LG 32LQ630B6LA.ADGG Owner's Manual page 47

Table of Contents

Advertisement

Available languages
  • EN

Available languages

  • ENGLISH, page 1
• Televizorni devorga o'rnatishdan avval tayanchni mahkamlash
harakatlarini teskari tartibda bajargan holda tayanchi
televizordan ajratib oling.
• Vint va devorga montajlash konstruksiyasi haqida batafsil
ma'lumot olish uchun Alohida xaridga qarang.
• Agar siz mahsulotni devorga o'rnatmoqchi bo'lsangiz,
VESA (Videoelekronikani Standartlashtirish Uyushmasi)
standartiga mos keladigan o'rnatish interfeysini (ixtiyoriy
qismlarni) mahsulotning orqa tarafiga mahkamlang. Televizorni
devorga mahkamlanadigan tayanchdan (ixtiyoriy qismlardan)
foydalangan holda o'rnatishda uning tushib ketmasligi uchun
tayanchni mustahkam qotiring.
• TVni devorga montajlash vaqtida elektr va signal kabellarini
TVning orqasidan osilib turadigan qilib osmang.
• Agar ushbu mahsulot moy yoki moyli tuman ta'siriga uchrashi
mumkin bo'lsa, uni devorga o'rnatmang. Bu mahsulotni buzishi
va uning tushib ketishiga sabab bo'lishi mumkin.
• Devorga o'rnatish kronshteynini o'rnatish vaqtida tasmadan
foydalangan holda chang va hasharotlar oqimini oldini
olish uchun tayanch teshigini himoya qilish tavsiya qilinadi.
(Rusumga qarab)
Televizorni yoqish
TV funksiyalarini osongina mos tugmalar yordamida ishlatishingiz
mumkin.
Yoqish (Bosish)
O'chirish
(Bosib ushlab turish)
1)
Menyu boshqaruvi (Bosish
Menyu tanlovi (Bosib ushlab turish
1) Barcha ishlayotgan ilovalar yopiladi, va har qanday amaldagi
yozib olish to'xtatiladi. (Mamlakatga qarab)
2) Menyu bo'ylab harakat qilish uchun TV yoqilgan bo'lganda
tugmani qisqacha bosing.
3) Menyuga kirgandan keyin ushbu funksiyadan foydalanishingiz
mumkin.
Televizorni ishga tushirish
)
2)
)
3)
Antenna/Kabel
Televizorni devordagi antenna uyachasiga RF kabeli (75 Ω) bilan
ulang.
• 2 tadan ko'proq televizordan foydalanish uchun signal
splitteridan foydalaning.
• Agar tasvir sifati yomon bo'lsa, tasvir sifatini yaxshilash uchun
signal kuchaytirgichni to'g'ri o'rnating.
• Agar antenna ulangan holda tasvir sifati yomon bo'lsa,
antennani to'g'ri yo'naltirishga harakat qiling.
• Antenna kabeli va konverter qurilma bilan birga berilmaydi.
• ULTRA HD efirga uzatuvi uchun mo'ljallanmagan hudud
ichida televizor ULTRA HD efirga uzatuv signallarini qabul qila
olmaydi. (Rusumga qarab)
Sun'iy yo'ldosh antennasi
Televizorni sun'iy yo'ldosh antennasidagi sun'iy yo'ldosh
uyachasiga RF kabeli (75 Ω) bilan ulang. (Rusumga qarab)
Eslatma
• Agar televizor zavoddan chiqarilgandan keyin ilk marta
yoqilgan bo'lsa, uning initsializatsiyasi uchun bir necha daqiqa
vaqt sarflanishi mumkin.
• Televizoringizdagi OSD (displey ekrani) ushbu qo'llanmada
ko'rsatilganidan biroz farq qilishi mumkin.
• Qurilmadan kirishga yaqin bo'lgan rozetkaga o'tish oson
bo'lishi lozim. Ayrim qurilmalarda yoqish / o'chirish tugmasi
bilan yoqilmasligi mumkin, qurilmani o'chirish uchun elektr
shnurni uzish kerak bo'ladi.
5

Advertisement

Table of Contents
loading

Table of Contents