LG 32LQ630B6LA.ADGG Owner's Manual page 45

Table of Contents

Advertisement

Available languages
  • EN

Available languages

  • ENGLISH, page 1
• Quvvat manbaiga ulash shnurini bukish, ezish, eshikka
qisib qo'yish yoki ustidan yurish kabi jismoniy yoki mexanik
ta'sirlardan himoya qiling. Vilkalar, rozetkalar va shnur
qurilmadan chiqadigan joylarga alohida e'tibor bering.
• Elektr shnuri quvvat manbaiga ulangan vaqtda TVni
qimirlatmang.
• Shikastlangan yoki amallab yetadigan elektr shnuridan
foydalanmang.
• Elektr shnurini quvvat manbaidan chiqarib olayotganda vilkani
mahkam ushlaganingizga ishonch hosil qiling. TVni quvvat
manbaidan uzish uchun elektr shnuridan tortmang.
• Tarmoq rozetkasiga juda ko'p qurilmalarni ulamang, chunki bu
uning yonishiga yoki tok urishiga sabab bo'lishi mumkin.
• Qurilmani Asosiy quvvat manbaidan uzish
- Elektr shnur vilkasi qurilmani uzish vositasi hisoblanadi.
Favqulodda vaziyatlarda elektr shnur vilkasiga to'siqlarsiz
yetish mumkin bo'lishi lozim.
• Farzandlaringizni televizorga osilib yoki tirmashib chiqishlariga
yo'l qo'ymang. Aks holda, televizor ag'darilishi va jiddiy jarohat
yetkazishi mumkin.
• Tashqaridagi antennani yerga ulash (Mamlakatga qarab farq
qilishi mumkin):
- Tashqaridagi antenna o'rnatilgan bo'lsa, quyidagi ehtiyot
choralariga rioya qiling. Tashqaridagi antenna tizimi elektr
simlari yoki elektr chiroqlari yoki elektr tarmoqlariga yaqin,
shuningdek, ular bunday elektr simlari yoki elektr tarmoqlari
bilan tutashishi mumkin bo'lgan joylarga joylashtirilmasligi
lozim, chunki bunday holatlar o'lim yoki jiddiy shikast
yetishiga sabab bo'lishi mumkin.
• Chaqmoq va momaqaldiroq vaqtida bu apparat yoki antennaga
tegmang. Sizni elektr toki urishi mumkin.
• Elektr kabel TV va devordagi rozetkaga xavfsiz tarzda
ulanganligiga ishonch hosil qiling, agar xavfsizlik
ta'minlanmagan bo'lsa, teshik va vilkaga zarar yetishi va
ekstremal holatlarda yong'in yuzaga kelishi mumkin.
• Metall yoki tez yonuvchan obyektlarni mahsulot ichiga
tiqmang. Agar mahsulot ichiga yod jism tushib ketsa, elektr
shnurini chiqarib oling va mijozlarga xizmat ko'rsatish markazi
bilan bog'laning.
• Elektr shnurining bir uchi quvvat manbaiga ulangan vaqtda
uning boshqa uchiga tegmang. Sizni elektr toki urishi mumkin.
• Quyidagilardan birortasi yuzaga kelsa, mahsulotni quvvat
manbaidan darhol uzing va mahalliy mijozlarga xizmat
ko'rsatish markazi bilan bog'laning.
- Mahsulotga zarar yetganda.
- Agar mahsulot (tarmoq adapteri, elektr shnuri yoki TV kabi)
ichiga suv yoki boshqa mayda zarra kirib ketsa.
- Agar TVdan tutun hidini yoki boshqa noxush hidlar
chiqayotganini sezsangiz.
- Chaqmoq va momaqaldiroq vaqtida yoki uzoq muddat
davomida ishlatilmaganda.
TV pult yoki tugma orqali o'chirilgann bo'lsa ham, agar elektr
shnur uzilmasa, o'zgaruvchan quvvat manbai blokka ulangan
bo'ladi.
• TV yonida yuqori kuchlanishda ishlaydigan elektr jihozlardan
