LG G12NHC Owner's Manual page 23

Table of Contents

Advertisement

Available languages

Available languages

!
DIQQAT
• Mahsulotni ikki yoki undan ko'proq kishi ko'tarishi yoki yuklashi lozim. Shaxsiy jarohatlanishning oldini oling.
• Mahsulotni u to'g'ridan-to'g'ri dengiz shamoli (tuzli sepma) ta'siriga uchraydigan joylarga o'rnatmang.
Bu mahsulotning korroziyalanishiga olib kelishi mumkin.
• Kondensatsiyalangan suvning to'g'ri chiqarib yuborilishini kafolatlash uchun suv chiqarish shlangini
o'rnating. Yomon ulanish suv chiqishiga olib kelishi mumkin.
• Mahsulotni o'rnatishda tekis o'rnating. Tebranishi yoki shovqin chiqishini oldini olish uchun.
• Mahsulotni shovqin yoki tashqi blokdan chiqargan issiq havo qo'shnilarga zarar yetkazishi yoki ularni bezovta qilishi mumkin
bo'lgan joylarga o'rnatmang. Bu qo'shnilaringiz bilan bog'liq muammolarga va natijadan kelishmovchiliklarga olib kelishi mumkin.
• Mahsulotni o'rnatgandan yoki ta'mirlagandan keyin doimo gaz (sovutish vositasi) chiqmayotganligini
tekshiring. Sovutish vositasining kamligi mahsulotning ishdan chiqishiga olib kelishi mumkin.
• Mahsulotdan taomlar, san'at asarlari kabilarni saqlash kabi maxsus maqsadlarda foydalanmang. U maishiy
havo konditsioneri, aniq sovutish tizimi emas. Mulklarning shikastlanishi yoki yo'qotilishi xavfi mavjud.
• Havo oqimi kirishi yoki chiqishi tirqishlarini to'sib qo'ymang. Bu mahsulotning ishdan chiqishiga olib kelishi mumkin.
• Tozalash uchun yumshoq lattadan foydalaning. Dag'al tozalash vositalari, eritmalar yoki sepma suv kabilardan
foydalanmang. Yong'in chiqishi, elektr tokining urishi yoki mahsulotning plastik qismlari shikastlanishi xavfi mavjud.
• Havo filtrini olishda mahsulotning metall qismlariga tegmang. Shaxsiy jarohatlanish xavfi mavjud.
• Mahsulot ustiga chiqmang yoki hech narsa qo'ymang. (tashqi bloklar) Shaxsiy jarohatlanish va mahsulotning ishdan chiqishi xavfi mavjud.
• Tozalagandan keyin filtrni doimo mahkam joylashtiring. Fitrni har ikki haftada yoki zarur bo'lgan
hollarda bundan tezroq tozalab turing. Ifloslangan filtr samaradorlikni pasaytiradi.
• Mahsulot ishlayotgan vaqtda havo kiritish yoki chiqarish tirqishlariga qo'llaringiz yoki boshqa buyumlarni
tiqmang. Shaxsiy jarohatlanishga olib kelishi mumkin bo'lgan o'tkir va harakatlanuvchi qismlar mavjud.
• Mahsulotni qadoqdan olish va o'rnatishda ehtiyot bo'ling. O'tkir qirralar jarohatlanishga olib kelishi mumkin.
• Agar ta'mirlash vaqtida sovutuvchi gaz oqib chiqsa, oqib chiqayotgan sovutuvchi gazga tegmang.
Sovutuvchi gaz sovuq urishiga (sovuqdan kuyishga) olib kelishi mumkin
• Blokni olish yoki bo'shatish vaqtida uni qiyshaytirmang. Ichidagi kondensatsiyalangan suv to'kilishi mumkin.
• Tizimda foydalaniladigan sovutish vositasidan boshqa havo yoki gazni aralashtirmang. Agar sovutish tizimiga
havo kirsa, ortiqcha yuqori bosim hosil bo'lishi va bu jihozni shikastlashi yoki jarohatlanishga olib kelishi mumkin.
• Agar o'rnatish vaqtida sovutuvchi gaz chiqsa, atrofni darhol shamollating. Aks holda bu sizning salomatligingizga xavfli bo'lishi mumkin.
• Blokni bo'shatish, sovutuvchi moy va qismlarni olib tashlash mahalliy va milliy standartlarga muvofiq bajarilishi
lozim. Masofadan boshqarish pultidagi batareyalarni xuddi shu turdagi yangilari bilan almashtiring. Yangi va eski
hamda turli turdagi batareyalarni aralashtirmang. Yong'in chiqishi yoki mahsulotning ishdan chiqish xavfi mavjud.
• Batareyalarni zaryadlamang yoki qismlarga ajratmang. Eski batareyalarni olovga tashlamang.
Ular yonib ketishi yoki portlashi mumkin.
• Agar batareyalar ichidagi suyuqlik teringiz yoki kiyimingizga tegsa, uni toza suv bilan yaxshilab yuvib
tashlang. Agar batareyalari oqib ketgan bo'lsa, masofadan boshqarish pultidan foydalanmang.
Batareyalardagi kimyoviy moddalar kuyishga yoki salomatlikka boshqa zararlarga olib kelishi mumkin.
• Namlik juda baland bo'lgan va eshik yoki deraza ochiq qoldirilgan hollarda havo konditsionerini uzoq
vaqt ishlatmang. Namlik kondensatsiyalanishi va mebellarni namlantirishi yoki shikastlashi mumkin.
• Teringiz, bolalar yoki o'simliklarni sovuq yoki issiq havo oqimi ta'siriga qo'ymang. Bu sog'lig'ingizga zarar yetkazishi mumkin.
• Agar siz batareyalardan chiqqam suyuqlikni yutsangiz, tishingizni yuving va shifokorga ko'rining. Agar
batareyalari oqib ketgan bo'lsa, masofadan boshqarish pultidan foydalanmang. Batareyalardagi
kimyoviy moddalar kuyishga yoki salomatlikka boshqa zararlarga olib kelishi mumkin.
• Mahsulotdan chiqarilgan suvni ichmang. U sanitarik jihatdan toza emas va sog'liq bilan bog'liq jiddiy
muammolarga olib kelishi mumkin.
• Balandda joylashgan mahsulotni tozalash, texnik xizmat ko'rsatish yoki ta'mirlashda mahkam stul yoki
narvondan foydalaning. Ehtiyot bo'ling va shaxsiy jarohatlanishlarning oldini oling.
EHTIYOT CHORALARI
5

Advertisement

Table of Contents
loading

This manual is also suitable for:

G18nhcG24mhcG09nhcG18mhcG12mhcG24nhc

Table of Contents