LG G12NHC Owner's Manual page 22

Table of Contents

Advertisement

Available languages

Available languages

EHTIYOT CHORALARI
4
• Faqat svc qismlari ro'yxatida keltirilgan qismlardan foydalaning. Hech qachon jihozni o'zgartirishga urinmang. Mos
bo'lmagan qismlardan foydalanish elektr tokining urishi, ortiqcha issiqlik chiqishi yoki yong'inga olib kelishi mumkin.
• Ichki/tashqi bloklarning simli ulanishlari mahkam qotirilishi va kabelni ulash terminallaridan tortuvchi
kuch bo'lmasligi uchun kabel to'g'ri o'tkazilgan bo'lishi lozim. Noto'g'ri yoki bo'sh ulanishlar issiqlik hosil
bo'lishi yoki yong'in chiqishiga olib kelishi mumkin.
• Qadoqlash materiallarini xavfsiz tarzda chiqitga chiqaring. O'rnatgandan keyin burama mixlar, mixlar,
batareyalar, singan narsalar kabilarni olib tashlang va keyin plastik qadoqlash materiallarini sug'urib
oling va chiqarib tashlang. Bolalar ular bilan o'ynashlari va jarohatlanishlari mumkin.
• Elektr tarmog'iga ulash vilkasining kir emasligi, bo'shab qolmaganligi yoki sinmaganligiga ishonch hosil
qiling va keyin vilkani rozetkaga to'liq kiriting. Ifloslangan, bo'shab qolgan yoki singan vilka elektr
tokining urishi yoki yong'in chiqishiga olib kelishi mumkin.
• Foydalaniladigan sovutish vositasini tekshiring. Mahsulotdagi yorliqni o'qib chiqing. Foydalanilgan
noto'g'ri sovutish vositasi qurilmaning normal ishlashiga yo'l qo'ymasligi mumkin.
• Shikastlangan elektr tarmog'iga ulash shnuri, vilka yoki bo'sh rozetkadan foydalanmang. Aks holda bu
yong'in chiqishi yoki elektr tokining urishiga olib kelishi mumkin.
• Mahsulotga nam qo'llaringiz bilan tegmang, ishlatmang yoki ta'mirlamang. Rozetkadan uzganda
vilkadan ushlab torting. Elektr tokining urishi yoki yong'in chiqish xavfi mavjud.
• Elektr tarmog'iga ulash shnuri yaqiniga isitgich yoki boshqa isituvchi jihozlarni joylashtirmang. Yong'in
chiqishi va elektr tokining urishi xavfi mavjud.
• Elektr qismlarining ichiga suv kirishiga yo'l qo'ymang. Qurilmani suv manbalaridan uzoqroqqa o'rnating.
Yong'in chiqishi, qurilmaning ishdan chiqishi yoki elektr tokining urishi xavfi mavjud.
• Mahsulot yaqinida yonuvchan gaz yoki portlovchi moddalarni saqlamang, ulardan foydalanmang va hattoki
kirishiga yo'l qo'ymang. Yong'in chiqish xavfi mavjud.
• Mahsulotdan germetik yopilgan joylarda uzoq muddat foydalanmang. Muntazam ravishda shamollatib
boring. Kislorod yetishmasligi yuz berishi va natijada sog'lig'ingizga zarar yetkazishi mumkin.
• Ishlatish vaqtida mahsulotning old tarafidagi panjarani ochmang. (Agar qurilma elektrostatik filtr bilan jihozlangan
bo'lsa, unga tegmang.) Jismoniy jarohatlanish, elektr tokining urishi yoki mahsulotning ishdan chiqish xavfi mavjud.
• Agar mahsulotdan g'alati tovush, hid yoki tutun chiqayotgan bo'lsa, darhol zanjir uzgichni o'chiring yoki
elektr tarmog'iga ulash kabelini uzing. Elektr tokining urishi yoki yong'in chiqish xavfi mavjud.
• Mahsulotdan pech yoki isitish elementi kabilar bilan birga foydalanilganda uni vaqti-vaqti bilan
shamollatib turing. Kislorod yetishmasligi yuz berishi va natijada sog'lig'ingizga zarar yetkazishi mumkin.
• Mahsulotni tozalash yoki ta'mirlash vaqtida qurilmani o'chiring va vilkani rozetkadan uzing. Elektr
tokining urishi xavfi mavjud.
• Mahsulotdan uzoq muddat foydalanilmaganda elektr tarmog'iga ulash kabelini uzing yoki zanjir uzgichni
o'chirib qo'ying. Mahsulotning shikastlanishi, ishdan chiqishi yoki noto'g'ri ishlashi xavfi mavjud.
• Hech kimning, ayniqsa bolalarning tashqi blok ustiga chiqmasliklari yoki yiqilmasliklariga ehtiyot bo'ling.
Bu shaxsiy jarohatlanish va mahsulotning shikastlanishiga olib kelishi mumkin.
• Ishlatish vaqtida elektr tarmog'iga ulash kabelining tortilib ketmasligi yoki shikastlanmasligiga ishonch
hosil qiling. Yong'in chiqishi yoki elektr tokining urishi xavfi mavjud.
• Elektr tarmog'iga ulash kabelining ustiga HECH NARSA qo'ymang. Yong'in chiqishi yoki elektr tokining
urishi xavfi mavjud.
• Qurilmani yoqish/o'chirish uchun vilkani rozetkaga tiqmang yoki rozetkadan sug'urmang. Yong'in
chiqishi yoki elektr tokining urishi xavfi mavjud.
• Yonuvchan gaz chiqqan hollarda mahsulotni yoqishdan avval gazni o'chiring va shamollatish uchun
oynalarni oching. Telefondan foydalanmang yoki o'chirg'ichlarni yoqmang yoki o'chirmang. Portlash
yoki yong'in chiqish xavfi mavjud.
• Mahsulot ichki qismlarini tozalash uchun vakolatli xizmat ko'rsatish markazi yoki dilerga murojaat qiling.
Qurilmaning korroziyalanishi yoki shikastlanishiga olib keluvchi dag'al tozalash vositalaridan
foydalanmang. Dag'al tozalash vositalari yana mahsulotning ishdan chiqishi, yong'in yoki elektr
tokining urishiga olib kelishi mumkin.

Advertisement

Table of Contents
loading

This manual is also suitable for:

G18nhcG24mhcG09nhcG18mhcG12mhcG24nhc

Table of Contents