Saeco SM6682/10 Manual page 342

Table of Contents

Advertisement

Available languages
  • EN

Available languages

  • ENGLISH, page 6
342
O'zbek
Mashina sozlamalarini oʻzgartirish
Aksariyat mashina sozlamalarini Sozlamalar
sozlashingiz mumkin.
Onlayn yordam xizmati (savol-javob, videolar va hokazo) uchun ushbu buklet muqovasidagi QR kodni
skanerlang yoki www.saeco.com/care sahifasiga kiring.
Suv qattiqligini sozlash
Maqbul unumdorlik va mashinaning xizmat muddatini uzaytirish maqsadida, suvning qattiqlik
sozlamasini, mintaqangizdagi suvning qattiqlik darajasiga rostlashni tavsiya qilamiz. Bu mashinani
qasmoqdan tez-tez tozalashdan ham saqlaydi. Suv qattiqligining birlamchi sozlamasi 4 ta: qattiq suv.
Mintaqangizdagi suvning qattiqlik darajasini aniqlab olish uchun qutidagi suv
qattiqligini tekshirish kesmasidan foydalaning:
1 Suv qattiqligini tekshirish kesmasini joʻmrak suviga botiring yoki uni joʻmrak tagida 1 soniya tutib turing
(Rasm 10).
2 1 daqiqa kuting. Tekshirish kesmasidagi qizil rangga boʻyalgan kataklarning soni suvning qattiqligini
anglatadi (Rasm 11).
Mashinani haqiqiy suv qattiqligiga sozlang:
1 Sozlamalar
belgisini bosing va "Suv qattiqligi" bandini tanlash uchun chapdan oʻngga aylantiring.
2 Suv qattiqligi darajasini tanlang. Displeyda tanlangan qizil kataklarning soni, tekshirish kesmasidagi qizil
rangga boʻyalgan kataklarning soniga teng boʻlishi lozim (Rasm 12).
3 Suv qattiqligining toʻgʻri darajasini sozlagach, tasdiqlash uchun tasdiqlash
Yanchish sozlamasini oʻzgartirish
Qahva doni idishi ichidagi yanchishni sozlash dastagi bilan qahva qattiqligini almashtirishingiz mumkin.
Yanchish sozlamasi quyiroq boʻlsa, qahva donlari maydaroq yanchiladi va qahva oʻtkirroq boʻladi.
Tanlashingiz mumkin boʻlgan 12 ta turli yanchish sozlamasi mavjud.
Mashina qahva donlarining eng yaxshi taʼmini chiqarishga sozlangan. Shu sababli 100-150 finjon (taxminan
1 oy foydalanish) qahva damlamasdan yanchish sozlamasini oʻzgartirmaslikni tavsiya qilamiz.
Taʼmdagi farqni toʻliq his qilishingizdan avval 2-3 ta qahva damlashingiz kerak boʻladi.
Yanchgich shikastlanishining oldini olish maqsadida, yanchishni sozlash murvatini bitta buraganda, bir
qadamdan ortiq buramang.
1 Asosiy menyudagi Sozlamalar
2 "Yanchgich" tugmasini bosing.
3 Amallarni bajarish videosini tomosha qiling.
Zavod sozlamalariga qaytarish
Mashina ichimliklarning birlamchi sozlamasini istalgan vaqtda tiklash imkoniyatini taqdim qiladi.
1 Sozlamalar
belgisini bosing.
2 "Birlamchi sozlamalar" bandini tanlash uchun chapdan oʻngga aylantiring. Tasdiqlash
orqali tasdiqlang.
-
Sozlamalar endi asliga qaytarildi.
Quyidagi birlamchi sozlamalar asliga qaytarildi: suv qattiqligi, kutish rejimi vaqti, displey yorqinligi,
tovush, old tomondan yoritish, profillar, oʻlchovlar/birliklar, bosh ekran sozlamalari, Wi-Fi tarmoq
axborotlari, dasturni yangilanish tanlovlari, Saeco hisob maʼlumotlari, Amazon hisob maʼlumotlari.
belgisini bosib, ekrandagi koʻrsatmalarga amal qilish orqali
belgisini bosing.
belgisini bosing.
belgisini bosish

Advertisement

Table of Contents
loading

This manual is also suitable for:

Granaroma deluxe

Table of Contents