LG G12NHC Owner's Manual page 28

Table of Contents

Advertisement

Available languages

Available languages

FOYDALANISHDAN AVVAL
10
Batareyalarni joylashtirish
Masofadan boshqarish pultidan
foydalanishdan avval batareyalarni soling.
Foydalaniladigan batareya turi AAA (1.5 V).
1
Batareyalar bo'lmasi qopqog'ini oling.
2
Yangi batareyalarni soling va
batareyalarning + va - terminallari to'g'ri
o'rnatilganligiga ishonch hosil qiling.
3
Batareyalar bo'lmasi qopqog'ini qaytarib joyiga qo'ying.
!
ESLATMA
Agar masofadan boshqarish pultining displey
ekrani so'na boshlasa, batareyalarni almashtiring.
Masofadan boshqarish pulti ushlagichini o'rnatish
Masofadan boshqarish pultini himoyalash
uchun ushlagichni to'g'ridan-to'g'ri quyosh
nurlari tushmaydigan joyga o'rnating.
1
Xavfsiz va oson yetish mumkin bo'lgan joyni tanlang.
2
Otvyortka bilan 2 ta burama mixni mahkam
qotirgan holda ushlagichni qotiring.
3
Masofadan boshqarish pultini ushlagich
ichiga suring.
Ishlatish usuli
Uni ishlatish uchun masofadan boshqarish
pultini havo konditsionerining quyi qismida
joylashgan signal qabul qilgichga yo'naltiring.
!
ESLATMA
• Agar ularga qaratilsa, masofadan boshqarish
pulti boshqa elektr qurilmalarini boshqarishi
mumkin. Masofadan boshqarish pultining
havo konditsionerining signal qabul qilgichiga
yo'naltirilganligiga ishonch hosil qiling.
• To'g'ri ishlashi uchun signal o'tkazgich va qabul
qilgichni tozalaganda yumshoq lattadan foydalaning.

Advertisement

Table of Contents
loading

This manual is also suitable for:

G18nhcG24mhcG09nhcG18mhcG12mhcG24nhc

Table of Contents