(masalan, elektron pashsha haydagich) foydalanmang.
Bu mahsulotning noto'g'ri ishlashiga olib kelishi mumkin.
• LG Electronics kompaniyasining yozma ruxsatisiz bu
mahsulotni har qanday usul bilan o'zgartirishga urinmang.
Yong'in chiqishi yoki toki urishi mumkin. Yordam yoki ta'mirlash
uchun mahalliy mijozlarga xizmat ko'rsatish markazi bilan
bog'laning. Ruxsat berilmagan o'zgartirishlar foydalanuvchini
ushbu mahsulotdan foydalanish huquqidan mahrum bo'lishi
mumkin.
• Faqat LG Electronics tomonidan tasdiqlangan ruxsat berilgan
biriktirmalar / aksessuarlardan foydalaning. Aks holda bu
yong'in, elektr toki urishi, noto'g'ri ishlash yoki mahsulotga
zarar yetishiga olib kelishi mumkin.
• O'zgaruvchan tok adapteri va elektr shnurini hech qachon
qismlarga ajratmang. Bu yong'in yoki elektr toki urishiga olib
kelishi mumkin.
• Adapter tushib ketmasligi uchun uni mahkam va ehtiyotkorlik
bilan ushlang. Zarba tegishi adapterni buzishi mumkin.
• Yong'in yoki elektr toki urishining oldini olish uchun TVni nam
qo'lingiz bilan ushlamang. Agar elektr shnur tilchasi nam
yoki chang bilan qoplangan bo'lsa, vilkani to'liq quriting yoki
changlarni artib tashlang.
• Batareyalar
- Aksessuarlarni (batareya va boshq.) bolalar qo'li
yetmaydigan xavfsiz joyda saqlang.
- Batareyalarni bir-biriga tutashtirmang, ularni bo'laklarga
ajratmang yoki ularning qizib ketishiga yo'l qo'ymang.
Batareyalarni olovga yaqin qoldirmang. Batareyalarni
ortiqcha issiqlik ta'sirida qoldirmaslik lozim.
- Diqqat : Batareya noto'g'ri turiga almashtirilsa, yongʻin
chiqish yoki portlash xavfi mavjud.
• Ko'chirish
- Ko'chirish vaqtida mahsulot o'chirilganligiga, rozetkadan
uzilganligi va barcha kabellar ajratilganligiga ishonch hosil
qiling. Kattaroq TVlarni ko'tarish uchun 2 yoki undan ko'proq
kishi kerak bo'lishi mumkin. TVning old panelini bosmang
yoki unga hech nimani tiyamang. Aks holda, bu mahsulotga
zarar yetishi, yong'in chiqishi yoki shikast yetishi mumkin.
• Namga qarshi qadoqlash materiallari yoki vinil qadoqni
bolalarning qo'llari yetmaydigan joylarda saqlang.
• Zarba bo'lishiga, hech qanday obyektning mahsulot ichiga
tushib ketishiga yo'l qo'ymang va ekran ustiga hech narsagi
tushirib yubormang.
• Panelni qo'lingiz yoki mix, qalam yoki ruchka kabi o'tkir
narsalar bilan kuchli bosmang yoki uni tirnamang.
U ekranga zarar yetkazishi mumkin.
• Tozalash
- Tozalayotganda, elektr shnurni qivvat manbaidan uzing
va yumshoq/quruq material bilan ohista arting. Suv yoki
boshqa suyuqliklarni TVga sepmang. Mahsulotlar va uning
panelini shikastlaydigan oynak tozalash vositasi, havo
tozalagich, insektitsidlar, surma yog'lar, mum (avtomobilga
oid, industrial), abraziv narsalar, eritkich, benzin, alkogol va
hokazolardan foydalanmang. Aks holda bu elektr toki urishi
yoki mahsulotga zarar yetishiga olib kelishi mumkin.
3

Advertisement

Table of Contents
loading

Table of Contents