Philips HI5920/20 User Manual page 98

Table of Contents

Advertisement

Available languages
  • EN

Available languages

  • ENGLISH, page 4
O'zbek
100
Dazmollashni boshlash uchun bug' triggerini bosib turing. Eng yaxshi dazmollash natijalariga erishish uchun
bug' bilan dazmollagandan keyin so'nggi dazmollash ishlarini bug'siz bajaring.
Avtomatik o'chirish rejimi
Ushbu seriyadagi maxsus modellarda avtomatik o'chirish rejimi mavjud.
-
Quvvatni tejash uchun 5 daqiqa davomida jihoz ishlatilmasa, u avtomatik ravishda o'chadi. "Dazmol
tayyor" chirog'i miltillaydi.
-
Jihozni qayta ishga tushirish uchun yoqish/o'chirish kalitni "o'chiq" holatiga, so'ngra "yoniq" holatiga
o'rnating. Shundan keyin jihoz yana qiziy boshlaydi.
Tozalash va texnik xizmat ko'rsatish
Cho'kmalardan aqlli tozalash tizimi
Jihozingiz muntazam ravishda toza bo'lishi va cho'kmalardan tozalanishi uchun u Cho'kmalardan aqlli
tozalash tizimi bilan jihozlangan. Bu bug'ning kuchli ishlashini taʼminlashga yordam beradi va vaqt o'tishi
bilan asos plitasidan kir va dog'lar chiqishining oldini oladi. Tozalash jarayoni amalga oshirilishi uchun bug'
generatori muntazam ravishda eslatmalar berib turadi.
Cho'kmadan tozalash haqida ovozli va chiroq eslatmasi
1 oydan 3 oygacha ishlatgandan keyin, Calc-Clean chirog'i miltillashni va jihoz cho'kmalardan tozalash
jarayonini bajarishingiz kerakligini bidirish uchun ovoz chiqarishni boshlaydi (3-rasm).
Maslahat: Bug' triggerini bosmasdan dazmolni quritishni davom ettirish mumkin.
Bundan tashqari, bug' generatorida cho'kmalar yig'ilishidan himoya qilish uchun ikkinchi himoya bosqichi:
agar cho'kmadan tozalash amalga oshirilmasa, bug' funksiyasi faolsizlantiriladi. Cho'kmadan tozalash
bajarilgach, bug' funksiyasi qayta tiklanadi. Bu ishlatiladigan suv turidan qatʼiy nazar amalga oshadi.
Eslatma: Cho'kmadan tozalash amaliyotini istalgan vaqtda, hatto ovozli va chiroq eslatmasi faollashmagan
bo'lsa ham amalga oshirish mumkin.
Cho'kmadan tozalash jarayonini cho'kmadan tozalash konteyneri bilan amalga
oshirish
Ogohlantirish: Cho'kmalarni tozalash vaqtida jihozni nazoratsiz qoldirmang.
Dazmolni cho'kmadan tozalash konteyneridan yuqoriga ko'tarish bilan jarayonni to'xtatmang,
chunki asos plitasidan issiq suv va bug' chiqishi mumkin.
1 Suv bakini yarmigacha to'ldiring (4-rasm).
Eslatma: Cho'kmadan tozalash jarayonida jihoz elektr tarmog'iga ulanganiga va YOQILGANLIGIGA
ishonch hosil qiling.
2 Cho'kmadan tozalash konteynerini dazmollash taxtasiga yoki boshqa har qanday tekis, barqaror yuzaga
joylashtiring.
3 Jihozni cho'kmadan tozalash konteyneriga barqaror joylashtiring (5-rasm).
Eslatma: Cho'kmadan tozalash konteyneri cho'kmadan tozalash jarayonida cho'kma zarralari va issiq
suvni to'plash uchun mo'ljallangan. Butun jarayon davomida dazmolni bu konternerga qo'yish mutlaqo
xavfsiz hisoblanadi.
4 Qisqa signallarni eshitmaguningizcha, Calc-Clean tugmasini 2 soniya bosib turing (6-rasm).
5 Cho'kmadan tozalash jarayonida siz qisqa signallar va nasos ovozini eshitasiz (7-rasm).

Advertisement

Table of Contents
loading

This manual is also suitable for:

Hi5919/30Hi5912/30

Table of Contents