O'zbek - Philips XB9185 Manual

Hide thumbs Also See for XB9185:
Table of Contents

Advertisement

Available languages
  • EN

Available languages

  • ENGLISH, page 1

O'zbek

12
Muqaddima
Xaridingiz bilan qutlaymiz va Philips mahsulotlariga xush kelibsiz! Philips taqdim etadigan
imtiyozlardan toʻliq foydalanish uchun mahsulotingizniwww.philips.com/MyVacuumCleaner
manzilida roʻyxatdan oʻtkazing.
Xavfsizlikka oid muhim axborot
Jihozdan foydalanishdan avval ushbu muhim axborotni diqqat bilan oʻqib chiqing va keyinchalik
murojaat qilish uchun saqlab qoʻying.
Xavfli
- Changyutgich yordamida hech qachon suv yoki boshqa suyuqliklar, yonuvchan moddalar yoki issiq
kulni tortmang.
Ogohlantirish
- Jihozni tarmoqqa ulashdan avval, jihozdagi kuchlanish mahalliy tarmoq kuchlanishiga mos
ekanligini tekshiring.
- Agar tarmoqqa ulanish vilkasi, tarmoq kabeli yoki jihozning oʻzi shikastlangan boʻlsa, jihozdan
foydalanmang.
- Agar tarmoq kabeli shikastlangan boʻlsa, xavfni bartaraf etish uchun u Philips, vakolatli Philips
servis markazi yoki unga tenglashitirilgan malakali shaxslar tomonidan almashtirilishi lozim.
- Shlang, trubka yoki changyutgichning boshqa aksessuarlarini koʻzga yoki quloqqa yaqinlashtirmang
va ularni ogʻizga solmang.
- Jihozni tozalashdan yoki unga xizmat koʻrsatishdan avval, vilka tarmoqdan uzilishi lozim.
- Jihozni transformator bilan birga ishlatmang chunki bu xavfli vaziyatlarga olib kelishi mumkin.
- 8 yoshdan katta bolalar hamda jismoniy, hissiy yoki aqliy qobiliyatlari cheklangan yoki tajriba va
bilimga ega boʻlmagan shaxslar, agar ularga jihozdan xavfsiz foydalanish boʻyicha koʻrsatmalar
berilgan boʻlsa yoki ular nazorat ostida boʻlsalar va undan kelib chiqishi mumkin boʻlgan xavfni
tushunsalar, ushbu jihozdan foydalanishlari mumkin. Bolalar jihoz bilan oʻynamasliklari kerak.
Bolalar tozalash va xizmat koʻrsatish ishlarini nazoratsiz amalga oshirmasliklari lozim.
- Bu changyutkich faqat uy sharoitida ishlatish maqsadida ishlab chiqilgan. Bu changyutgichdan
qurilish chiqindilari, sement kukuni, kul, mayda qum, ohak va shu kabi moddalardan tozalashda
foydalanmang. Hech qachon changyutgichdan filtrsiz foydalanmang. Bu motorni ishdan chiqarishi
va changyutgich xizmat qilish muddatini qisqartirishi mumkin. Har doim changyutgichning hamma
qismini, foydalanuvchi qoʻllanmasida koʻrsatilgandek qilib tozalang. Agar foydalanuvchi
qoʻllanmasida maxsus koʻrsatilmagan boʻlsa, changyutgichning hech bir qismini suv va (yoki)
tozalash vositalari bilan tozalamang.
Diqqat
- Agar yuviladigan filtrni suv bilan tozalasangiz, jihozga qaytib qoʻyishdan avval uning butunlay
quriganiga ishonch hosil qiling. Hech qachon filtrni quyosh tagida, radiatorda yoki quritish
mashinasida quritmang. Agar yuviladigan filtr kerakli darajada tozalanmaydigan holda boʻlsa yoki
shikastlansa, uni almashtiring.
- Changni ushlab qolishning maqbul darajasini va changyutgichning mahsuldorligini taʼminlash
uchun har doim filtrlarni mos turdagi (Qarang: 'Aksessuarlarga buyurtma berish') Philips filtrlari bilan
almashtiring.
- TriActive LED uchlarida LED chiroqlar mavjud. Yorugʻlik manbasiga tik qaramang (Rasm 1).
- LED chiroqlarni odamlarning va hayvonlarning koʻziga tik qaratmang.
O'zbek

Hide quick links:

Advertisement

Table of Contents
loading

Table of Contents