga panjarani
o'rnating, unga konteynerni qo'ying. Keyin 2–11 "Avtomatik tayyorlash dasturlari-
dan foydalangandagi harakatlarning umumiy tartibi" 2-11-bandlariga amal qiling.
"Плов" dasturi
Go'sht, parranda go'shti va sabzavotlardan palov tayyorlash uchun tavsiya qili-
nadi. Standart tayyorlash vaqti 25 daqiqani tashkil qiladi. Tayyorlash vaqtini 5
daqiqa qadam bilan 10 daqiqadan 2 soatgacha o'zgartirish mumkin.
IV. MULTIPISHIRGICH REJIMIDA TAY-
YORLASH DASTURLARI
"Выпечка" dasturi
Kekslar, biskvitlar, piroglar pishirish hamda go'sht va baliqni folgada toblash
pishirish, bujenina tayyorlash uchun tavsiya qilinadi. Standart tayyorlash vaq-
ti 60 daqiqani tashkil qiladi.
Tayyorlash vaqtini 5 daqiqa qadam bilan 20 daqiqadan 4 soatgacha bo'lgan
diapazonda o'zgartirish mumkin.
Dastur oddiy bosimda ishlaydi. Bu dasturda faqat bug' chiqarish klapani ochiq
holda tayyorlang.
"Жарка" dasturi
Go'sht, baliq, sabzavotlar, qush go'shti, parranda go'shti va dengiz mahsulotla-
rini qovurish uchun tavsiya qilinadi. Standart tayyorlash vaqti tanlangan qism-
dasturga bog'liq bo'ladi: "Мясо" ("Go'sht") — 20 daqiqa, "Рыба" ("Baliq") — 12
daqiqa, "Овощи" ("Sabzavotlar") — 18 daqiqa, "Дичь" ("Qush go'shti") — 18 daqi-
qa, "Птица" ("Parranda go'shti") — 15 daqiqa, "Морепродукты" ("Dengiz mahsu-
lotlari") — 13 daqiqa.
Tayyorlash vaqtini 1 daqiqa qadam bilan 5 daqiqadan 1 soat 30 daqiqagacha
bo'lgan diapazonda o'zgartirish mumkin.
Dastur oddiy bosimda ishlaydi. Tayyorlash vaqtida jihozning germetik yopiluvc-
hi qopqog'i olib qo'yilishi kerak.
V. MAHSULOT USTIDAN QAROV
Johozni ustidan qarov va uni tozalash qoidalari
Jihozni tozalashga kirishishdan avval uning elektr tarmog'idan uzilganligiga va
to'liq sovuganligiga ishonch hosil qiling. Tozalash uchun yumshoq latta va
abraziv bo'lmagan idish yuvish vositalaridan foydalaning. Jihozni undan foyda-
langandan keyinoq tozalashni tavsiya qilamiz.
Jihoz korpusini suvga botirish yoki uni oqim suv ostiga joylashtirish
TA'QIQLANADI.
Dastlabki foydalanishdan avval va tayyorlashdan keyin hidlarni ketkazish uchun
yarimta limonni bug' chiqarish klapani yopiq holatda "Суп – Овощи" dasturida
20 daqiqa davomida qaynatishni tavsiya qilamiz.
Diqqat! Qattiq yoki abraziv qoplamali gubkalar, abraziv tozalash vositalari va
erituvchilardan (benzin, aseton va boshq.) foydalanish ta'qiqlanadi.
Jom va qopqoq ichki qismini har bir foydalanishdan keyin tozalash tavsiya qi-
linadi (jomni idish yuvish mashinasida yuvish mumkin). Tozalash yakunlangan-
dan keyin jom tashqi yuzasi va qopqoqni quruq qilib arting.
Tayyorlashdan keyin ishki kamera atrofidagi maxsus chuqurchada yig'ilib qolgan
kondensatni yo'qotish uchun yumshoq latta yoki oshxona qog'oz sochig'idan
foydalaning. Kondensatni jihozdan har safar foydalangandan keyin yo'qoting.
Bug' chiqarish klapani va zichlovchi halqani tozalash
Bug' chiqarish klapani mahsulot qopqog'ida joylashgan va tashqi va ichki qism-
lardan tashkil topadi.
1. Qopqoqning tashqi tomonidagi bug' chiqarish klapani pereklyuchatelini
yoqoriga tortgan holda oling. Qarov va tozalash Qoidalariga amal qilgan
holda uni tozalang.
2. Jihoz qopqog'ini oching va oling. Qopqoqning ichki tomonida bug' chiqa-
rish klapanining himoya kojuxi joylashgan.
3. Kojuxni burab ajratib oling, kojix va bug' chiqarish klapani tirqishini jihoz
ustidan qarov va uni tozalash Qoidalariga amal qilgan holda tozalang va
iliq oqim suvda yuving. Klapan kojuxini burab qotiring, klapan pereklyuc-
hatelini joyiga o'rnating va yengil bosish bilan qotiring.
4. Qopqoq ichki tomonidagi zichlovchi halqani ehtiyotlik bilan oling. Uni iliq
oqim suvda yuving. Halqani joyiga tekis va nuqsonlarsiz o'rnating.

Advertisement

Table of Contents
loading

Table of Contents