LG G12NHC Owner's Manual page 20

Table of Contents

Advertisement

Available languages

Available languages

ENERGIYANI TEJASH BO'YICHA MASLAHATLAR
2
ENERGIYANI TEJASH BO'YICHA MASLAHATLAR
Bu yerda siz konditsionerdan foydalanganingizda quvvat iste'molini kamaytirishingizga yordam
beruvchi ayrim maslahatlar keltirilgan. Quyidagi ko'rsatmalarga amal qilish orqali siz havo
konditsioneridan yanada samaraliroq foydalanishingiz mumkin:
• Xona ichini ortiqcha sovutib yubormang. Bu sog'ligingizga zarar yetkazishi va ko'proq
darajada elektr quvvatini iste'mol qilishi mumkin.
• Havo konditsioneridan foydalanayotgan vaqtingizda jalyuza yoki parda bilan quyosh nurlarini to'sib qo'ying.
• Havo konditsioneridan foydalanayotgan vaqtingizda eshiklar yoki oynalarni mahkam yopib qo'ying.
• Xona ichidagi havoni aylantirish uchun havo oqimini vertikal yoki gorizontal yo'nalishda sozlang.
• Xona ichidagi havoni tez, qisqa muddatda sovutish yoki isitish uchun ventilyator tezligini oshiring.
• Xonani shamollatish uchun oynalarni muntazam ravishda ochib boring, chunki havo
konditsioneridan uzoq vaqt foydalanilgan hollarda xona havosining sifati buzilishi mumkin.
• Havo filtrini har 2 haftada tozalab turing. Havo filtrida to'planadigan changlar va kirlar havo oqimini to'sib
qo'yishi yoki sovutish / namlarni ketkazish funksiyalarining ishlashini kuchsizlantirib qo'yishi mumkin.
Agar ular nazorat ostida bo'lmasalar yoki ularga xavfsizlik uchun javobgar shaxs tomonidan
ushbu mashinadan foydalanish to'g'risida ko'rsatmalar berilmagan bo'lsa, bu qurilmadan jismoniy
yoki aqliy qobiliyatlari cheklangan, yoki bilimi va tajribasi yetarli bo'lmagan shaxslar (jumladan
bolalar) foydalanishlari mumkin emas.
Bolalar ushbu qurilma bilan o'ynamasliklari uchun nazorat qilib turilishi kerak.
OGOHLANTIRISH: Terminallarga tegishdan avval barcha elektr simlari uzib qo'yilishi kerak.
OGOHLANTIRISH: Statsionar o'rnatishlar o'rnatish qoidalariga ko'ra uzib qo'yish vositalarini o'z
ichiga oladi.
OGOHLANTIRISH: Ushbu qurilmadan jamoatchilik tomonidan foydalanilmasligi kerak.
OGOHLANTIRISH: Bu qurilma elektr qurilmalarini o'rnatish bo'yicha milliy tartiblarga muvofiq
tarzda o'rnatilishi kerak.
Qaydlaringiz uchun
Ushbu sahifadagi chekingizni xarid qilish sanangizni tasdiqlash yoki kafolat maqsadlari uchun saqlab
qo'ying. Model raqami va seriya raqamini bu yerga yozib qo'ying:
Model raqami:
Seriya raqami:
Siz ularni qurilmaning yon tomonidagi yorliqdan topishingiz mumkin.
Diler nomi:
Xarid qilish sanasi:

Advertisement

Table of Contents
loading

This manual is also suitable for:

G18nhcG24mhcG09nhcG18mhcG12mhcG24nhc

Table of Contents