LG 32LQ630B6LA.ADGG Owner's Manual page 48

Table of Contents

Advertisement

Available languages
  • EN

Available languages

  • ENGLISH, page 1
Istalgan tashqi qurilmani televizorga ulang va tegishli qurilmani
tanlash uchun kirish manbasini o'zgartiring. Tashqi qurilmani ulash
bo'yicha qo'shimcha ma'lumotlar olish uchun har bir qurilma bilan
taqdim qilibadigan qo'llanmaga qarang.
HDMI
• HDMI kabelni ulash vaqtida mahsulot va tashqi qurilmalar
o'chirilishi va rozetkadan chiqarilishi lozim.
• Qo'llab-quvvatlanadigan HDMI audio formatlari (Rusumga
qarab):
True HD (48 kHz),
Dolby Digital / Dolby Digital Plus (32 kHz / 44,1 kHz / 48 kHz),
PCM (32 kHz / 44,1 kHz / 48 kHz / 96 kHz / 192 kHz)
Eslatma
• Agar Kirish Manbasi Portiga ulangan qurilma ham HDMI
Deep Colourga mos kelsa, tasvir yanada tiniqroq bo'ladi.
Biroq, agar qurilma ushbu fomatga mos tushmasa, u noto'g'ri
ishlashi mumkin. Bunday holatda Tvning [HDMI Deep Color]
sozalamasini o'chiring. (Rusumga qarab)
→ [Umumiy] → [Qurilmalar] → [HDMI sozlamalari]
→ [HDMI Deep Color] (Rusumga qarab)
• HDMI logotipi yopishtirilgan tavsiya etilgan kabeldan
foydalaning.
• Agar tavsiya etilgan HDMI kabelidan foydalanmasangiz, ekran
namoyish qilmasligi yoki ulanishda xatolik yuz berishi mumkin.
• Tavsiya qilingan HDMI kabeli turlari
- Ultra High Speed HDMI
USB
Ayrim USB xablari ishlamasligi mumkin. USB xabidan foydalanib,
ulangan USB qurilmasi aniqlanmagan hollarda uni to'g'ridan-to'g'ri
televizordagi USB portiga ulang. (Rusumga qarab)
Eslatma
• Eng maqbul darajada ulanish uchun HDMI kabellari va USB
qurilmalari qalinligi 10 mm dan, kengligi 18 mm dan kamroq
bo'lgan uyachalarga ega bo'lishi kerak. USB kabeli yoki USB
xotira kartasi televizoringizdagi USB portiga mos kelmagan
hollarda
ga mos uzaytirma kabeldan foydalaning.
(Rusumga qarab)
6
/™ kabel (3 m yoki kamroq)
®
Ulanishlar
IR Blaster
TV pristavkasi (kabel/sunʼiy yoʻldosh/IP/OTT), Blu-ray/DVD pleyer,
tovush paneli, oʻyin konsollari va boshqalarni IR Blaster yordamida
boshqaring. (Mamlakatga qarab) (Rusumga qarab)
Eslatma
• IR Blaster kabelini televizorning IR Blaster portiga ulang.
• Universal boshqaruv sozlamalari yordamida qurilmani
boshqaring.
• IR Blasterni taqdim etilgan 3M tasma bilan mahkamlang.
Tashqi qurilmalar
Foydalanish mumkin bo'lgan tashqi qurilmalar: Blu-ray pleyer,
HD qabul qiluvchilari, DVD pleyerlar, VCR'lar, audio tizimlar,
USB saqlash qurilmalari, ShK, o'yin qurilmalari va boshqa tashqi
qurilmalar.
Eslatma
• Tashqi qurilmani ulash rusumga bog'liq holda farq qilishi
mumkin.
• Kompyuter rejimida tasvir aniqligi, vertikal namunalar, kontrast
yoki ravshanlik bilan bog'liq shovqinlar mavjud bo'lishi mumkin.
Agar shovqinlar mavjud bo'lsa, kompyuter chiqishini boshqa
tasvir aniqligiga o'zgartiring, yangilash intervalini boshqasiga
sozlang yoki [Tasvir] menyusida tasvir aniq bo'lguniga qadar
ravshanlik va kontrast darajasini o'zgartiring.
• Kompyuter rejimida ayrim tasvir aniqligi sozlanmalari
videokartaga bog'liq ravishda kutilganidek ishlamasligi
mumkin.
• Agar SHKda ULTRA HD tarkib namoyish qilinsa, SHKning
ishlash samaradorligiga qarab video yoki audio namoyish
vaqti-vaqti bilan uzilishi mumkin. (Rusumga qarab)
• Simli LAN bilan ulayotganda yuqori tezlikdagi Internet
aloqasini ta'minlaydigan CAT 7 kabelini ishlating. (Faqat
port mavjud bo'lganda.)

Advertisement

Table of Contents
loading

Table of Contents