Download Print this page

Bola Monitorini Joylash - Philips AVENT SCD841 Manual

Hide thumbs Also See for AVENT SCD841:

Advertisement

Available languages
  • EN

Available languages

  • ENGLISH, page 1

Bola monitorini joylash

Ogohlantirish: Bola qurilmasining kabelida bo'g'ilib qolish
xavfi bor. Bola qurilmasi va uning kabeli bolangizdan kamida
1 metr / 3,5 fut narida turganiga ishonch hosil qiling. Bola
monitorini aslo bola yotog'i yoki maneji ichida joylamang.
1 Tovushining maqbul aniqlanishi uchun bola qurilmasi bolangizdan
kamida 1,5 metr / 5 fut narida turganiga ishonch hosil qiling. Bo'g'ilib
qolish xavfi borligi sababli, bola qurilmasi, bolangizdan kamida
1 metr / 3,5 fut narida turganiga ishonch hosil qiling.
2 Ota-ona qurilmasini bola qurilmasi xizmat doirasi ichiga joylashtiring.
Tovushdan aks-sado kelmasligi uchun u bola qurilmasidan 2,5 metr /
8,2 fut narida turganiga ishonch hosil qiling.
Eslatma: Agar siz simsiz telefon, simsiz video, Wi-Fi tarmog'i,
mikroto'lqinli pech yoki 2,4GGs chastotadagi Bluetooth aloqasidan
foydalansangiz va ota-ona qurilmasida yoki bola qurilmasida
aloqa yomonlashganini payqasangiz, ota-ona qurilmasini aloqa
yaxshilanadigan masofaga qadar uzoqroqqa joylashtiring.
3 Bola qurilmasini joylashtirishning ikkita usuli mavjud:
a Bola qurilmasini turg'un, tekis va gorizontal yuzaga qo'yish.
b Bola qurilmasini devorga vintlar bilan o'rnatish�
Maslahat: Bola qurilmasini devorga o'rnatishda kerakli devorga
o'rnatish andozasini ("Devorga o'rnatish"ga qarang) ushbu
qo'llanmaning oxirida topish mumkin.
Maslahat: Vint buraladigan teshiklarning aniq joylashuvini devorda
belgilash uchun taqdim qilingan andozadan foydalaning�
Maslahat: Bolaning yotog'i yoki maneji yaxshiroq ko'rinib turishi uchun
bola qurilmasini yuqoriroq qilib o'rnating�
- O'zbek 344 -

Advertisement

loading

This manual is also suitable for:

Avent scd843Avent scd845Avent scd845/52