Samsung GT-E1200Y User Manual page 707

Table of Contents

Advertisement

Qurilmadan harorati 0 °C dan 35 °C oralig'ida bo'lgan joylarda
foydalanish mumkin. Qurilmani -20 °C dan 50 °C oralig'idagi
haroratda saqlashingiz mumkin. Qurilmani tavsiya etilgan
diapazondan tashqaridagi haroratda ishlatish yoki saqlash
qurilmaga zarar yetkazishi yoki batareyaning xizmat ko'rsatish
muddatini qisqartirishi mumkin
• Qurilmangizni yoz vaqtidagi avtomobilning ichi kabi issiq joylarda
qoldirmang. Bunday qilish ekranni buzishi, qurilmaga zarar yetkazishi
yoki batareyaning portlashiga olib kelishi mumkin.
• Qurilmangizni quyosh nuri to'g'ridan-to'g'ri tushadigan joylarda uzoq
vaqtga qoldirmang (misol uchun avtomobil torpedasida).
• Batareya harorati 0 °C dan 45 °C oralig'ida bo'lgan joylarda alohida
saqlanishi mumkin.
Qurilmangizda tangalar, kalitlar va bo'yin zanjirlar kabi metall
buyumlar bilan birga saqlamang
• Qurilmangizning ustki qismi qirilishi yoki unga zarar yetishi mumkin.
• Agar batareya terminallari metal predmetlar bilan tutashganda,
yong'in keltirib chiqarilishi mumkin.
Qurilmangizni magnitli maydonlar atrofida saqlamang
• Qurilmangizga zarar yetishi yoki magnitli maydon sababli batareya
quvvati yo'qotilishi mumkin.
• Magnit tasmali kartochkalar, jumladan, kredit kartochkalar, telefon
kartochkalari va qo'nish talonlari, magnit maydon tomonidan
zararlangan bo'lishi mumkin.
Qurilma qizib ketsa, bir muncha vaqt davomida undan yoki undagi
ilovalardan foydalanmay turing
Qizib turgan qurilmaning uzoq vaqt davomida teriga tegib turishi,
qizarish kabi past darajadagi kuyish simptomlarini yuzaga keltirishi
mumkin.
Orqa qopqog'i olib tashlanganda qurilmangizdan foydalanmang
Qurilma batareyasi chiqib ketishi mumkin va bu qurilma ishiga zarar
yetkazishi mumkin.
O'zbek
704

Advertisement

Table of Contents
loading

Table of Contents