LG G12NHC Owner's Manual page 21

Table of Contents

Advertisement

Available languages

Available languages

XAVFSIZLIK BO'YICHA MUHIM KO'RSATMALAR
QURILMADAN FOYDALANISHDAN AVVAL BACRHA KO'RSATMALARNI O'QIB CHIQING.
Xavfli holatlarning vujudga kelyishining oldini olish va qurilmangizning eng samarali tarzda
ishlashini kafolatlash uchun quyidagi ehtiyot choralariga doimo amal qiling
!
OGOHLANTIRISH
Ushbu ko'rsatmalarga amal qilmaslik jiddiy jarohatlanish yoki o'limga olib kelishi mumkin
DIQQAT
!
Ushbu ko'rsatmalarga amal qilmaslik yengil jarohatlanish yoki mahsulotning shikastlanishiga olib
kelishi mumkin
!
OGOHLANTIRISH
• Doimo yerga ulangan rozetka va vilkadan foydalaning. Elektr tokining urishi xavfi mavjud.
• Nuqsonli yoki mos bo'lmagan zanjir uzgichdan foydalanmang. Mos bo'lgan zanjir uzgich va
saqlagichdan foydalaning. Yong'in chiqishi yoki elektr tokining urishi xavfi mavjud.
• Ko'p tirqishli rozetkadan foydalanmang. Bu qurilmadan doimo shu qurilma uchun mo'ljallangan zanjir va
zanjir uzgichda foydalaning. Aks holda elektr tokining urishi yoki yong'in chiqishiga olib kelishi mumkin.
• Elektr ishlari uchun diler, sotuvchi, malakali elektrik yoki vakolatli xizmat ko'rsatish markaziga murojaat qiling.
Mahsulotni o'zingizcha qismlarga ajratmang yoki ta'mirlamang. Yong'in chiqishi yoki elektr tokining urishi xavfi mavjud.
• Mahsulotni doimo simli diagrammada ko'rsatilgani kabi yerga ulang. Yerga ulash simini gaz, suv trubalari,
yashin qaytargich yoki telefon simlariga ulamang. Yong'in chiqishi yoki elektr tokining urishi xavfi mavjud.
• Boshqaruv qutisi paneli va qopqog'ini mahkam o'rnating. Chang, suv kabilar tufayli yong'in chiqishi yoki
elektr urish xavfi mavjud.
• Mos bo'lgan zanjir uzgich yoki saqlagichdan foydalaning. Yong'in chiqishi yoki elektr tokining urishi
xavfi mavjud.
• Elektr kabelini o'zgartirmang yoki uzaytirmang. Agar elektr tarmog'iga ulash kabeli yoki shnuri tirnalgan
yoki po'sti archilgan bo'lsa, u yangisi bilan almashtirilishi kerak. Yong'in chiqishi yoki elektr tokining
urishi xavfi mavjud.
• O'rnatish, bo'shatib olish yoki qayta o'rnatish uchun doimo diler yoki vakolatli xizmat ko'rsatish markaziga
murojaat qiling. Yong'in chiqishi, elektr tokining urishi, portlash yoki shikastlanish xavfi mavjud.
• Mahsulotni nuqsonli o'rnatish tayanchiga o'rnatmang. O'rnatish sohasining vaqt o'tishi bilan
buzilmasligiga ishonch hosil qiling. Bu mahsulotning yiqilishiga olib kelishi mumkin.
• Tashqi blokni harakatlanuvchi asosga yoki yiqilishi mumkin bo'lgan joylarga o'rnatmang. Tashqi
blokning yiqilishi shikastlanish, shaxsning jarohatlanishi va hattoki o'limiga ham olib kelish mumkin.
• Mahsulot suvda ho'llangan (suvda qolgan yoki suvga cho'kkan) hollarda undan yana foydalanishdan
avval ta'mirlash uchun vakolatli xizmat ko'rsatish markaziga murojaat qiling. Yong'in chiqishi yoki elektr
tokining urishi xavfi mavjud.
• Tashqi blokda oshiruvchi kondensator elektr qismlarni yuqori kuchlanishli elektr toki bilan ta'minlaydi.
Ta'mirlash ishlarini bajarishdan avval kondensatorning to'liq zaryadsizlanganligiga ishonch hosil qiling.
Zaryadlangan kondensator elektr tokining urishiga olib kelishi mumkin.
• Qurilmani o'rnatganda mahsulot bilan birga berilgan o'rnatish to'plamidan foydalaning. Aks holda
qurilma yiqilishi va jiddiy jarohatlanishga olib kelishi mumkin.
EHTIYOT CHORALARI
3

Advertisement

Table of Contents
loading

This manual is also suitable for:

G18nhcG24mhcG09nhcG18mhcG12mhcG24nhc

Table of Contents